6-TADQIQ MAQOLASI
«Ayolning boshi erkak»
Ayolning boshi erkak. 1 KOR. 11:3
13-QO‘SHIQ Masih biz uchun o‘rnakdir
BU MAQOLADA *
1. Turmush qurishdan avval opa-singillar qanday savollar ustida mulohaza yuritishlari kerak?
BARCHA masihiylar Isoning mukammal boshqaruvi ostidadir. Biroq turmush qurgach, masihiy ayol nomukammal erining boshchiligi ostida bo‘ladi. Bu qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Shunday ekan, u turmush qurishdan avval o‘ziga quyidagi savollarni berib ko‘rsa yaxshi bo‘lardi: «Bu birodar yaxshi oila boshi bo‘la olishini nimadan bilish mumkin? Ma’naviy ishlarni birinchi o‘ringa qo‘yyaptimi? Unday qilmayotgan bo‘lsa, u turmush qurgandan so‘ng yaxshi oila boshi bo‘lishiga ko‘zim yetyaptimi?» Albatta, opa-singillar shunday savollar ustida ham mulohaza yuritishlari kerak: «Turmushimizga foyda keltiradigan qanday fazilatlarga egaman? Sabrlimanmi? Saxiymanmi? Yahova bilan yaqin do‘stmanmi?» (Voiz 4:9, 12) Ayol kishi turmush qurishdan oldin to‘g‘ri qarorlar chiqargani, nikohi baxtli bo‘lishiga va gullab-yashnashiga yordam beradi.
2. Bu maqolada nimani ko‘rib chiqamiz?
2 Millionlab opa-singillarimiz erlariga bo‘ysunishda zo‘r o‘rnak ko‘rsatib kelmoqda. Ular maqtovga sazovor! Ushbu sadoqatli opa-singillar bilan birgalikda Yahovaga xizmat qilishdan baxtiyormiz! Bu maqolada quyidagi uchta savolni ko‘rib chiqamiz: 1) ayollar duch kelayotgan qiyinchiliklarning ba’zilari qanday? 2) Nega xotin eriga bo‘ysunishni xohlaydi? 3) Masihiy er-u xotinlar bo‘ysunish masalasida Iso, Obigayl va Isoning onasi Maryamning misolidan nimalarni bilib olishlari mumkin?
AYOLLAR QANDAY QIYINCHILIKLARGA DUCH KELYAPTI?
3. Nega barcha turmush qurganlar qiyinchiliklarga duch keladi?
3 Nikoh Allohning mukammal hadyasidir, insonlar esa nomukammal. (1 Yuhan. 1:8) Shuning uchun ham, Xudoning Kalomida turmush qurganlar muammolarga yoki «yangi qiyinchiliklarga» duch kelishi haqida ogohlantirilgan. (1 Kor. 7:28) Turmush qurgan ayolning hayotida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi qiyinchiliklarga e’tibor beraylik.
4. Nima uchun xotin eriga bo‘ysunishni kamsitilish, deb bilishi mumkin?
4 Ehtimol, kelib chiqishi tufayli xotin eriga bo‘ysunishni kamsitilish, deb bilar. Qo‘shma Shtatlarda yashovchi Marisol shunday deb bo‘lishdi: «Men ulg‘aygan joyda ayol va erkak hamma narsada teng bo‘lishi kerak, degan fikr uqtirilgan. Yahova boshchilikni tashkillashtirganini va ayollarga kamtarona, shu bilan birga ahamiyatli o‘rin ajratganini bilaman. Lekin boshchilik borasida muvozanatli nuqtai nazarni saqlab qolish oson emas».
5. Ba’zilar ayollarga nisbatan Muqaddas Kitobga zid bo‘lgan qanday nuqtai nazarga ega?
5 Boshqa tomondan, xotin ayollar ikkinchi darajali odam, deb o‘ylaydigan kishi bilan oila qurgan bo‘lishi mumkin. Janubiy Amerikadagi Eyvon quyidagilarni aytdi: «Hududimizda birinchi bo‘lib erlar, keyin esa xotinlar ovqatlanadi. Kichik qizlar ovqat tayyorlab, uy yumushlarini qiladi, kichik o‘g‘il bolalarga esa ona va opa-singillari xizmat qilib, ularni “shahzoda” deb bilishadi». Osiyoda yashovchi Yingling: «Tilimizda, ayol savodli yoki qobiliyatli bo‘lishning hojati yo‘q, degan fikrni bildiruvchi bir gap bor. U uyidagi hamma ishlarni qiladi, lekin eriga hech qanday fikr ayta olmaydi»,— dedi. Shu kabi mehrsiz va Muqaddas Kitobga zid nuqtai nazar ta’siri ostida bo‘lgan er xotinining hayotini murakkablashtiradi, Isoning o‘rnagiga ergashmaydi va Yahovani mamnun qilmaydi. (Efes. 5:28, 29; 1 Butr. 3:7)
6. Ayollar Yahova bilan shaxsiy munosabatlarni mustahkamlash uchun nima qilishi kerak?
6 Oldingi maqolada aytilganiday, Yahova masihiy er oila a’zolarining ma’naviy, hissiy va moddiy ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilishini kutadi. (1 Tim. 5:8) Ammo turmush qurgan opa-singillar band bo‘lishiga qaramay, har kuni Xudoning Kalomini o‘qishga, bilib olganlari borasida fikr yuritishga va Yahovaga sidqidildan ibodat qilishga vaqt ajratishi lozim. Bu oson bo‘lmasligi mumkin. Ayollarning ishi ko‘p bo‘ladi, shuning uchun o‘zlarini bu narsalarni qilishga vaqti yoki kuchi qolmaganday his etishlari mumkin. Biroq bunga vaqt ajratish o‘ta muhim. Nega deysizmi? Chunki Yahova har birimiz U bilan shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishimizni va saqlab qolishimizni istaydi. (Havor. 17:27)
7. Nima tufayli xotinga vazifasini bajarish osonroq bo‘ladi?
7 Shuni aytish joizki, xotin nomukammal eriga bo‘ysunishga jon kuydirayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin u bo‘ysunishi kerakligining Muqaddas Kitob asosidagi sabablarni tushunib, ularni qabul qilsa, Yahova unga ajratgan vazifani bajarish osonroq kechadi.
NEGA XOTIN ERIGA BO‘YSUNISHNI XOHLAYDI?
8. Efesliklarga 5:22–24 ga ko‘ra, nega masihiy xotin eriga bo‘ysunishni xohlaydi?
8 Masihiy xotin eriga bo‘ysunishni xohlaydi, chunki Yahova buni undan talab qiladi. (Efesliklarga 5:22–24 ni o‘qing.) Ayol samoviy Otamizga tayanib, U doim sevgi ila va faqat uning manfaatini ko‘zlab biron nimani talab qilishini tushunadi. (Qonun. 6:24; 1 Yuhan. 5:3)
9. Opa-singillarimiz erlarining hokimiyatini hurmat qilishsa, natijasi qanaqa bo‘ladi?
Zab. 119:165) Erlari, ularning o‘zi va bolalari foyda ko‘rishadi.
9 Bu dunyo ayollarni Yahovaning me’yorlarini pisand qilmaslikka va bo‘ysunishni kamsitilishday qabul qilishga undaydi. Shubhasizki, bunday fikrlarni olg‘a suradiganlar mehribon Tangrimizni bilishmaydi. Axir Yahova qimmatli qizlarini kamsitadigan amrni bermagan bo‘lardi. Yahova tayinlagan vazifani bajarishga jon kuydirayotgan opa-singillar oilasida tinchlik-osoyishtalik bo‘lishiga hissa qo‘shishadi. (10. Karolning so‘zlaridan qanday saboqlar olishimiz mumkin?
10 Nomukammal eriga bo‘ysunadigan xotin, boshchilikni o‘rnatgan Yahovani yaxshi ko‘rishini va hurmat qilishini isbotlaydi. «Erim xatolarga yo‘l qo‘yib turishini bilaman. Qolaversa, uning xatolariga bo‘lgan nuqtai nazarim Yahova bilan bo‘lgan munosabatlarimni qanchalar qadrlashimni oshkor etishini tushunaman. Samoviy Otajonimni mamnun qilmoqchi bo‘lganim uchun, erimga bo‘ysunishga harakat qilaman»,— deb aytdi Janubiy Amerikada yashovchi Karol.
11. Anisaga kechirimli bo‘lishga nima yordam beradi va uning so‘zlaridan nimani o‘rgansak bo‘ladi?
11 Agar xotin eri uning tuyg‘ulari-yu tashvishlarini inobatga olmayotganini his etsa, uni hurmat qilishga va unga bo‘ysunishga qiynaladi. Bunga duch kelgan Anisa ismli imondoshimiz qanday yo‘l tutganiga nazar solaylik. U shunday dedi: «Achchiqlanmaslikka harakat qilaman. Hammamiz xatolar qilib turishimizni yodda tutaman. Maqsadim, Yahova kabi chin dildan kechirishdir. Kechirishga intilib, xotirjamlikni yana his etaman». (Zab. 86:5) Xotin kechirimli bo‘lsa, eriga bo‘ysunishi yengilroq bo‘ladi.
MUQADDAS KITOBDAGI MISOLLARDAN QANDAY SABOQ OLISH MUMKIN?
12. Muqaddas Kitobda qanday misollar bor?
12 Ayrimlar bo‘ysunishni zaiflikning belgisi deb hisoblaydi. Lekin bu haqiqatdan yiroq. Muqaddas Kitobda kuchli shaxsiyatga ega bo‘lgan va bo‘ysungan insonlarning ko‘pgina misollari bor. Keling, Iso, Obigayl va Maryamning misolidan nimalarni bilib olishimizni ko‘rib chiqaylik.
13. Nima uchun Iso Yahovaga bo‘ysunadi? Tushuntiring.
Yuhan. 7:45, 46) Yahova Isoning qobiliyatlarini juda qadrlaydi. Shu bois ham, koinotni yaratayotganda U bilan birga mehnat qilishiga yo‘l qo‘ydi. (Hik. 8:30; Ibron. 1:2–4) Shuningdek, Iso tirilganidan keyin Yahova unga «yer-u osmondagi barcha narsani ishonib topshirdi». (Mat. 28:18) Iso qobiliyatli bo‘lishiga qaramay, doim Yahovaning yo‘l-yo‘rig‘ini izlaydi. Nega deganda, u Otasini yaxshi ko‘radi. (Yuhan. 14:31)
13 Iso Yahovaga bo‘ysunadi. Ammo u buni Yahova undan aqlliroq yoki qobiliyatliroq bo‘lgani uchun qilmaydi. Faqat juda aqlli bo‘lgan kishi Isoday sodda va aniq ta’lim bera oladi. (14. Er a) Yahovaning ayollarga bo‘lgan nuqtai nazaridan va b) Hikmatlar 31- bobdan qanday saboqlar olishi mumkin?
14 Erlar uchun saboqlar. Yahova ayollar erkak kishilardan zaifroq bo‘lgani uchun ular bo‘ysunishlari kerak, deb aytmagan. Buning isboti sifatida, Yahova ham ayollarni, ham erkaklarni Iso bilan osmonda hukm surish uchun tanlaganini keltirsa bo‘ladi. (Galat. 3:26–29) Yahova O‘g‘liga hokimiyatni berib, unga ishonayotganini ko‘rsatdi. Shu singari, dono er ham xotiniga muayyan darajada hokimiyatni ishonib topshiradi. Farosatli ayol Xudoning Kalomida aytilganiday, uy ishlarini nazorat qila oladi, oldi-sotdi ishlarini yurita oladi va pul bilan bog‘liq masalalarga o‘z hissasini qo‘sha oladi. (Hikmatlar 31:15, 16, 18 ni o‘qing.) Xotin o‘z fikrini aytishga haqqi bo‘lmagan cho‘riday emas. Aksincha, eri unga ishonib, fikrlarini inobatga oladi. (Hikmatlar 31:11, 26, 27 ni o‘qing.) Er xotiniga shu kabi hurmatni namoyon etsa, u bajonidil bo‘ysunadi.
15. Xotinlar Isoning o‘rnagidan qanday saboq olishi mumkin?
15 Xotinlar uchun saboqlar. Ulkan ishlarni qilgan bo‘lsa ham, Iso Yahovaning boshchiligi ostida bo‘lishni kamsitilishday qabul qilmaydi. (1 Kor. 15:28; Filip. 2:5, 6) Shu kabi, Isoning o‘rnagiga ergashgan farosatli xotin eriga bo‘ysunishga kamsitilishday qaramaydi. U erini sevgani uchungina emas, asosiysi, Yahovani yaxshi ko‘rgani va hurmat qilgani uchun qo‘llab-quvvatlaydi.
16. Shohlar birinchi kitob 25:3, 23–28 ga binoan, Obigayl qanday qiyinchiliklarga duch keldi? (Muqovadagi rasmga qarang.)
16 Obigaylning Navol ismli eri bo‘lgan. U xudbin, mag‘rur va noshukur edi. Shunday bo‘lsa ham, Obigayl nikohiga nuqta qo‘yishning oson yo‘lini izlamagan. U jimgina, Dovud va uning odamlariga erini o‘ldirib qo‘yishga yo‘l qo‘yib berishi mumkin edi. Buning o‘rniga, u Navol va uyidagilarini himoya qilish uchun muayyan choralar ko‘rdi. Obigayl 400 ta qurollangan askar qarshisida turib, Dovud bilan hurmat ila gaplashish uchun qanchalar jasoratli bo‘lgandir-a?! U erining qilmishlari uchun kechirim so‘rashga ham tayyor edi. (1 Shohlar 25:3, 23–28 ni o‘qing.) Dovud Yahova bu kuchli ayoldan foydalanib, kerakli maslahat berganini va uni jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishdan asrab qolganini tan olgan edi.
17. Dovud va Obigayl haqidagi hikoyadan erlar nimani o‘rganishi mumkin?
17 Erlar uchun saboqlar. Obigayl dono ayol edi. Dovud uning maslahatiga quloq solib dono yo‘l tutdi. Natijada, u beayb insonlarni o‘ldirmadi. Shunga o‘xshab, dono er muhim qarorlar chiqarish kerak bo‘lganda, xotinini diqqat ila tinglaydi. Ehtimol, xotinining fikri uni noto‘g‘ri qaror chiqarishdan asrab qolar.
18. Xotinlar Obigaylning o‘rnagidan qanday saboqlar olishi mumkin?
18 Xotinlar uchun saboqlar. Yahovani yaxshi ko‘radigan va hurmat qiladigan xotin, hatto 1 Butr. 3:1, 2) Lekin yaxshi o‘rnagi hech qanday samara keltirmasa ham, Yahova eriga bo‘ysunadigan xotinning sadoqatini o‘ta qadrlaydi.
eri Yahovaga xizmat qilmasa yoki Uning me’yorlari bo‘yicha yashamasa ham oilasiga foyda keltirishi mumkin. U nikohiga chek qo‘yish uchun Muqaddas Kitobga zid bo‘lgan yo‘lni qidirmaydi. Aksincha, erini hurmat qilgan va bo‘ysungan holda unda Yahova haqida bilim olish istagini uyg‘otishga harakat qiladi. (19. Qaysi vaziyatlarda xotin eriga bo‘ysunmaydi?
19 Ammo masihiy bo‘ysunuvchan xotin eri Muqaddas Kitobdagi qonunlarga yoki prinsiplarga zid yo‘l tutishni aytsa, u bunga rozi bo‘lmaydi. Deylik, Yahovaning Shohidi bo‘lmagan eri imondoshimiz bo‘lgan xotiniga aldashni, o‘g‘rilik qilishni yoki Muqaddas Kitobga zid biron ishga qo‘l urishni aytyapti. Gap shundaki, barcha masihiylar, jumladan, turmush qurgan opa-singillar ham birinchi navbatda Tangri Yahovaga bo‘ysunadi. Agar er masihiy xotinini Muqaddas Kitobdagi prinsiplarga xilof yo‘l tutishga undasa, u buni rad etadi va nega bunday qila olmasligining sababini muloyimlik va qat’iylik ila tushuntiradi. (Havor. 5:29)
20. Maryam Yahova bilan shaxsiy va yaqin munosabatlarga ega bo‘lganini qayerdan bilamiz?
20 Maryam Yahova bilan shaxsiy va yaqin munosabatlarga ega edi. U Muqaddas Yozuvlarni yaxshi bilgani aniq. Maryam suvga cho‘mdirib yurgan Yahyoning onasi Elisabet bilan gaplashganda, Ibroniycha yozuvlardan 20 dan ziyod oyat keltirgan. (Luqo 1:46–55) Quyidagi fikr haqida ham o‘ylab ko‘ring: Maryam bilan Yusuf unashtirilgan bo‘lsa-da, Yahovaning farishtasi ilk bor aynan Maryamga zohir bo‘ldi. O‘sha farishta to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga murojaat qilib, Xudoning O‘g‘lini tug‘ishini aytdi. (Luqo 1:26–33) Yahova Maryamni yaxshi bilardi va u Isoga mehr berib, unga g‘amxo‘rlik qilishiga amin edi. Shubhasizki, Maryam hatto Isoning o‘limidan va osmonga ko‘tarilganidan keyin ham Yahova bilan qalin do‘st bo‘lib qoldi. (Havor. 1:14)
21. Muqaddas Kitobda Maryam haqida yozilganlardan erlar qanday saboq olishi mumkin?
21 Erlar uchun saboqlar. Dono er xotini Muqaddas Yozuvlarni yaxshi bilsa xursand bo‘ladi. U xotini uni to‘g‘rilashidan qo‘rqmaydi yoki u boshchilikni o‘z qo‘liga olmoqchi, degan fikrga bormaydi. Bunday er Muqaddas Kitobni va u yerdagi prinsiplarni yaxshi biladigan xotini oilasi uchun haqiqiy tirgak ekanini tushunadi. Albatta, hatto xotini eridan ancha savodliroq bo‘lsa ham oilaviy topinishni o‘tkazish va boshqa ma’naviy ishlarda boshchilik qilish mas’uliyati erning zimmasida bo‘ladi. (22. Xotinlar Maryamdan nimani o‘rgana oladi?
22 Xotinlar uchun saboqlar. To‘g‘ri, xotin eri Yahovaga topinishda boshchilik qilish mas’uliyatiga ega ekanini tushunadi, lekin shu bilan birga, o‘zining ma’naviy sog‘ligi uchun o‘zi ham mas’uliyatli ekanini biladi. (Galat. 6:5) Ha, u shaxsiy tadqiq o‘tkazish va mulohaza yuritishga vaqt ajratishi lozim. Shu yo‘sin, u Yahovaga bo‘lgan sevgisini-yu hurmatini oshirib, eriga bo‘ysunishdan quvonch topadi.
23. Bo‘ysunuvchan xotin o‘ziga, oilasiga va jamoatiga qanday foyda keltiradi?
23 Eriga Yahovani yaxshi ko‘rgani uchun bo‘ysunadigan xotin U o‘rnatgan boshchilikni rad etayotganlarga qaraganda ko‘proq xursandchilik topadi va mamnuniyat his etadi. Bunday xotin yosh erkag-u ayollar uchun a’lo o‘rnak! U nafaqat o‘z oilasida, balki jamoatda ham yoqimli muhit yaratishga hissa qo‘shadi. (Titus. 2:3–5) Bugungi kunda, Yahovaga sadoqat ila xizmat qilayotganlarning aksariyati ayollardir. (Zab. 68:11) Barchamiz, erkag-u ayollar jamoatda muhim o‘ringa egamiz. Navbatdagi maqolada har birimizning o‘rnimiz borasida gap yuritamiz.
131-QO‘SHIQ «Alloh birga qo‘shganini bandasi ajratmasin»
^ 5- x.b. Yahovaning tartibiga ko‘ra, xotin eriga bo‘ysunishi kerak. Qiziq, bu nimani o‘z ichiga oladi? Masihiy er-u xotinlar bo‘ysunish borasida Isoning hamda Muqaddas Kitobda tilga olingan ayollarning misolidan ko‘p narsani bilib olishlari mumkin.
^ 68- x.b. RASMGA SHARH. Maryam suvga cho‘mdirib yurgan Yahyoning onasi Elisabet bilan gaplashganda, Ibroniycha yozuvlardan yoddan oyatlar keltirgan.
^ 70- x.b. RASMGA SHARH. Masihiy xotin ma’naviy sog‘ligini mustahkamlash uchun Muqaddas Kitobni shaxsan tadqiq qilyapti.