Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

MUQADDAS KITOBDAGI IBORA

To‘lovdan oldin gunohlarning kechirilishi

To‘lovdan oldin gunohlarning kechirilishi

Iso Masih o‘z qonini to‘kib, to‘lov qurbonligini keltirgani uchungina gunohlarimiz kechirilishi mumkin. (Efes. 1:7) Lekin Muqaddas Kitobga ko‘ra, Alloh sabr qilib, «o‘tmishda», ya’ni Iso to‘lov qurbonligini taqdim etishidan oldin «qilingan gunohlarni kechirib kelgan». (Rim. 3:25) Xo‘sh, unda qay yo‘sin Yahova to‘lov qurbonligi berilishidan avval gunohlarni kechirib, shu bilan birga adolat Tangrisi bo‘lib qolgan?

Yahova Unga va Uning va’dalariga ishonadiganlarni qutqarish uchun «zurriyot» kelishini va’da qilgan. Xudo bu va’dani berganida Uning nazarida to‘lov qurbonligi allaqachon keltirilgandek edi. (Ibt. 3:15; 22:18) Xudo yagona sevikli O‘g‘li U tayinlagan vaqtda o‘zini to‘lov qurbonligi sifatida taqdim etishiga yuz foiz ishongan. (Galat. 4:4; Ibron. 10:7–10) Iso yer yuziga Xudoning vakili sifatida kelganida to‘lov taqdim etishidan oldin gunohlarni kechirish vakolatiga ega bo‘lgan. U buni bo‘lajak qurbonligining bahosini imonli kishilarga qo‘llash orqali qila olgan. (Mat. 9:2–6)