Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

«Qo‘riqchi minorasi»dagi qo‘shimcha maqolalar

«Qo‘riqchi minorasi»dagi qo‘shimcha maqolalar

Ko‘p va’zgo‘ylar yig‘ilishlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun «JW Library®» ilovasidan foydalanyapti va u orqali «Qo‘riqchi minorasi»dagi tadqiq maqolalarini darrov topa olyapti. Lekin tadqiq uchun mo‘ljallangan «Qo‘riqchi minorasi»da ma’naviy ozuqa deb hisoblanadigan qo‘shimcha maqolalar ham bor. «JW Library» ilovasi yordamida qay yo‘sin bu maqolalarni topib, foyda olishingiz mumkin?

  • «Qo‘riqchi minorasi»dagi har bir tadqiq maqolasining oxirida «O‘qish uchun qo‘shimcha maqolalar» nomli sarlavha bor. Uning ostidagi «Bu sondagi boshqa maqolalar» havolasiga bosing. Mundarijani ko‘zdan kechiring va har bir tadqiq maqolasi alohida nomlanib, raqamlanganiga e’tibor bering. Siz o‘qimoqchi bo‘lgan qo‘shimcha maqolaning nomiga bosing.

  • «JW Library» ilovasining bosh sahifasidagi «Yangilari» qismida «Qo‘riqchi minorasi»ning yangi soni paydo bo‘lganida, uni yuklab oling. So‘ng uni oching va barcha maqolalardan foyda olish uchun mundarijani ko‘zdan kechiring.