Hikoya
Barchaga nisbatan mehr-shafqat
Bir kuni Yangi Zelandiyagi bitta opamiz jw.org saytimizdagi videoni tomosha qilib, u yerda Yahova nafaqat mehr-shafqatli ekanini, balki bu fazilatni qanday namoyon etayotgani aytilganini eshitgan. (Ishayo 63:7–9) U bilib olganlariga amal qilmoqchi bo‘lgan. Keyin o‘sha kunning o‘zidayoq do‘konda u uysiz bir ayolni ko‘rib qolgan va unga yegulik olib berishni taklif qilgan. O‘sha ayol rozi bo‘lgan. Opamiz ovqat xarid qilib, unga bergan va «Azoblarning oxiri bormi?» nomli buklamadan foydalanib, qisqacha shohidlik bergan.
O‘sha ayol yig‘lab yuborgan. U Yahovaning Shohidi bo‘lib tarbiya ko‘rganini, lekin ko‘p yillar avval haqiqatdan yuz o‘girganini tushuntirgan. Biroq yaqinda Yahovaga ibodat qilib, Unga qaytmoqchi ekanini aytgan ekan. Opamiz unga Muqaddas Kitobni berib, tadqiq o‘tkazishga kelishib olgan a.
Yahovaga o‘xshab biz ham odamlarga, jumladan, qarindoshlarimizga va imondoshlarimizga mehr-shafqatli bo‘lishimiz mumkin. Qolaversa, boshqalarga shohidlik berish uchun imkoniyatlar izlash orqali bu fazilatni namoyon etsak bo‘ladi.
a Faoliyatsiz bo‘lib qolgan va’zgo‘ylarga qanday yordam berish mumkinligi borasida «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining 2020-yil iyun sonidagi «Menga qaytinglar» nomli maqolaga qarang.