Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yodingizdami?

Yodingizdami?

«Qo‘riqchi minorasi» jurnalining oxirgi sonlarini diqqat bilan o‘qidingizmi? Unda quyidagi savollarga javob berishga urinib ko‘ring:

Kuylash qobiliyatimizni yaxshilash uchun qaysi to‘rtta narsa yordam beradi?

Qomatingizni tik tutib, hamdu sano kitobingizni baland ushlang. Shuningdek, to‘g‘ri nafas olishingiz kerak. Og‘zingizni yetarlicha ochsangizgina bemalol kuylay olasiz. (w17.11.; 5- sah.)

Isroildagi panoh shaharlari qanday joylashgani va ularga olib boruvchi yo‘llarga tegishli ko‘rsatmalar bizga qanday ta’sir qilishi kerak?

Panoh shaharlari oltita edi va ularga olib boruvchi yo‘llar yaxshi holatda saqlanardi. Qochoq panoh shahriga nisbatan tezda va osongina yetib olishi mumkin edi. (w17.11.; 14- sah.)

Qanday qilib Zabur 118:22 dagi (117:22, O‘zbekiston Bibliya Jamiyati) so‘zlar Isoning tirilishiga ishora qilmoqda?

Isoni Masih sifatida rad etib o‘ldirishgan. Iso «burchakka qo‘yiladigan negiz toshi» bo‘lish uchun tirilishi kerak edi. (w17.12.; 9–10- sah.)

Masihning kelib chiqishi to‘ng‘ichlik huquqi bor kishilarga bog‘liq bo‘lganmi?

Isoning ajdodlari qatorida to‘ng‘ichlar bo‘lgan, lekin hammasi ham emas. Masalan, Dovud Essayning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lmagan, ammo Masih Dovudning avlodidan kelib chiqqan. (w17.12.; 14–15- sah.)

Muqaddas Kitobda tibbiyotga oid qanday prinsiplar keltirilgan?

Tavrotga ko‘ra, ba’zi kasallarni ajratib, alohidalab qo‘yishardi. O‘likka tekkan kishi suv bilan yuvinishi kerak edi. Tavrotga binoan, inson najasi odamlar yashaydigan joydan uzoqqa ko‘milishi kutilardi. Bolani sakkizinchi kuni sunnat qilish kerak edi, chunki o‘shanda qonning ivish xususiyati bir me’yorga kelardi. (wp18.1.; 7- sah.)

Nima uchun o‘zimizni me’yorida sevishimiz to‘g‘ri?

Yaqinimizni o‘zimizni sevganday sevishimiz lozim. (Mark 12:31) Erlar «xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak». (Efes. 5:28, 29) Ammo o‘zimizga bo‘lgan haddan ortiq sevgi xudbinlikka olib kelishi mumkin. (w18.01.; 23- sah.)

Qaysi qadamlar ma’nan o‘sishga yordam beradi?

Xudoning Kalomini o‘qib, ustida mulohaza yuritishingiz kerak. Ong va yuragingizni muqaddas ruh ta’siriga moyil qiling. Boshqalarning yordamini minnatdorchilik ila qabul qiling. (w18.02.; 26- sah.)

Kelajakni bilish uchun munajjimlarga va folbinlarga murojaat qilish nega noo‘rin?

Buning har xil sabablari bor, ammo eng asosiysi shuki, Muqaddas Kitobga ko‘ra, sehr-joduning bu ikkala turi ham qoralanadi. (wp18.2.; 4–5- sah.)

Mehmonga taklif qilishsa, qay yo‘sin mezbonga hurmat ko‘rsata olamiz?

Borishimizni aytgan bo‘lsak, so‘zimizda turishimiz kerak. (Zab. 15:4) Uni besabab bekor qilmasligimiz lozim. Boisi, mezbon ko‘p tayyorgarlik ko‘rgandir. (w18.03.; 18- sah.)

Tayinlangan birodarlar Timo‘tiydan qanday o‘rnak olsa bo‘ladi?

Timo‘tiy boshqalarga g‘amxo‘rlik qilgan hamda va’zgo‘ylik ishini birinchi o‘ringa qo‘ygan. U muqaddas xizmatda jon kuydirgan va o‘rganganlariga amal qilgan. Shuningdek, u o‘z ustida ishlashni to‘xtatmagan. Timo‘tiy Yahovaning ruhiga tayangan. Ham oqsoqollar, ham boshqalar undan o‘rnak olishi mumkin. (w18.04.; 13–14- sah.)