Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

TADQIQ UCHUN TAVSIYALAR

Adolatsizlikni yengish

Adolatsizlikni yengish

Ibtido 37:23–28; 39:17–23 ni o‘qing va adolatsizlikni qanday yengish borasida Yusufning misolidan o‘rganing.

Matn tarkibini yaxshiroq bilib oling. Nega boshqalar Yusufga nohaq munosabat ko‘rsatgan? (Ibt. 37:3–11; 39:1, 6–10) Yusuf qancha vaqt mobaynida adolatsizlikka duch kelgan? (Ibt. 37:2; 41:46) Bu vaqt davomida Yahova u uchun nima qilgan va nima qilmagan? (Ibt. 39:2, 21; w23.01 17-sah., 13-xb.)

Tafsilotlarini yaxshiroq bilib oling. Hatto Po‘tifarning xotini Yusuf to‘g‘risida yolg‘on gapirgan bo‘lsa ham, Muqaddas Kitobda u o‘sha ayolni yolg‘on gapirishda ayblagani haqida aytilmagan. Quyidagi oyatlar nega Yusuf jim turganini yoki barcha tafsilotlar ayon bo‘lishini kutmasligimiz kerakligini tushunishimizga qanday ko‘maklashadi? (Hik. 20:2; Yuhan. 21:25; Havor. 21:37) Yusufga adolatsizlikni yengishga qanday fazilatlar yordam bergan bo‘lishi mumkin? (Mixo 7:7; Luqo 14:11; Yoqb. 1:2, 3)

Qanday saboq olsak bo‘ladi? O‘zingizdan so‘rang: