Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yodingizdami?

Yodingizdami?

«Qo‘riqchi minorasi»ning 2021-yilgi sonlariga asoslangan savollarga javob berishga urinib ko‘ring:

Ishayo 63:9 bizni nimaga ishontiryapti?

Yahova rahmdil bo‘lgani uchun xatolarimizni kechiradi. Ishayo 63:9 Xudo bizga yordam berishga ham tayyor ekaniga ishontiryapti. Unga taqlid qilsak yaxshi bo‘lardi. (w21.01, 21- sah.)

Nega Yahova boshchilikni o‘rnatgan?

U buni sevgi tufayli qilgan. Boshchilik tufayli Yahovaning oilasi tinchlik va tartib ila faoliyat yurita oladi. Bu tartib bo‘yicha yo‘l tutadigan oilaning har bir a’zosi oxirgi qarorlarni kim chiqarishi va ularni amalga oshirishda kim yetakchilik qilishi kerakligini biladi. (w21.02, 3- sah.)

Nima uchun masihiylar tezkor xabarlashuv ilovalaridan foydalanganida, ehtiyotkor bo‘lishi lozim?

Kimdir bunday ilovalardan foydalanmoqchi bo‘lsa, yaxshi do‘stlarni tanlash haqida puxta o‘ylab ko‘rishi muhim. Messenjerlardagi katta guruhlarga kelganda, bu qiyinroq bo‘ladi. (1 Tim. 5:13) Shuningdek, tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatish va topinishimiz bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarda imondoshlardan foyda olishni ko‘zlash xavfi bor. (w21.03, 31- sah.)

Nega Xudo Isoning azob chekib o‘lishiga yo‘l qo‘ygan?

Birinchidan, Iso yahudiylarni la’natdan ozod qilish uchun ustunga osilishi kerak edi. (Galat. 3:10, 13) Ikkinchidan, Yahova Isoni bo‘lg‘usi Oliy ruhoniy sifatida tayyorlayotgan edi. Uchinchidan, Iso o‘limi bilan odamlar kuchli sinov paytida ham sadoqatli bo‘lib qola olishini isbotlagan edi. (Ayub 1:9–11) (w21.04, 16-, 17- sah.)

Va’zgo‘ylikda odamlarni uchratish qiyin bo‘layotgan hududda yashayotgan bo‘lsangiz, nima qila olasiz?

Odamlar uyida bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan paytda va’z qilsak, ko‘proq odamni uchratamiz. Shuningdek, turli joyda va’z qilib ko‘ramiz va har xil usullardan foydalanamiz. Masalan, xatlar yozamiz. (w21.05, 15-, 16- sah.)

Havoriy Pavlus: «Qonun uchun qonun orqali o‘ldim»,— deb aytganida, nimani nazarda tutgan? (Galat. 2:19)

Musoning Qonuni odamlar nomukammal ekanini tasdiqlardi va isroilliklarni Masihga yetaklardi. (Galat. 3:19, 24) Pavlus bu orqali Masihni qabul qildi. Buning natijasida, Pavlus «qonun uchun» o‘ldi, u Qonunning kuchi ostida emas edi. (w21.06, 31- sah.)

Sabr-bardoshli bo‘lishda Yahova qanday o‘rnak ko‘rsatyapti?

Yahova Uning ismiga dog‘ tushirilganiga, Unga va Uning hukmdorligiga qarshilik ko‘rsatilayotganiga, ba’zi farzandlari isyon ko‘targaniga, Iblisning cheksiz yolg‘onlariga, xizmatchilarining azob-uqubatlariga, do‘stlaridan ayrilganiga, razil odamlarning boshqalarga va tabiatga zarar keltirayotganiga sabr-bardosh qilyapti. (w21.07, 9–12- sah.)

Sabrli bo‘lish borasida Yusuf qanday o‘rnak qoldirdi?

Yusuf akalari tomonidan nohaqlikka duch kelgan. So‘ng u soxta ayblangan va ko‘p yillar Misrda qamoqda bo‘lgan. (w21.08, 12- sah.)

Xaggey 2:6–9, 20–22 da qanday ramziy ma’nodagi larza haqida bashorat qilingan?

Xalqlar Shohlik haqidagi xushxabarni rad etadi, lekin ko‘p odamlar haqiqatni qabul qiladi. Yaqinda xalqlar so‘nggi larzaga solinadi. O‘shanda ular yo‘q bo‘ladi. (w21.09, 15–19- sah.)

Nega xizmatda taslim bo‘lmasligimiz kerak?

Yahova urinishlarimizni qadrlaydi va bundan juda mamnun. Taslim bo‘lmasak, abadiy hayotga ega bo‘lamiz. (w21.10, 25-, 26- sah.)

Qanday qilib Levilar 19- bob: «Butun yurish-turishingizda muqaddas bo‘linglar»,— degan maslahatga amal qilishga yordam beradi? (1 Butr. 1:15)

Bu oyatda Levilar 19:2 dagi so‘zlar iqtibos qilib keltirilganga o‘xshaydi. 19- bobda 1 Butrus 1:15 dagi so‘zlarni kundalik hayotimizda qanday qo‘llashimiz mumkinligi borasida ko‘p misollar bor. (w21.12, 3-, 4- sah.)