Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Tangri Yahovaga qanday hadya bera olamiz?

Tangri Yahovaga qanday hadya bera olamiz?

ISO: «Olishdan ko‘ra berishning baxtiyorligi katta»,— deb aytgan edi. (Havor. 20:35) Bu so‘zlar Yahova bilan bo‘lgan munosabatlarimizga ham tegishli. Qiziq, qanaqasiga? Yahova bizga baxt keltiradigan ko‘pgina sovg‘alar bergan. Ammo biz ham Yahovaga hadya berib yanada ko‘proq baxtiyorlikni his qilishimiz mumkin. Tangri Yahovaga qanday hadya bera olamiz? Hikmatlar 3:9 da: «Yahovani eng yaxshi narsang bilan... sharafla»,— degan so‘zlar bor. «Eng yaxshi narsa» vaqt, qobiliyat, kush va moddiy narsalarimizni o‘z ishiga oladi. Haq topinishni olg‘a surish ushun bulardan foydalansak, Yahovaga hadya bergan bo‘lamiz va ulkan baxtiyorlikni his etamiz.

Xo‘sh, moddiy narsalarga kelganda, Yahovaga hadya berishga jiddiy yondashishga nima ko‘maklashadi? Havoriy Pavlus Korinfdagi masihiylarga qurbonlik ushun «pul ajratib qo‘ying» deb yozgan. (1 Kor. 16:2) Hududingizda mavjud bo‘lgan xayr-ehson qilishning usullari borasida ko‘proq bilishni istasangiz, nima qilsangiz bo‘ladi? Marhamat, quyidagi ramkaga qarang.

Barsha mamlakatlarda ham xayr-ehson qilishning imkoni yo‘q. Biroq ehson qilishning boshqa yo‘llari haqidagi ma’lumotni ehsonlar haqidagi sahifadan topishingiz mumkin. Ayrim mamlakatlarda bu sahifada, ko‘pshilikni ehsonlar haqida qiziqtiradigan savollarga javob tariqasida keltirilgan ma’lumot bor.