Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bilasizmi?

Bilasizmi?

G‘urrak yoki kaptar palaponlarini qurbonlikka keltirishning afzalligi nimada edi?

TAVROTGA ko‘ra, g‘urrak yoki kaptar palaponlarini Yahovaga qurbonlik sifatida keltirish mumkin edi. Tavrotda qurbonlik haqida gap ketganida, bu qushlar doim birga tilga olingan. Shuningdek, ularning birini boshqasining o‘rniga qurbonlikka keltirish mumkin edi. (Lev. 1:14; 12:8; 14:30) Xo‘sh, buning afzal tomoni nimada edi? Masalan, g‘urraklarni topish doim ham oson emasdi. Keling, negaligini bilib olamiz.

G‘urrak

G‘urraklar Isroilda issiq mavsumda yashaydi. Lekin har oktabr oyida janubdagi issiqroq o‘lkalarga uchib ketadi. Bahorda esa yana Isroilga qaytib keladi. (Qo‘shiq 2:11, 12; Yerm. 8:7) Shuning uchun, qadimda isroilliklar qishda g‘urraklarni qurbonlikka keltira olmasdi.

Kaptar

G‘urraklardan farqli ravishda, kaptarlar odatda boshqa yerga uchib ketmagan. Shu sababdan, ularni Isroildan har qachon topish mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, kaptarlar xonakilashtirilgan. (Yuhanno 2:14, 16 ni solishtiring.) Bir kitobda shunday deyilgan: «Falastindagi qishloqlar-u shaharchalarda kaptarlar xonakilashtirilgan». («Bible Plants and Animals») Har bir uy egasi kaptarlar yashay olishi uchun in qurgan yoki devorda tuynuk ochgan. (Ishayo 60:8 ni solishtiring.)

Kaptar uyasida

Yahova qushlarni qurbonlikka keltirishga ruxsat berib, isroilliklarni yaxshi ko‘rishini va mulohazakor ekanini ko‘rsatgan. Sababi ular yil davomida qushlarni qurbonlikka keltira olardi.