Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yodingizdami?

Yodingizdami?

«Qo‘riqchi minorasi» jurnalining oxirgi sonlarini diqqat bilan o‘qidingizmi? Unda quyidagi savollarga javob berishga urinib ko‘ring:

Muqaddas Kitobda Xudoning hamdardligi haqida nima deyilgan?

Isroil xalqi Misrda qullikda bo‘lganda, Xudo ularning azoblaridan xabardor bo‘lib, dardini his qilgan. (Chiq. 3:7; Ishayo 63:9) Xudo bizni O‘ziga monand yoki o‘xshash qilib yaratgani uchun, hamdard bo‘la olamiz. Hatto o‘zimizni Allohning sevgisiga noloyiqdek his qilganimizda ham, U bizga hamdardlik ko‘rsatadi. (wp18.3, 8–9- sah.)

Qanday qilib Isoning ta’limotlari odamlarga yuzxotirchilikni yengishga ko‘maklashyapti?

Isoning davrida ko‘pgina yahudiylar yuzxotirchilik qilgan. Iso kamtarlik muhim fazilat ekanini ta’kidlab, o‘z irqi bilan mag‘rurlanish noto‘g‘ri ekanini aytgan. U izdoshlarini bir-birini aka-uka opa-singillar deb bilishga undagan. (w18.06, 9–10- sah.)

Muso va’da qilingan yurtga kirish sharafidan mahrum bo‘lganidan qanday saboq olyapmiz?

Muso Yahova bilan yaqin munosabatlarga ega bo‘lgan. (Qonun. 34:10) Sahroda deyarli 40 yil yurgach, odamlar suv yo‘qligidan ikkinchi marotaba noliy boshlagan. Xudo Musoga qoyaga gapirishini aytgan. Buning o‘rniga u qoyaga urgan. Ehtimol, Yahovaning Musodan jahli chiqqandir, chunki Muso Uning yo‘l-yo‘riqlariga amal qilmadi yoki bu mo‘jiza uchun Yahovani sharaflamadi. (Sah. 20:6–12) Shunday ekan, biz Yahovaga bo‘ysunib, Unga shon-sharaf keltirishimiz zarur. (w18.07, 13–14- sah.)

Tashqi ko‘rinishga qarab hukm qilsak qanday xatoga yo‘l qo‘yishimiz mumkin?

Odamlar odatda tashqi ko‘rinishga qarab baho beradigan uchta narsa bor, bular irq yoki millat, boylik va yosh. Bu ko‘plarga ta’sir qiladi. Boshqalarga yuzxotirchilik qilmaydigan Xudoning nuqtai nazari bilan qarashga o‘rganish o‘ta muhim! (Havor. 10:34, 35) (w18.08, 8–12- sah.)

Yoshi ulug‘ masihiylar boshqalarga qay yo‘sin yordam bera olishadi?

Topshirig‘i o‘zgargan yoshi ulug‘ masihiylarni Alloh juda qadrlayli. Ular boshqalar uchun ko‘p yaxshilik qila olishadi. Ular imondoshimiz bo‘lmagan turmush o‘rtog‘iga ma’nan ko‘maklasha olishadi, faoliyatsiz bo‘lib qolgan va’zgo‘ylarga yordam bera olishadi, Muqaddas Kitob tadqiqlarini o‘tkazishadi va xizmatini kengaytira olishadi. (w18.09, 8–11- sah.)

«Ta’lim berish “qutimiz”»da nimalar taqdim etilgan?

Kartochkalar, taklifnomalar bor. Sakkizta ajoyib buklama, «Qo‘riqchi minorasi», «Uyg‘oning!» jurnallari ham mavjud. Qolaversa, bir nechta risola, tadqiq o‘tkazishga mo‘ljallangan ikkita kitob va to‘rtta video, jumladan, «Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish kerak?» videosi ham bor. (w18.10, 16- sah.)

Qanday qilib masihiylar Hikmatlar 23:23 ga binoan «haqiqatni xarid qilishi» mumkin?

Haqiqat uchun pul to‘lamaymiz. Lekin unga ega bo‘lish uchun vaqt sarflab, harakat qilishimiz zarur. (w18.11, 4- sah.)

Ho‘sheya xotini Go‘merga qilgan munosabatidan qanday saboq olsak bo‘ladi?

Go‘mer qayta-qayta zinoga qo‘l urgan, ammo Ho‘sheya uni kechirgan va u bilan ajrashmagan. Agar turmush o‘rtoqlarning biri jinsiy axloqsizlik qilib qo‘ysa, ikkinchisi uni kechirishi mumkin. Beayib er yoki xotin turmush o‘rtog‘i bilan jinsiy munosabatlarini tiklasa, Muqaddas Kitob asosida ajrashish uchun boshqa sabab qolmaydi. (w18.12, 13- sah.)