33-TADQIQ MAQOLASI
Tirilish Xudoning sevgisi, donoligi va sabr-toqatidan darakdir
Odamlarning tirilishiga ishonib, Xudoga umid bog‘layman. HAVOR. 24:15
151-QO‘SHIQ Tirilish va’dasi
BU MAQOLADA *
1. Nega Yahova boshqalarga hayot ato etdi?
BIR paytlar Yahova tanho O‘zi yashardi. Biroq U O‘zini yolg‘iz his etmasdi. U har tomonlama to‘kis edi. Shunga qaramay, Xudo boshqalar ham hayotdan bahramand bo‘lishini istadi. Sevgi Yahovani yaratishni boshlashga undadi. (Zab. 36:9; 1 Yuhan. 4:19)
2. Yahova boshqa narsalarni yaratganida, Iso va farishtalar nimalarni his etishgan?
2 Avvaliga Yahova O‘g‘li bo‘lmish Isoni yaratdi. Keyin esa to‘ng‘ich O‘g‘li orqali «bor mavjudot»ni, jumladan, millionlab farishtalarni yaratdi. (Kolos. 1:16) Iso Otasi bilan birga mehnat qilishdan shod-xurram edi. (Hik. 8:30) Shuningdek, farishtalar ham baxtiyor edi. Ular Yahova hamda Uning mohir ishchisi Iso yer-u osmonni yaratganida bu jarayonni yaqindan kuzatishdi. Farishtalar baxtiyorligini qanday namoyon etishdi? Yer yaratilganida ular «hayqirib olqish aytgan» va shubhasizki, Yahova har bir narsani, ayniqsa, shoh asari bo‘lmish odamzodni yaratganida Uni olqishlashda davom etishdi. (Ayub 38:7; Hik. 8:31) Yahovaning har bir ijodidan Uning sevgisi va donoligini ko‘rsa bo‘ladi. (Zab. 104:24; Rim. 1:20)
3. Korinfliklarga yo‘llangan birinchi maktub 15:21, 22 ga ko‘ra, Isoning to‘lov qurbonligi nimaga yo‘l ochdi?
3 Yahova U yaratgan go‘zal sayyorada insonlar abadiy hayotdan bahramand bo‘lib yashashlarini xohladi. Ammo Odamato va Momohavo sevuvchi Otasiga qarshi isyon ko‘targanida, gunoh va o‘lim yer yuziga soya soldi. (Rim. 5:12) Bu vaziyatda Yahova nima qildi? U o‘sha zahotiyoq insoniyatni qanday xalos etmoqchi ekanini aytdi. (Ibt. 3:15) Yahova Odamato va Momohavoning farzandlari gunoh va o‘limdan xalos bo‘la olishi uchun to‘lov taqdim etishni niyat qildi. Yahova Unga xizmat qilishni tanlagan har bir kishiga abadiy hayotga ega bo‘lish imkonini berdi. (Yuhan. 3:16; Rim. 6:23; 1 Korinfliklarga 15:21, 22 ni o‘qing.)
4. Ushbu maqolada qaysi savollarni muhokama qilamiz?
4 Xudoning o‘lganlarning tirilishi to‘g‘risidagi va’dasi ko‘plab savollarni yuzaga keltiradi. Masalan, tirilish qanday yuz beradi? Yaqinlarimiz hayotga qaytganida, ularni taniy olamizmi? Qaysi jihatdan tirilish bizga quvonch keltiradi? Qay yo‘sin tirilish ustida mulohaza yuritish Yahovaning sevgisi, donoligi va sabr-toqati uchun minnatdorchiligimizni oshirishga yordam beradi? Keling, ushbu savollarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
TIRILISH QANDAY YUZ BERADI?
5. Nega barcha odamlar bir vaqtning o‘zida tirilishini kutmaymiz?
5 Yahova O‘g‘li orqali millionlab kishilarni hayotga qaytarganda, ularning hammasi bir vaqtda tirilishini kutmaymiz. Nega? Chunki yer yuzida odamlarning soni birdaniga ko‘payib ketishi tartibsizliklarga olib keladi. Yahova esa hech bir ishni tartibsiz bajarmaydi. U biladiki, tinchlik hukm surishi uchun tartib saqlanishi kerak. (1 Kor. 14:33) Yahova insonlarni yaratishidan avval, yerni bosqichma-bosqich tayyorlash uchun Iso bilan birga mehnat qilib donoligi-yu sabr-toqatini namoyon etgan. O‘z navbatida, Iso ming yillik hukmronligi davomida Armageddondan omon qolganlar bilan hamkorlikda yerni hayotga qaytganlar uchun tayyorlab ushbu fazilatlarni namoyon etadi.
6. Havoriylar 24:15 ga ko‘ra, Yahova tiriltirganlar orasida kimlar bo‘ladi?
6 Eng muhimi, Armageddondan omon qolganlar hayotga qaytganlarga Xudoning Shohligi hamda talablari to‘g‘risida ta’lim berishlari kerak bo‘ladi. Nega? Chunki tirilganlarning aksariyati «adolatsiz» kishilar bo‘ladi. (Havoriylar 24:15 ni o‘qing.) Ular Masihning qurbonligidan foyda olishi uchun hayotida ko‘plab o‘zgarishlar qilishi kerak bo‘ladi. Bir o‘ylab ko‘ring, Yahova to‘g‘risida hech narsani bilmaydigan millionlab kishilarga Xudo haqidagi haqiqatlarni o‘rgatish uchun qancha mehnat qilish kerak bo‘ladi. Bugungi kunda o‘tkazilayotgan Muqaddas Kitob tadqiqlari kabi, o‘shanda ham har bir kishiga alohida ta’lim beriladimi? Bunday kishilar jamoatlarga tayinlanib, o‘zlaridan keyin tirilganlarga ta’lim berishga o‘rgatiladimi? Sabr qilsak ko‘ramiz. Lekin Masihning Ming yillik boshqaruvi so‘ngiga kelib «yer yuzi... Yahova haqidagi bilimga» to‘lishini bilamiz. (Ishayo 11:9) Darhaqiqat, ming yil davomida zavq keltiradigan faoliyat bilan band bo‘lamiz!
7. Nega Xudoning xalqi tirilganlarga ta’lim berayotib hamdardlik ko‘rsatadi?
7 Masihning Ming yillik boshqaruvi davomida Yahovaning yer yuzidagi farzandlari Uni mamnun etish uchun hayotiga o‘zgarishlar kiritishni davom ettirishlari kerak bo‘ladi. Ular hayotga qaytganlarga gunohli istaklariga qarshi kurashishga va Yahovaning me’yorlariga muvofiq yashashga yordam berayotib hamdardlikni namoyon etishadi. (1 Butr. 3:8) Shubhasizki, hayotga qaytganlar najotga erishishga urinayotgan Yahovaning kamtar xalqiga qo‘shiladi. (Filip. 2:12)
YAQINLARIMIZ HAYOTGA QAYTGANIDA, ULARNI TANIY OLAMIZMI?
8. Nega tirilgan yaqinlarimizni taniy olamiz, deb xulosa qilishimiz mumkin?
8 Tirilgan yaqinlarimizni taniy olamiz, deb xulosa qilishga bir nechta sababimiz bor. Masalan, o‘tmishda sodir bo‘lgan tirilishlar asosida odamlarning ko‘rinishi, gapirishi va fikrlash tarzi o‘limidan sal oldin qanday bo‘lgan bo‘lsa, Yahova ularni xuddi shu holatda qayta yaratishini kutishimiz mumkin. Esingizda bo‘lsa, Iso o‘limni uyquga, tirilishni esa uyg‘onishga o‘xshatgan. (Mat. 9:18, 24; Yuhan. 11:11–13) Odamlar uyquga ketishidan avval, ularning ko‘rinishi, ovozi va xotirasi qanday bo‘lgan bo‘lsa, uyg‘onganida ham shundayligicha qoladi. Masalan, Lazarning misoliga diqqat qarataylik. O‘lganiga to‘rt kun bo‘lgani tufayli uning tanasi chiriy boshlagandi. Biroq Iso Lazarni tiriltirganida singillari uni o‘sha zahotiyoq tanishgan va u ham ularni tanigani turgan gap. (Yuhan. 11:32–44; 12:1, 2)
9. Nega hayotga qaytadiganlar birdaniga mukammal ong va tana bilan tirilmaydi?
9 Yahovaning va’dasiga ko‘ra, Masihning hukmronligi davrida hech kim: «Men kasalman»,— demaydi. (Ishayo 33:24; Rim. 6:7) Shu sababli, o‘lim uyqusidan turganlar sog‘lom tanaga ega bo‘lishadi. Lekin ular birdaniga mukammal bo‘lib qolishmaydi. Aks holda, oila a’zolari va do‘stlari ularni taniy olmasligi mumkin. Masihning ming yillik boshqaruvi davomida butun insoniyat mukammallikka asta-sekin erishadi. Ming yilning so‘ngida esa Iso Shohlikni Otasiga qaytarib beradi. Bu Shohlikda barcha narsa Yahova istagandek bajarilgan va shu qatorda insoniyat mukammallikka erishgan bo‘ladi. (1 Kor. 15:24–28; Vah. 20:1–3)
QAYSI JIHATDAN TIRILISH BIZGA QUVONCH BAXSH ETADI?
10. Tirilish bo‘lganda nimalarni his etasiz?
10 Yaqinlaringiz bilan qayta uchrashish qanday bo‘lishini bir tasavvur qiling. Quvonchdan kulasizmi yo ko‘zlaringiz yoshga to‘ladimi? Yoxud xursandligingizdan Yahovaga hamd-u sano kuylaysizmi? Shunisi aniqki, tirilish kabi ajoyib hadya uchun g‘amxo‘r Otangizga va Uning fidoyi O‘g‘liga sevgingiz yanada alanga oladi.
11. Isoning Yuhanno 5:28, 29 da keltirilgan so‘zlariga ko‘ra, Xudoning adolatli me’yorlari bo‘yicha yashaydiganlar nimaga ega bo‘ladi?
Ishayo 65:20; Yuhanno 5:28, 29 ni o‘qing.)
11 Tirilganlar eski o‘zlikni ishlari bilan yechib tashlab, Xudoning adolatli me’yorlari bo‘yicha yashaganida, bu qanchalar quvonch baxsh etishini ko‘z oldingizga keltiring. Hayotiga bunday o‘zgarishlar kiritgan kishilar jannatda abadiy yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan farqli ravishda, Xudoga qarshi isyon ko‘targanlar jannatdagi tinchlikni buzishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. (12. Qay yo‘sin yer yuzidagi barcha odamlar Yahovadan baraka oladi?
12 Xudoning Shohligi ostida Uning xizmatchilari Hikmatlar 10:22 dagi: «Yahovaning barakasi kishini boyitadi, bu barakaga U hech qanday dard-alam qo‘shmaydi»,— degan so‘zlar nechog‘lik haqiqat ekaniga guvoh bo‘lishadi. Muqaddas ruh yordamida Xudoning xalqi ma’nan boyiydi, ya’ni tobora Masihning qomatiga yetishib, mukammallikka erishadi. (Yuhan. 13:15–17; Efes. 4:23, 24) Qolaversa, kun sayin ular jismonan kuchga to‘lib, shaxsiyati yanada yaxshilanib boradi. O‘shanda hayotimiz naqadar quvonchga to‘ladi-ya?! (Ayub 33:25) Ammo tirilish ustida mulohaza yuritish hozir sizga qanday yordam beradi?
YAHOVANING SEVGISINI QADRLANG
13. Zabur 139:1–4 ga binoan, qay yo‘sin tirilish Yahova bizni qanchalik yaxshi bilishini ko‘rsatadi?
13 Yuqorida aytib o‘tilganiday, Yahova o‘lganlarni o‘sha-o‘sha xotiralari va shaxsiyati bilan hayotga qaytaradi. Bu nimani anglatishini bir o‘ylab ko‘ring! Yahova sizni shunchalik qattiq sevadiki, fikrlaringiz, tuyg‘ularingiz, so‘zlaringiz-u ishlaringizga diqqat qaratib, ularni esida saqlaydi. Yahova sizni tiriltirishiga to‘g‘ri kelsa, U xotirangizni, nuqtai nazaringizni hamda shaxsiyatingizni osonlikcha tiklaydi. Shoh Dovud Yahova har birimiz bilan qanchalik qiziqishidan xabardor edi. (Zabur 139:1–4 ni o‘qing.) Xo‘sh, Yahova bizni qanchalik yaxshi bilishini tushunish bizga qanday ta’sir qiladi?
14. Yahova bizni qanchalik yaxshi bilishi to‘g‘risida o‘ylaganimizda nimalarni his etamiz?
14 Yahova bizni qanchalik yaxshi bilishi ustida mulohaza yuritganimizda, U faqat zaifliklarimizga e’tibor qaratadi, deb xavotirlanmasligimiz kerak. Nega? Yahova bizga g‘amxo‘rlik qilishini yodda tutaylik. Yahova har birimizni o‘zgacha qilib turadigan shaxsiyatimizni qadrlaydi. U hayotimiz davomida bizga ta’sir qilgan barcha narsaga diqqat qaratadi. Naqadar daldali so‘zlar! O‘zimizni aslo yolg‘iz his etmasligimiz kerak. Zero, Yahova har on yonimizda turib, bizga yordam berish imkoniyatlarini izlaydi. (2 Sol. 16:9)
YAHOVANING DONOLIGINI QADRLANG
15. Qay yo‘sin tirilish Yahovaning donoligini namoyon etyapti?
15 O‘lim bilan tahdid qilish qudratli quroldir. Shaytonning nazorati ostidagilar bu quroldan foydalanib odamlarni do‘stlari yoki e’tiqodidan tonishga majburlashadi. Lekin bizga kelganda bu qurol o‘z kuchini yo‘qotadi. Chunki dushmanlarimiz bizni o‘ldirsa ham, Yahova bizni hayotga qaytarishini bilamiz. (Vah. 2:10) Ularning hech bir ishi bizni Xudoga xizmat qilishdan to‘xtata olmasligiga ishonchimiz komildir. (Rim. 8:35–39) Darhaqiqat, Yahova bizga tirilish umidini berib, chuqur donoligini ko‘rsatdi. Shaytonning tarafdorlari aytganlarini qilmasak o‘ldirishlarini aytib bizga tahdid qilishi mumkin. Lekin qo‘rqmaymiz, chunki tirilish umidi tufayli jasoratli bo‘lib Yahovaga sadoqatni saqlay olamiz.
16. O‘zingizga qaysi savollarni berishingiz kerak va bergan javoblaringiz Yahovaga qanchalik ishonayotganingizni bilishga qay yo‘sin yordam beradi?
Luqo 16:10) Yoki o‘zingizga shunday savol berarsiz: «Shohlik manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ysam, Yahova jismoniy ehtiyojlarimga g‘amxo‘rlik qilishiga ishonayotganim hayot tarzimda aks etyaptimi?» (Mat. 6:31–33) Yuqoridagi savollarga javobingiz «ha» bo‘lsa, unda Yahovaga ishonayotganingizni isbotlaysiz va duch keladigan har qanday qiyinchilikni yengishga tayyor bo‘lasiz. (Hik. 3:5, 6)
16 Yahovadan nafratlanadigan kishilar sizni o‘ldirmoqchi ekanini aytib tahdid qilsa, U sizni tiriltirishiga ishonasizmi? O‘shanda Yahovaga ishonish-ishonmasligingizni qanday aniqlay olasiz? Yo‘llaridan biri o‘zingizdan quyidagicha so‘rashdir: «Har kuni chiqarayotgan kichik qarorlarimdan Yahovaga ishonayotganim ko‘rinyaptimi?» (YAHOVANING SABR-TOQATINI QADRLANG
17. a) Qanday qilib tirilish Yahova sabr-toqatli ekanini ko‘rsatyapti? b) Yahovaning sabr-toqatini qadrlayotganimizni qanday ko‘rsata olamiz?
17 Yahova bu yovuz dunyoni yo‘q qiladigan kunni va soatni belgilab qo‘ygan. (Mat. 24:36) O‘sha vaqt kelmaguncha, U sabr-toqatni namoyon etadi. Xudo o‘lganlarni tiriltirishni juda xohlasa-da, sabrsizlik ila harakat qilmaydi. (Ayub 14:14, 15) U o‘lganlarni hayotga qaytarish uchun maqbul vaqt kelishini kutyapti. (Yuhan. 5:28) Yahovaning sabr-toqatini qadrlash uchun asosli sabablarimiz bor. O‘ylab ko‘ring: Yahovaning sabr-toqati tufayli ko‘plab insonlar, shu jumladan, biz ham «tavba qilish» imkoniga ega bo‘ldik. (2 Butr. 3:9) Yahova imkon qadar ko‘p odam abadiy hayotga ega bo‘lish istiqbolidan bahramand bo‘lishini xohlaydi. Keling, Yahovaning sabr-toqatini qadrlayotganimizni namoyon etaylik. Qanday qilib? «Mangu hayotga eltuvchi haqiqatni qabul qilishga moyil bo‘lgan» odamlarni astoydil izlab, ularga Yahovani sevishga va Unga xizmat qilishga yordam berish orqali ko‘rsata olamiz. (Havor. 13:48) O‘shanda ular ham biz kabi Yahovaning sabr-toqatidan foyda olishadi.
18. Nega boshqalarga sabr-toqatni namoyon etishimiz kerak?
18 Yahova ming yilning oxirida mukammal bo‘lgunimizcha sabr ila kutadi. O‘sha vaqt kelmaguncha Yahova gunohlarimizni kechirishga tayyor. Shunday ekan Uning o‘rnagiga taqlid qilib boshqalarning yaxshi xislatlariga diqqat qaratishimiz va ularga nisbatan sabrli bo‘lishimiz kerak. Keling, bir imondoshimizning misolini ko‘rib chiqamiz. Uning
eri vahima hurujlaridan aziyat cheka boshlagan va jamoat uchrashuvlariga bormay qo‘ygan. Imondoshimiz shunday deb bo‘lishdi: «Bu men uchun juda og‘riqli edi. Oila sifatida kelajak borasida tuzgan rejalarimiz barbod bo‘lgandi». Lekin bularning bariga qaramay, bu mehribon ayol eriga nisbatan sabrli bo‘lishda davom etdi. U Yahovaga tayanib, aslo taslim bo‘lmadi. Yahova kabi bu imondoshimiz ham erining yaxshi tomonlariga diqqat qaratdi. U yana shunday dedi: «Erimning ajoyib xislatlari bor. Qolaversa, u asta-sekinlik bilan vahimalarini yengishga harakat qilyapti». Ha, qiyinchiliklar bilan kurashib kelayotgan oila a’zolarimiz-u jamoatdagi imondoshlarimizga sabr-toqatni namoyon etish nechog‘lik muhim!19. Nima qilishga qarorimiz qat’iy bo‘lishi kerak?
19 Yer yaratilganida Iso va farishtalar juda quvonishgan. Yer yuzi Yahovani sevadigan va Unga xizmat qiladigan mukammal insonlar bilan to‘lganini ko‘rishganida, ular qanchalik baxtiyor bo‘lishini bir tasavvur qiling. Iso bilan osmonda boshqarish uchun yer yuzidan tanlab olingan kishilar insoniyatga ularning mehnati foyda keltirayotganini ko‘rib, naqadar xursand bo‘lishini ko‘z oldingizga keltiring. (Vah. 4:4, 9–11; 5:9, 10) Qayg‘u ko‘z yoshlari o‘rnini quvonch ko‘z yoshlari egallaganda, kasallik, azob-uqubat va o‘lim toabad yo‘q qilinganida, hayot qanday bo‘lishini xayolingizga keltiring. (Vah. 21:4) Ungacha esa sevuvchi, dono va sabr-toqatli Otangiz Yahovaga taqlid qilish qaroringiz qat’iy bo‘lsin! Agar shunday yo‘l tutsangiz, nima yuz berishidan qat’i nazar, quvonchingizni saqlay olasiz. (Yoqb. 1:2–4) Yahovaning o‘lganlarni hayotga qaytarish va’dasi uchun juda minnatdormiz! (Havor. 24:15)
141-QO‘SHIQ Hayot — mo‘jizadir
^ 5- x.b. Yahova sevuvchi, dono va sabr-toqatli Otadir. Uning bu fazilatlarini barcha yaratgan ijodlaridan va o‘lganlarni hayotga qaytarish va’dasidan ko‘rsak bo‘ladi. Ushbu maqolada tirilish to‘g‘risida ba’zi savollarni muhokama qilamiz va Yahovaning sevgisi, donoligi hamda sabr-toqatini qadrlayotganimizni qay yo‘sin ko‘rsatishimiz mumkinligiga diqqat qaratamiz.
^ 59- x.b. RASMGA SHARH. Yuz yillar oldin olamdan o‘tgan amerikalik hindu Masihning Ming yillik boshqaruvi davomida tirildi. Armageddonda omon qolgan birodarimiz tirilgan bu kishiga Masihning to‘lovidan foyda olish uchun nima qilishi kerakligini quvonch ila o‘rgatyapti.
^ 61- x.b. RASMGA SHARH. Birodar ish beruvchisiga haftaning ba’zi kunlari qo‘shimcha ishlay olmasligini aytyapti. U o‘sha oqshomlari ma’naviy ishlar bilan band bo‘lishini tushuntiryapti. Lekin boshqa vaqtlari kerak bo‘lganda qo‘shimcha ishlab berishga tayyor ekanini aytyapti.