Turmush o‘rtog‘ingiz pornografiya tomosha qilganida
-
«Bu men uchun turmush o‘rtog‘im qayta-qayta zinoga qo‘l urganday edi».
-
«O‘zimni xo‘rlangan, yoqimsiz va arzimasday his qilgandim».
-
«Bu haqda hech kimga aytolmay, yakka o‘zim qiynalgandim».
-
«Yahova menga g‘amxo‘rlik qilmayotganday tuyulgandi».
Bu so‘zlardan xotin eri pornografiya tomosha qilganida qanchalik siqilishini ko‘ryapmiz. Agar u buni, ehtimol, oylar yoki yillar davomida yashirincha qilayotgan bo‘lsa, xotini unga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi hech gap emas. Bir opamiz shunday bo‘lishdi: «O‘zi kim bilan yashayapman? Balki, u mendan boshqa narsalarni ham yashirayotgandir, deb xavotirlanardim».
Ushbu maqola turmush o‘rtog‘i pornografiya tomosha qilayotgan ayollar uchun yozilgan a. Muhokama qilinadigan Muqaddas Kitobdagi prinsiplar ularga dalda berishi, Yahovaning sevgisiga va yordamiga ishontirishi hamda hissiy va ma’naviy tomondan tiklanishiga ko‘maklashishi mumkin b.
AYBSIZ TURMUSH O‘RTOQ NIMA QILA OLADI?
Turmush o‘rtog‘ingizning barcha harakatlarini nazorat qila olmasangizda, ba’zi qadamlarni qo‘yish orqali og‘rig‘ingizni yengillashtirishingiz va ko‘proq xotirjamlikka ega bo‘lishingiz mumkin. Quyidagilarga e’tibor bering:
O‘zingizni ayblamang. Xotin uning eri pornografiya tomosha qilishida o‘zini aybdor his qilishi mumkin. Alisa c o‘zini eriga yoqadigan darajada jozibali, deb hisoblamagan. U: «Nega erim menga emas, boshqa ayollarga qarashni afzal ko‘radi?» — deb xavotirlangan. Ba’zi ayollar ko‘rsatayotgan munosabati uchun o‘zini ayblab, vaziyatni yanada og‘irlashtiryapman deb o‘ylaydi. Daniyela shunday dedi: «O‘zimni g‘azabim tufayli nikohimizni barbod qilayotganidan bo‘lmag‘ur xotindek his qilardim».
Agar siz ham o‘zingizni shunday his qilayotgan bo‘lsangiz, Yahova eringizning harakatlari uchun sizni aybdor deb bilmaydi. Yoqub. 1:14 da shunday deb aytilgan: «Har kim o‘z ehtirosiga berilib, aldanib sinovga duchor bo‘ladi». (Rim. 14:12; ) Yahova sizni ayblamaydi, aksincha, sadoqatingiz uchun juda qadrlaydi. ( Filip. 2:122 Sol. 16:9)
Shuningdek, ayol eri pornografiya tomosha qilayotganining sababi u yoqimsiz ekanligida emasligini yodda tutishi ham foydali bo‘lishi mumkin. Bu sohadagi mutaxassislarning ta’kidlashicha, pornografiya insonda hech qaysi ayol qondira olmaydigan jinsiy istaklarni qo‘zg‘atadi.
Haddan tashqari xavotirlanmang. Ketrinning aytishicha, uning butun fikri-xayoli turmush o‘rtog‘ining pornografiya tomosha qilishida edi. Frensis quyidagicha dedi: «Agar turmush o‘rtog‘im qayerda ekanini bilmasam xavotirlanaman. Kun bo‘yi o‘zimni qayerga qo‘yishni bilmay yuraman». Boshqalar erining muammosini bilishi mumkin bo‘lgan imondoshlar oldida uyaladi. Ayrimlar esa hech kim ularning vaziyatini tushunmaydi deb o‘zini yolg‘iz his qiladi.
Bu tuyg‘ular tabiiy. Lekin ularni doim o‘ylab yurish xavotirlaringizni kuchaytiradi, xolos. Buning o‘rniga, Yahova bilan bo‘lgan munosabatlaringizga diqqat qarating. Bunday qilish ruhan kuchli bo‘lishingizga ko‘maklashadi. (Zab. 62:2; Efes. 6:10)
Qayg‘urgan va Yahovaga ibodat qilib tasalli topgan ayollar to‘g‘risidagi bayonotlarni o‘qish va ustida mulohaza yuritish sizga ko‘maklashishi mumkin. Yahova ularning muammolarini bartaraf etmagan, ammo ularga tinchlik bergan. Masalan, Xannani olaylik. U vaziyati tufayli «qattiq qayg‘urgan» edi. Lekin bunga qaramay «Yahovaga uzoq vaqt ibodat» qilganidan keyin hatto uni nimalar kutayotganini bilmasa-da, tinchlikni his qilgan. (1 Shoh. 1:10, 12, 18; 2 Kor. 1:3, 4)
Jamoat oqsoqollaridan yordam so‘rang. Ular «shamoldan himoyalaydigan joyday, jaladan saqlaydigan panaday» bo‘lishi mumkin. (Ishayo 32:2) Ular hatto siz ishonib, tuyg‘ularingiz bilan bo‘lisha oladigan va sizga tasalli beradigan opani yoki singilni tavsiya qilar. (Hik. 17:17)
YORDAM BERISH QO‘LINGIZDAN KELADIMI?
Turmush o‘rtog‘ingizga pornografiya tomosha qilish odatini yengishga ko‘maklasha olasizmi? Balki. Muqaddas Kitobda biror muammoni hal qilishda yoki kuchli dushmanni yengishda «ikki kishi bo‘lgan yaxshiroq» deb aytilgan. (Voiz 4:9–12) Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, juftliklar pornografiya tomosha qilish odatini yengishda va oiladagi ishonchni tiklashda birgalikda harakat qilishi ko‘p hollarda yaxshi natija keltiradi.
2 Kor. 4:7; Yoqb. 5:14, 15) Pornografiya tomosha qilish vasvasasidan qochish uchun tuzilgan strategiyaga amal qilyaptimi? Misol uchun, elektron qurilmalardan foydalanishni cheklayaptimi yoki vasvasaga soladigan vaziyatlardan qochyaptimi? (Hik. 27:12) U yordamingizni qabul qilib, siz bilan to‘laqonli rostgo‘y bo‘lishga tayyormi? Agar shunday bo‘lsa, unga yordam bera olasiz.
Albatta, ko‘p narsa turmush o‘rtog‘ingiz pornografiya tomosha qilish moyilligidan qutulishni istashiga va qat’iy qaror qilganiga bog‘liq bo‘ladi. U Yahovaga yolvorib kuch so‘rayaptimi? Oqsoqollardan yordam izlayaptimi? (Qanday qilib? Keling, Felisha va uning eri Itanning misoliga diqqat qarataylik. Itan bolaligidan pornografiyaga qaram bo‘lib qolgan. Itanning pornografiya tomosha qilish istagi paydo bo‘lganida, Felisha u bilan bemalol gaplasha olishini aytgan. Itan shunday tushuntirdi: «Xotinim bilan rostgo‘y bo‘lib, hammasini ochiq-oydin aytib beraman. U chegaralar o‘rnatishimga sevgi ila ko‘maklashadi va buni qanday uddalay olayotganimni doim so‘rab turadi. Qolaversa, u Internetdan foydalanishda cheklovlar qo‘yishimga yordam beryapti». Tabiiyki, Itan pornografiyaga qaram bo‘lgani Felishaga og‘ir botyapti. U shunday dedi: «G‘azablanganim hamda og‘riqli tuyg‘ularim esa unga bu illatdan qutulishga yordam bermayapti. Erimning qiyinchiliklarini muhokama qilganimizdan keyin u og‘riqli tuyg‘ularim bilan kurashishimga yordam berishga tayyor bo‘ladi».
Bunday suhbatlar erga nafaqat pornografiya tomosha qilish moyilligini yengishga, balki xotinining ishonchiga qayta sazovor bo‘lishga yordam beradi. Eng muhimi, er moyilliklari, kundalik ishlari va qayerda ekani haqida bo‘lishishga tayyor bo‘lsa hamda hech narsani boshqa yashirmasa, xotinining unga ishonishi osonroq bo‘ladi.
Siz ham turmush o‘rtog‘ingizga xuddi shu yo‘l orqali yordam bera olishingizga ishonyapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, bu maqolani birgalikda o‘qib, muhokama qilsangiz bo‘ladi. Eringizning maqsadi pornografiya tomosha qilish moyilligidan qutulish va ishonchingizni qayta tiklashdan iboratdir. U tashvishlaringizdan norozi bo‘lishning o‘rniga, bu muammo sizga qanday ta’sir qilayotganini tushunishga intilishi kerak. Sizning maqsadingiz esa uning harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va ishonchingizni qayta tiklash uchun unga imkoniyat berishdir. Ikkalangiz ham odamlar nega pornografiya tomosha qilishni istashi hamda bu muammoni qanday hal qilish mumkinligini bilib olishingiz kerak d.
Suhbatingiz qizg‘in tus olishidan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, ikkalangizga ham gaplashish qulay bo‘lgan biron oqsoqolni taklif qilib, sizlar bilan birga bo‘lishini so‘rang. Hatto turmush o‘rtog‘ingiz bu qaramlikni yenggan bo‘lsa ham, ishonchni yana tiklash uchun ko‘p vaqt kerakligini inobatga oling. Taslim bo‘lmang. Munosabatlaringizdagi hatto kichik o‘zgarishlarni ham e’tibordan chetda qoldirmang. Vaqt o‘tgach, hamda ikkalangiz chidamli bo‘lsangiz natijada nikohingiz yana mustahkam bo‘ladi. (AGAR U ODATIGA YANA QAYTSA-CHI?
Eringiz yana pornografiya tomosha qilsa, bu qilmishi u tavba qilmaganini yoki vaziyat chorasiz ekanini anglatadimi? Yo‘q, unday emas. Eringiz pornografiyaga qaram bo‘lsa, u butun hayoti davomida bu kurashni olib boradi. Yillar o‘tganidan keyin ham retsidiv bo‘lishi mumkin. Bu yana qaytalanmasligi uchun u yanada ko‘proq kurash olib borishi va muammo yo‘q bo‘lganday tuyulsa ham harakatlar strategiyasiga amal qilishda davom etishi muhim. (Hik. 28:14; Mat. 5:29; 1 Kor. 10:12) Shuningdek, u fikrlash tarzini o‘zgartirishi va yomonlikdan — pornografiya, jumladan, nopok odatlar, masalan, masturbatsiyadan nafratlanishni o‘rganishi lozim. (Efes. 4:23; Zab. 97:10; Rim. 12:9) Eringiz harakat qilishga tayyormi? Agar shunday bo‘lsa, bir kunmas bir kun u bu odatni albatta yengadi e.
Bordi-yu, turmush o‘rtog‘ingiz muammosi bilan kurashishga harakat qilmasa-chi? Shunda tushkunlikka tushishingiz, jahlingiz chiqishi va u sizga sotqinlik qilganday tuyulishi tabiiy. Bunday paytda xotirjamlikka ega bo‘lish uchun vaziyatni Yahovaning qo‘liga topshiring. (1 Butr. 5:7) Tadqiq, ibodat va mulohaza yuritish orqali Yahovaga yaqinlashishda davom eting. Agar shunday qilsangiz, U ham sizga yaqinlashishiga amin bo‘ling. Ishayo 57:15 da aytilganiday, Yahova «mazlum va bechoraning ruhini ko‘tarish» uchun ularning orasida yashaydi. Sadoqat ila xizmat qilishda davom eting. Oqsoqollardan yordam izlang. Bir kun kelib, turmush o‘rtog‘ingiz ijobiy tomonga o‘zgarishidan umidingizni uzmang. (Rim. 2:4; 2 Butr. 3:9)
a Tushunishga osonroq bo‘lishi uchun bu maqolada pornografiya tomosha qilayotgan tomon er deb ataladi. Ammo ushbu maqoladagi ko‘pgina prinsiplar ayoli pornografiya tomosha qiladigan erga ham foyda keltiradi.
b Pornografiya tomosha qilish Muqaddas Kitobga ko‘ra, ajralish uchun sabab bo‘la olmaydi. (Mat. 19:9)
c Ismlar o‘zgartirilgan.
d Foydali ma’lumotni jw.org saytida va adabiyotlarimizda topish mumkin. Masalan, jw.org saytida «Pornografiya nikohingizni barbod qilishi mumkin»; «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining 2014-yil 1-aprel sonida keltirilgan 8–10-sahifalaridagi «Vasvasaga qarshi tura olasiz!»; va «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining bp 138 2013-yil sonida keltirilgan 3–7-sahifalaridagi «Pornografiya — ziyonsiz vaqtichog‘likmi yoki zaharmi?» nomli maqolalarga qarang.
e Pornografiyada o‘ziga qaram qilish xususiyati bo‘lgani uchun ba’zi juftliklar oqsoqollardan ma’naviy yordam olganidan keyin mutaxassislarga ham murojaat qilishga qaror qilgan.