Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yodingizdami?

Yodingizdami?

«Qo‘riqchi minorasi»ning 2020-yilgi sonlariga asoslangan savollarga javob berishga urinib ko‘ring:

Moylangan imondoshlarimizga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?

Ularning imonini qadrlaymiz, ammo ularga haddan ortiq e’tibor qaratmaymiz. Odamlarni ulug‘lashdan qochamiz. (Yahd. 16) Ularga shaxsiy savollar berib, umidi haqida so‘ramaymiz. (w20.01, 29-sah.)

Nima tufayli Yahova sizga shaxsan e’tibor berishiga ishona olasiz?

Muqaddas Kitobga ko‘ra, Yahova hali tug‘ilishingizdan avval sizga e’tibor bergan. U ibodatlaringizni eshitadi. Yahova qalbingizdagini va nimalar haqida o‘ylayotganingizni biladi va xatti-harakatlaringiz Yahovaning his-tuyg‘ulariga ta’sir qiladi. (1 Sol. 28:9; Hik. 27:11) U sizni O‘ziga jalb qildi. (w20.02, 12-sah.)

Qaysi misollar qachon gapirish va qachon sukut saqlash o‘rinli ekanini ko‘rsatyapti?

Yahova to‘g‘risida bajonidil gapiramiz. Shuningdek, kimdir noto‘g‘ri yo‘lga og‘ib ketayotganini payqaganimizda gapiramiz. Oqsoqollar kerak bo‘lganida maslahat berishadi. Faoliyatimiz taqiqlangan hududlarda ishimiz qanday olib borilayotgani to‘g‘risida bilib olish (yoki bu haqida aytish) bosimiga duch kelganda, sukut saqlaymiz. Qolaversa, maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaymiz. (w20.03, 20- , 21-sah.)

Yo‘el 2-bobdagi chigirtkalar Vahiy 9-bobdagi chigirtkalardan qay yo‘sin farq qiladi?

Yo‘el 2:20–29 da Yahova chigirtkalarni haydab yuborishi va ular keltirgan zararni qoplashi haqida va’da bergan. Shundan keyin U O‘z ruhini yog‘diradi. Bashoratning bu qismlari bobilliklar Isroilga hujum qilganida va undan keyin amalga oshdi. Vahiy 9:1–11 da esa bugungi kunda chigirtkalar singari bo‘lgan moylanganlar ta’riflangan. Ular Xudo bu yovuz dunyoga chiqargan hukmlarni e’lon qilishyapti, bu tufayli dunyoni qo‘llab-quvvatlayotganlar azoblanyapti. (w20.04, 3–6-sah.)

Bugungi kunda «shimol shohi» kim?

Rossiya va uning ittifoqdoshlari shimol shohini bildiradi. Ular va’zgo‘ylik ishini taqiqlab birodar-u opa-singillarimizdan nafratlanib, Xudoning xalqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazishmoqda. Ular janub shohi bilan raqobatlashmoqda. (w20.05, 13-sah.)

«Muqaddas ruh samarasi»ga faqat Galatiyaliklarga 5:22, 23 da sanab o‘tilgan fazilatlar kiradimi?

Yo‘q. Muqaddas ruh yordamida odillik kabi boshqa ajoyib fazilatlarni rivojlantira olamiz. (Efes. 5:8, 9) (w20.06, 17-sah.)

O‘zimiz haqidagi ma’lumotni internetga joylashtirishning qanday xavfi bor?

Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirayotgan ma’lumotingiz boshqalarda xuddi siz maqtanayotganday va o‘zingizni boshqalardan ustun qo‘yayotganday taassurot qoldirishi mumkin. (w20.07, 6- , 7-sah.)

Masihiylar mahoratli baliqchilardan nimalarga o‘rganishi mumkin?

Ular qachon va qayerda baliq bo‘lishiga qarab ovga chiqadi. Kerakli asboblardan qanday foydalanishni biladi. Vaziyat o‘zgarganda ham jasorat ila mehnat qiladi. Xizmatimizda ularga taqlid qilsak bo‘ladi. (w20.09, 5-sah.)

Kalomni o‘rganayotganlarga Xudoga bo‘lgan sevgisini kuchaytirishga yordam berishning ba’zi yo‘llari qanday?

Ularni Muqaddas Kitobni kunda o‘qishga va o‘qiganlari ustida mulohaza qilishga undasak bo‘ladi. Shuningdek, ularga ibodat qilishni o‘rgatishimiz kerak. (w20.11, 4-sah.)

«Hayotga ega bo‘ladi»gan «hamma» deganda kimlar nazarda tutiladi? (1 Kor. 15:22)

Havoriy Pavlus barcha odamlar tirilishini nazarda tutmagan. Aksincha, u «Iso Masihning izdoshlari sifatida muqaddas qilingan» moylanganlar haqida aytib o‘tgan. (1 Kor. 1:2; 15:18) (w20.12, 5- , 6-sah.)

Moylanganlar «oxirgi karnay chalinganda» «bir zumda, ko‘z ochib yumguncha» o‘zgarib ketgach, nima qilishadi? (1 Kor. 15:51–53)

Ular Isoga ergashib xalqlarga temir tayoq bilan cho‘ponlik qiladi. (Vah. 2:26, 27) (w20.12, 12- , 13-sah.)