«Kim Yahova tarafda»?
Xudoyingiz Yahovadan qo‘rqinglar, Ungagina xizmat qilinglar, Unga sodiq bo‘lib qolinglar. QONUN. 10:20
QO‘SHIQLAR: 27, 48
1, 2. a) Nima uchun Tangri Yahovaning tarafida bo‘lish oqilonadir? b) Ushbu maqolada nimani ko‘rib chiqamiz?
TANGRI YAHOVANING tarafida bo‘lish oqilonadir. Undan qudratliroq, donoroq va ko‘proq sevadigan Shaxs yo‘q. Kim Uning tarafida bo‘lishni xohlamaydi, deysiz? (Zab. 96:4–6) Afsuski, Xudoning ba’zi xizmatchilari Uning tarafini egallashi kerak bo‘lganda sustkashlik qilgan.
2 Ushbu maqolada, o‘zini Yahovaning tarafida deb bilgan, lekin shu bilan birga Uni ranjitadigan ishlarni qilgan kishilarning misollarini ko‘rib chiqamiz. Ushbu misollardan Yahovaga mutlaq sadoqatli qolishimizga yordam beradigan muhim saboqlar olishimiz mumkin.
YAHOVA QALBNI TEKSHIRADI
3. Nega Yahova Qobilga yordam bermoqchi bo‘lgan va unga nima degan?
3 Qobilning misoliga e’tibor beraylik. U soxta xudolarga emas, balki Yahovaga topingan. Ammo uning topinishi Xudoga ma’qul kelmagan. Zero, uning qalbida yovuzlik urug‘lari nish otgandi. (1 Yuhan. 3:12) Yahova Qobilni ogohlantirib, quyidagicha dedi: «Agar yaxshilik qilsang, sendan mamnun bo‘lmasmidim? Lekin yaxshilik qilmasang, ostonada gunoh poylab yotibdi. U seni boshqarishni istaydi. Biroq sen undan ustun kela olasanmi?» (Ibt. 4:6, 7) Boshqacha qilib aytganda, Yahova Qobilga: «Tavba qilib, Men tarafda qat’iy tursang, Men ham sen tarafda bo‘laman»,— degan.
4. Yahovaning tarafini egallash imkoni berilganda, Qobil qanday yo‘l tutdi?
4 Qobil fikrlash tarzini o‘zgartirgandagina, Yahova unga marhamatini ko‘rsatgan bo‘lar edi. Lekin Qobil maslahatga quloq solmadi. Noto‘g‘ri fikr va xudbinlik dastidan u yomon ishlarga qo‘l urdi. (Yoqb. 1:14, 15) Ehtimol, yoshroq bo‘lganida Qobil Yahovaga qarshi chiqishni xayoliga ham keltirmagandir. Ammo vaqt o‘tib, u kutilmagan ish qildi: Yahovaga qarshi isyon ko‘tarib, o‘z ukasini o‘ldirdi!
5. Qanday fikrlash tarzi Yahovaning marhamatini yo‘qotishimizga sabab bo‘lishi mumkin?
5 Bugungi kunda ham masihiy Qobil singari Yahovaga topinish bilan birga noto‘g‘ri yo‘l tutishi ham mumkin. (Yahd. 11) Masalan, kishi axloqsiz xayollar surishi, imondoshiga hasad qilishi yoki undan nafratlanishi hech gap emas. (1 Yuhan. 2:15–17; 3:15) Bunday fikrlar gunohga yetaklashi turgan gap. Inson xizmatda faol bo‘lib, yig‘ilishlarni ham qoldirmasligi mumkin. Boshqalar fikrlarimizu xulqimizdan bexabardir, lekin Yahova barchasini ko‘rib turibdi va Uning tarafini sidqidildan egallamayotganimizni biladi. (Yeremiyo 17:9, 10 ni o‘qing.)
6. Gunohli istaklarimizdan «ustun kelishimiz» uchun Yahova bizga qanday yordam beradi?
6 Garchi xatolar qilsak-da, Yahova bizdan shu zahoti voz kechmaydi. Xavfli yo‘nalish bo‘ylab ketayotgan bo‘lsak, Yahova: «Menga qaytinglar va Men ham sizlarga qaytaman»,— deb aytmoqda. (Mal. 3:7) Ayniqsa zaifliklarimiz bilan kurashganimizda, Yahova yomonlikka qarshi turishimizni istaydi. (Ishayo 55:7) Agar shunday qilsak, Yahova gunohli istaklarimizdan «ustun kelishimiz» uchun bizga ma’naviy, hissiy va jismoniy jihatdan kuch ato etib, biz tarafda ekanini ko‘rsatadi. (Ibt. 4:7)
«ADASHMANGLAR»
7. Qay yo‘sin Sulaymon Yahova bilan bo‘lgan do‘stligini yo‘qotdi?
7 Shoh Sulaymonning misolidan ham ko‘p narsani o‘rganishimiz mumkin. U yosh bo‘lganida Yahovadan yo‘l-yo‘riq izlagan. Xudo unga o‘zgacha donolik berdi va Quddusda hashamatli ma’badni qurishni ishonib topshirdi. Ammo Sulaymon Yahova bilan do‘stligini yo‘qotdi. (3 Shoh. 3:12; 11:1, 2) Tavrotga ko‘ra, shohning «qalbi to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketmasligi uchun u ko‘p xotin» olmasligi kerak edi. (Qonun. 17:17) Sulaymon oxir-oqibat 700 ta ayolga uylanib itoatsizlik qildi. Ustiga-ustak, uning 300 ta kanizagi bor edi. (3 Shoh. 11:3) Uning ko‘pgina xotinlari Isroil xalqidan bo‘lmagan va soxta xudolarga sig‘ingan. Sulaymon begona xalqlardan bo‘lgan ayollarga uylanib ham, Xudoning qonuniga qarshi chiqdi. (Qonun. 7:3, 4)
8. Qanday qilib Sulaymon Yahovani ranjitdi?
8 Sulaymon Yahovaning talablaridan asta-sekin uzoqlashib, oxiri og‘ir gunohga qo‘l urdi. Sulaymon Ashtaret ma’budasiga, soxta xudo Xamo‘shga atab qurbongohlar qurdi. Xotinlariga qo‘shilib butlarga sajda qildi. U bu qurbongohlarni Quddus ro‘parasidagi tog‘da qurdi. Yahovaning ma’badini ham shu yerda barpo etgan edi. (3 Shoh. 11:5–8; 4 Shoh. 23:13) Balki Sulaymon ma’badda qurbonliklar keltirishda davom etgani uchun, Yahova bunday itoatsizligiga ko‘z yumadi, deb o‘zini aldagandir.
9. Sulaymon Xudoning ogohlantirishlariga quloq solmaganining oqibati qanday bo‘ldi?
9 Lekin Yahova gunohga hech qachon ko‘z yummaydi. Muqaddas Kitobda shunday yozilgan: «Sulaymonning qalbi... Yahovadan uzoqlashgani uchun Yahova undan qattiq g‘azablandi. Alloh unga ikki marta zohir bo‘lib, boshqa xudolarga sajda qilmaslik haqida ogohlantirgan edi. Ammo u Yahovaning bergan amriga bo‘ysunmadi». Oqibatda, Sulaymon Allohning marhamatiyu madadini yo‘qotdi. Uning merosxo‘rlari butun Isroil ustidan hukmronlik qila olmadi va keyingi avlodlari jiddiy muammolarga duch keldi. (10. Yahova bilan bo‘lgan do‘stligimizga nima xavf tug‘dirishi mumkin?
10 Sulaymonning misolidan ko‘rganimizday, ma’naviylikka eng ko‘p xavf tug‘diradigan narsalardan biri Yahovaning me’yorlarini tushunmaydigan yoki ularni qadrlamaydigan insonlar bilan do‘stlashishdir. Ular jamoatda bo‘la turib, ma’nan zaif bo‘lishi mumkin. Yoki ular Yahovaga topinmaydigan qarindosh, qo‘shni, hamkasb yo sinfdoshlardir. Nima bo‘lganda ham, yaqin do‘stlarimiz Yahovaning me’yorlarini yuksak qadrlamasa, vaqt o‘tib U bilan bo‘lgan munosabatlarimizga putur yetkazadi.
11. Do‘st tanlashda nima yordam beradi?
11 1 Korinfliklarga 15:33 ni o‘qing. Ko‘p odamlarning yaxshi tomonlari bor va Yahovaga topinmaydigan kishilar doim ham yomon ishlarni qilmaydi. Sizning tanishlaringiz ham shunday bo‘lishsa, ularni yaxshi do‘st desa bo‘ladimi? Ular Yahova bilan bo‘lgan munosabatlaringizga qanday ta’sir qilyapti? Unga yaqinlashishingizga yordam berishyaptimi? Ular uchun nima muhim? Masalan, ular nuqul moda, pul, kompyuter, telefon, o‘yin-kulgi yoki shu kabilar haqida gapiradimi? Ular boshqalarni tez-tez tanqid qilib, behayo hazillar qiladimi? Iso quyidagi ogohlantiruvni aytgan edi: «Odamning dilida nima bo‘lsa, tili shuni gapiradi-ku». (Matto 12:34) Bordi-yu, siz muloqot qilayotgan kishilar Yahova bilan bo‘lgan munosabatlaringizga rahna solayotgan bo‘lsa, ular bilan muloqotni cheklab yoki hatto munosabatlarni uzib donolik ila yo‘l tuting. (Hik. 13:20)
YAHOVA MUTLAQ SADOQATNI TALAB QILADI
12. a) Isroil xalqi Misrdan chiqqanidan ko‘p o‘tmay, Yahova ularga nima dedi? b) Xudo sadoqatli bo‘lishni so‘raganda Isroil xalqi qanday javob berdi?
12 Isroil xalqi Misrdan ozod bo‘lganidan ko‘p o‘tmay yuz bergan voqealardan ham saboq olsak bo‘ladi. Xalq Sinay tog‘ida yig‘ilganda, Yahova ularga hayratlanarli Chiq. 19:16–19) Shu yo‘sin, Yahova Isroil xalqiga «mutlaq sadoqatni talab qiladigan Tangri» ekanini ko‘rsatdi. Xudo xalqini Uni sevib, amrlariga amal qiladiganlarga sadoqatli bo‘lishida ishontirdi. (Chiqish 20:1–6 ni o‘qing.) Bu so‘zlar bilan Yahova xalqqa: «Men tarafda ekaningizni isbotlasangiz, Men ham siz tarafda ekanimni ko‘rsataman»,— deganday edi. Tangri Yahovaning bunday taklifiga qanday javob berasiz? Isroil xalqi kabi munosabat bildirishingiz aniq. Ular: «Bir ovozdan: “Yahovaning hamma aytganlarini bajaramiz”»,— deb aytgan. (Chiq. 24:3) Ammo bir oz vaqt o‘tgach, Isroil xalqining sadoqati kutilmagan tarzda sinaldi.
tarzda zohir bo‘ldi. Ular qora bulutni, chaqmoqniyu tutunni ko‘rdi va momaqaldiroq gumburlaganini hamda burg‘uning baland ovozini eshitdi. (13. Qanday vaziyat tufayli Isroil xalqining sadoqati sinaldi?
13 Isroil xalqi qora bulutni, chaqmoqni va Xudodan kelgan hayratga soluvchi boshqa belgilarni ko‘rganda qo‘rqib ketgan edi. Xalqning iltimosiga ko‘ra, Muso ularning o‘rniga Sinay tog‘ida Yahova bilan gaplashishga rozi bo‘ldi. (Chiq. 20:18–21) Muso uzoq vaqt davomida tog‘dan tushmadi. Isroil xalqi sahroda ishonchli yo‘lboshchisiz qoldimi? Aftidan, xalqning imoni Musoni tom ma’noda ko‘rib turish bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular xavotirga tushib Horunga shunday dedi: «Bizni boshlab yuradigan xudo yasab ber. Chunki bizni Misr yurtidan olib chiqqan anavi Muso bilan nima yuz berganini bilmaymiz». (Chiq. 32:1, 2)
14. Isroil xalqi o‘zini qanday aldagan va ularning harakatlariga Yahova qanday munosabat bildirgan?
14 Xalq shuni bilardiki, butparastlik Yahovaga qarshi jiddiy gunoh edi. (Chiq. 20:3–5) Ammo ko‘p o‘tmay ularning o‘zi oltin buzoqqa sajda qila boshladi. Shunday ochiq tarzda itoatsizlikni namoyon eta turib, Isroil xalqi Yahovaning tarafidamiz deb, o‘zlarini aldashgan. Hatto Horun buzoqqa sig‘inishni «Yahovaga atalgan bayram» deb nomlagan! Xo‘sh, Yahova bunga qanday munosabat bildirdi? Isroil xalqi Unga xiyonat qilgan edi. Yahova Musoga xalq to‘g‘risida «buzilib ketdi... Men yurishni buyurgan yo‘ldan tezda og‘ib ketishdi» deb aytdi. Yahova hatto «otashin g‘azabini sochib», butun Isroil xalqini qirib tashlamoqchi bo‘ldi. (Chiq. 32:5–10)
15, 16. Qay yo‘sin Muso va Horun qat’iylik ila Yahovaning tarafini egallaganini ko‘rsatdi? (Ochqich oyatning yuqorisidagi rasmga qarang.)
15 Yahova Isroil xalqini yo‘q qilmaslikka qaror qildi. U rahm-shafqat ko‘rsatgani tufayli sodiq xizmatchilarida qat’iylik ila Uning tarafini egallash imkoni paydo bo‘ldi. (Chiq. 32:14) Muso xalq but oldida baqirayotganini, kuylayotganini va raqsga tushayotganini ko‘rgach, oltin buzoqni maydalab, kukunga aylantirdi. Keyin esa: «Kim Yahova tarafda bo‘lsa, mening yonimga kelsin!» — deb aytdi. Bunga javoban «Levining barcha o‘g‘illari uning atrofiga to‘planishdi». (Chiq. 32:17–20, 26)
16 Garchi Horun boshida butni yasashda ishtirok etgan bo‘lsa-da, tavba qildi va Levining o‘g‘illariga qo‘shilib, Yahovaning tarafini egalladi. Bu sadoqatli kishilar nafaqat Yahovaning tarafida bo‘lgan, balki gunohga qo‘l urgan kishilarga qo‘shilmagan edi. Bu dono qaror edi, chunki o‘sha kuni minglab odamlar butga sajda qilgani uchun halok bo‘ldi. Ammo Yahovaning tarafida bo‘lganlar omon qoldi. Xudo ularga baraka yog‘dirishni va’da qildi. (Chiq. 32:27–29)
17. Pavlusning oltin buzoq haqidagi ogohlantiruvidan qanday saboq olsak bo‘ladi?
1 Kor. 10:6, 7, 11, 12) Pavlus ta’kidlab o‘tganidek, haq topinuvchilar ham gunohli ishlarga qo‘l urishi mumkin. Vasvasaga berilganlar Yahova bilan munosabatlarimiz yaxshi deb o‘ylashi hech gap emas. Lekin Yahovaning do‘sti bo‘lishni istash yoki Unga sadoqatliman deb aytish doim ham U bizni ma’qullayotganini anglatmaydi. (1 Kor. 10:1–5)
17 Havoriy Pavlus oltin buzoq haqidagi voqeaga diqqat qaratib, quyidagicha ogohlantirgan: «Bu bizga saboq bo‘ldi. Ularning ba’zilaridek butparast bo‘lmanglar». Shu kabi voqealar «zamonalarning oxirida yashayotgan bizlar uchun ogohlantirish sifatida yozilgan. Shunday ekan, kim tik turibman deb o‘ylasa, ehtiyot bo‘lsin, tag‘in yiqilib tushmasin». (18. Yahovadan uzoqlashishimizga nima sabab bo‘lishi mumkin va buning oqibati qanday?
18 Muso Sinay tog‘idan qaytavermagach, Isroil xalqi xavotirlangani singari, bugungi kundagi masihiylar ham Yahovaning hukm kuni va yangi dunyo haqidagi va’dasi amalga oshmayotganday tuyulsa, xavotirga berilishi mumkin. Ushbu va’dalar amalga oshishiga hali ancha borday yoki ertakday ko‘rinishi hech gap emas. Ehtiyot bo‘lmasak, bunday fikrlash tarzi tufayli Yahovaning irodasini bajarmay, tana istaklariga berilishimiz turgan gap. Vaqt o‘tib, Yahovadan uzoqlashishimiz va ilgari ma’nan sog‘lom bo‘lganimizda hatto xayolimizga keltirmagan ishlarga qo‘l urishimiz mumkin.
19. Qaysi muhim haqiqatni aslo unutmasligimiz kerak va nega?
19 Shuni aslo unutmangki, Yahova Unga sidqidildan itoatli bo‘lishingizni va mutlaq sadoqatni talab qiladi. (Chiq. 20:5) Haq topinishdan uzoqlashish Shaytonning irodasini bajarishni anglatadi va buning oxiri halokatlidir. Zero, Pavlus shunday deb ogohlantirgan: «Sizlar ham Yahovaning kosasidan, ham jinlarning kosasidan icha olmaysizlar; ham “Yahovaning dasturxonidan”, ham jinlar dasturxonidan taom yeya olmaysizlar». (1 Kor. 10:21)
YAHOVAGA SODIQ BO‘LIB QOLING
20. Hatto noto‘g‘ri yo‘l tutganimizdan keyin ham, Yahova bizga qanday yordam bera oladi?
20 Muqaddas Kitobdagi Qobil, shoh Sulaymon va Sinay tog‘idagi Isroil xalqi haqidagi voqealarning e’tiborga loyiq o‘xshash tarafi bor edi. Ular «tavba qilib, Xudoga qaytishi» mumkin edi. (Havor. 3:19) Shunisi aniqki, Yahova noto‘g‘ri yo‘l tutganlardan shu zahoti voz kechmaydi. Horunning misolidan ko‘rganimizday, Yahova uni kechirdi. Bugungi kunda Yahova Muqaddas Kitobdagi voqealar, unga asoslangan adabiyotlarimiz yoki imondoshimiz mehr ila bergan maslahat orqali ogohlantirishi mumkin. Ogohlantiruvlarga diqqatli bo‘lsak, Yahova bizga rahm-shafqat ko‘rsatishiga ishonsak bo‘ladi.
21. Yahovaga bo‘lgan sadoqatimiz sinalgan vaziyatlarda nima qilishga qarorimiz qat’iy bo‘lishi kerak?
21 Yahova inoyatini bemaqsad ko‘rsatmayapti. (2 Kor. 6:1) Bu tufayli «imonsizlikni va dunyoviy istaklarni rad etish» imkonimiz bor. (Titusga 2:11–14 ni o‘qing.) Ushbu «hozirgi zamonda» yashar ekanmiz, Yahovaga bo‘lgan mutlaq sadoqatimiz sinaladigan vaziyatlarga duch kelamiz. Iloyo, hamisha Yahovaning tarafida turishga qat’iy qaror qiling. «Xudoyingiz Yahovadan qo‘rqinglar, Ungagina xizmat qilinglar, Unga sodiq bo‘lib qolinglar»,— degan so‘zlarni unutmang. (Qonun. 10:20)