Yodingizdami?
«Qo‘riqchi minorasi»ning 2023-yilgi sonlariga asoslangan savollarga javob berishga urinib ko‘ring:
Ongimizni yangilash nimani anglatadi? (Rim. 12:2)
Bu shunchaki yaxshi ishlar qilishni anglatmaydi. Biz ichki dunyomizni tekshirib turishimiz va Yahovaning me’yorlariga mos hayot kechirish uchun qo‘ldan kelgancha kerakli o‘zgarishlar qilishimiz lozim. (w23.01, 8-, 9-sah.)
Dunyodagi hodisalarni kuzatar ekanmiz, qanday qilib muvozanatli bo‘la olamiz?
Bashoratlar hozir qanday amalga oshayotgani bizda qiziqish uyg‘otyapti. 1 Salonikaliklarga 5:3 dagi bashorat amalga oshayotgani haqida taxminlar qilishning o‘rniga tashkilotimiz taqdim etayotgan so‘nggi ma’lumotdan xabardor bo‘lishimiz kerak. Shunda bo‘linishlarga sabab bo‘lmaydi. (1 Kor. 1:10) (w23.02, 16-sah.)
Isoning hamda izdoshlarining suvga cho‘mishi o‘rtasida qanday farq bor?
U Xudoga bag‘ishlangan xalqdan tug‘ilgani uchun biz kabi o‘zini Unga bag‘ishlashi kerak emas edi. Iso gunohkor bo‘lmagan, u mukammal edi. U tavba qilishi kerak emas edi. (w23.03, 5-sah.)
Qanday qilib muhokamada ko‘proq inson ishtirok etishiga hissa qo‘sha olamiz?
Qisqa sharhlar bersak, muhokamada ko‘proq odam qatnasha oladi. Hamma fikrlarni aytishdan o‘zimizni tiysak ham bo‘ladi. Shu yo‘sin, boshqalar sharh berishiga imkon beramiz. (w23.04, 23-sah.)
Ishayo 35:8 da tilga olingan «Muqaddaslik yo‘li» nima degani?
Majoziy ma’nodagi katta yo‘l ilk bor yahudiylarning Bobildan ona yurtiga qaytgan yo‘lini bildirgan. Keyinchalik esa nimani anglatgan? 1919-yilgacha, asrlar oldin kerakli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan. Masalan, Muqaddas Kitob tarjima qilinib, chop etilgan va hokazolar qilingan. Ma’naviy jannatda yashayotgan Xudoning xalqi «Muqaddaslik yo‘li»dan ketyapti. U kelajakda Samoviy Shohlik ostida bo‘ladigan barakalarga yetaklaydi. (w23.05, 15–19-sah.)
Hikmatlar 9-bobda tilga olingan ramziy ma’nodagi ikkita ayolning taklifi nimaga yetaklaydi?
Hikmatlar kitobida tilga olingan «ahmoq ayol»ning taklifi «go‘r qa’ri»ga yetaklaydi. «Haqiqiy donolik»ni tasvirlovchi ayolning taklifi esa «fahm-farosat yo‘li bo‘ylab» yetaklab, abadiy hayotga olib boradi. (Hik. 9:1, 6, 13, 18) (w23.06, 22–24-sah.)
Xudoning kamtarinligi va mulohazakorligi Uning Lut bilan qilgan muomalasida qanday aks etgan?
Yahova Lutga Sado‘mdan chiqib tog‘li hududga qochishni aytgan. Lekin u Zo‘var nomli shaharchaga qochishni iltimos qilib so‘ragan va Xudo bunga rozi bo‘lgan. (w23.07, 21-sah.)
Xotin eri pornografiya tomosha qilsa, nima qila oladi?
Xotin bunda o‘zini ayblamasligi kerakligini unutmasin. U Xudo bilan bo‘lgan munosabatlariga diqqat qaratishi lozim. Shuningdek, qayg‘urgan va ibodat qilib tasalli topgan ayollar to‘g‘risidagi bayonotlar ustida fikr yuritishi yaxshi bo‘lardi. U vasvasaga soladigan vaziyatlardan qochishga eriga yordam berishi mumkin. (w23.08, 14–17-sah.)
Kimdir e’tiqodlarimiz borasida bahslashganida, qay yo‘sin fahm-farosat muloyim bo‘lishimizga ko‘maklashishi mumkin?
Bu kishining savoli u qanday fikrga ega ekanini yoki uni aslida nima qiziqtirayotganini bilib olishga qanday yordam berishi haqida o‘ylang. Shunda unga muloyimlik ila javob berishga ko‘proq tayyor bo‘lasiz. (w23.09, 17-sah.)
Kerakli kuchga ega bo‘lish borasida Maryamdan qanday saboq olishimiz mumkin?
Maryam Masihning onasi bo‘lishi haqida eshitganida boshqalardan kuch izlab topgan. Jabroil va Elisabet Maryamga ma’nan dalda berishgan. Biz ham imondoshlarimizdan kuch olishimiz mumkin. (w23.10, 15-sah.)
Yahova ibodatlarimizga qanday javob berishi mumkin?
U ibodatlarimizni eshitishni va’da qilyapti va ular niyati bilan qanday bog‘liq ekaniga e’tibor qaratadi. (Yerm. 29:12) Bunga o‘xshash tilaklarimizga Xudo turlicha javob berishi mumkin, lekin U doim bizni qo‘llab-quvvatlaydi. (w23.11, 21-, 22-sah.)
Rimliklarga 5:2 da «umid» so‘zi tilga olingan, unda nega u yana 4-oyatda tilga olingan?
Inson xushxabarni eshitganda yer yuzidagi jannatda yashash borasidagi umidga ega bo‘lishi mumkin. Ammo qayg‘u-alamga duchor bo‘lib, sabr-bardosh qilganida va Allohning roziligiga erishganida uning umidi ko‘proq mustahkamlanadi va Unga yaqinroq bo‘lib qoladi. (w23.12, 12-, 13-sah.)