Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

JW library ilovasi va JW.ORG saytidagi saralangan ma’lumot

JW library ilovasi va JW.ORG saytidagi saralangan ma’lumot

«Yangilari» qismidan samarali foydalanish

«JW Library®» ilovasida va jw.org saytida «Yangilari» qismida yangi maqolalar hamda videolar ko‘rsatiladi. Xo‘sh, qanday qilib ushbu qismdan foydalanib so‘nggi ma’lumotlarga ega bo‘la olasiz?

«JW Library»

  • Maqolalar turkumi yangilangach, ularga tegishli alohida maqolalar chiqadi. Shunda «Yangilari» qismida maqolalar turkumi paydo bo‘lsa, ularning so‘nggi versiyasini yuklay olasiz. Keyin esa ro‘yxatning eng boshida sana bo‘yicha ajratilgan yangi maqolani o‘qishingiz mumkin.

  • Jurnallar kabi kattaroq adabiyotlarni birdaniga o‘qishning iloji bo‘lmasligi mumkin. Uni «Tanlanganlar»ga qo‘shib qo‘ysangiz bo‘ladi. Shu yo‘sin, uni osonlikcha topib, o‘qiy olasiz. Uni o‘qigach, «Tanlanganlar»dan o‘chirib tashlasangiz bo‘ladi.

JW.ORG

Yangiliklar va ba’zi e’lonlar kabi ma’lumotlar «JW Library» ilovasida emas, faqat jw.org saytida chiqadi. So‘nggi maqolalarni o‘qish uchun saytimizdagi «Yangilari» sahifasiga doim kirib turing.