Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yodingizdami?

Yodingizdami?

«Qo‘riqchi minorasi»ning 2022-yilgi sonlariga asoslangan savollarga javob berishga urinib ko‘ring:

Yahovaga murojaat qilish, quloq solish va U haqda mulohaza yuritish uchun vaqt ajratsak qanday foyda olamiz?

Yaxshiroq qarorlar chiqaramiz, samarali ta’lim bera olamiz, imonimiz mustahkamlanadi va Yahovaga bo‘lgan sevgimiz kuchayadi. (w22.01, 30-, 31- sah.)

Yahovaga hamda Uning vakillariga ishonishga o‘rganish qanday foyda keltiradi?

Hozir Xudo oqsoqollar orqali taqdim etayotgan yo‘l-yo‘riqlaru qarorlarga ishonishga o‘rganishning qulay vaqti. Bunday qilsak buyuk musibatda bizga g‘alati yoki mantiqsiz tuyulgan yo‘l-yo‘riqlarga amal qilishga tayyor bo‘lamiz. (w22.02, 4–6- sah.)

Farishta Zarubabelning «qo‘lidagi shoqul» haqida aytganlari nimani anglatadi? (Zakr. 4:8–10)

Bu vahiy Xudoning xalqini yangi ma’bad eskisi bilan solishtirganda oddiydek ko‘rinsa ham u qurib bitkazilishiga va aynan Yahova xohlaganday bo‘lishiga ishontirardi. (w22.03, 16-, 17- sah.)

Qay yo‘sin nutqda «o‘rnak bo‘la» olamiz? (1 Tim. 4:12)

Xizmatda mehr va hurmat ila gapirishimiz, yig‘ilishlarda muntazam ravishda sharh berishimiz, sidqidildan kuylashimiz, rost gapirishimiz va boshqalarni mustahkamlashimiz hamda haqoratli so‘zlarni ishlatmasligimiz lozim. (w22.04, 6–9- sah.)

Nega Doniyor 7- bobda tilga olingan to‘rtta hayvonga (hukumatlarga) xos xususiyatlar Vahiy 13:1, 2 dagi bitta hayvonda mujassam, deb ayta olamiz?

Vahiy 13- bobdagi hayvon faqat bitta hukumatni, masalan, Rimni anglatmaydi. U odamlar ustidan boshqarib kelgan barcha siyosiy kuchlarni anglatadi. (w22.05, 9- sah.)

Xudo adolatli ekaniga ishonayotganimizni qanday ko‘rsata olamiz?

Kimdir sizni ranjitsa, xafa qilsa yoki sizga qarshi gunoh qilsa, g‘azablanmang va qasd olmang, masalani Yahovaga qoldiring. Gunohning barcha oqibatlarini Xudo bartaraf etadi. (w22.06, 10-, 11- sah.)

Birodardan jamoatda yoki va’zgo‘ylik xizmati uchrashuvida ibodat qilishni so‘rashsa, nimani yodda tutishi kerak?

Ibodati maslahat yoki e’lonlardan iborat bo‘lmasligi lozim. Ayniqsa, u uchrashuv boshlanishidan oldin ibodat qilayotgan bo‘lsa, «ko‘p so‘zlamasligi» kerak. (Mat. 6:7) (w22.07, 24-, 25- sah.)

«Yomonlik qilganlar» qaysi ma’noda «hukm etilish uchun tiriladi»? (Yuhan. 5:29)

Bu ularning o‘tmishdagi ishlari asosida bo‘lmaydi. Ular tirilganidan keyin ko‘rsatadigan nuqtai nazari va xulq atvori sinchiklab kuzatiladi va tekshiriladi. (w22.09, 18- sah.)

Birodar Ruterford 1922-yili sentabrda anjumanda nima qilishga undagan?

Sidar-Poyntda (Ogayo, AQSH) bo‘lib o‘tgan anjumanda u shunday degan: «Shoh hukmronlik qilmoqda! Sizlar uning vakillarisiz. Shuning uchun, Shohni va uning Shohligini xabarlang, xabarlang, xabarlang». (w22.10, 3–5- sah.)

Ishayo 30- bobga ko‘ra, Xudo sabr-bardoshli bo‘lishimizga qaysi uchta yo‘l orqali yordam beryapti?

Bu bobga binoan, Alloh 1) ibodatlarimizni tinglab, ularga javob beryapti, 2) bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatyapti va 3) hozir baraka ato etyapti va kelajakda ham bunday qilishda davom etadi. (w22.11, 9- sah.)

Nega Zabur 37:10, 11, 29 dagi so‘zlar ham o‘tmishda amalga oshgan, ham kelajakda amalga oshadi deb ayta olamiz?

Dovudning bu so‘zlaridan Isroilda, masalan, Sulaymon boshqargan davrda tinchlik hukm surganini bilib olyapmiz. Iso kelajakdagi jannat haqida gapirgan va 11- oyatni iqtibos qilib keltirilgan. (Mat. 5:5; Luqo 23:43) (w22.12, 8–10, 14- sah.)