Tangri Yahovaga tayanib yashang!
Yahovaga butun qalbing bilan tayan, o‘z aqlingga ishonma. HIK. 3:5
QO‘SHIQLAR: 23, 49
1. Nima uchun barchamiz tasalliga muhtojmiz?
BARCHAMIZ tasalliga muhtojmiz. Ehtimol, tashvishlar, puchga chiqqan umidlar va azob-uqubatlar hayotimizning bir qismiga aylangandir. Yoshimiz o‘tib borayotgani, kasallik yoki yaqinimizni yo‘qotganimiz tufayli yuragimiz uvishayotgandir. Ba’zilarimiz esa zo‘ravonlikning qurboniga aylangandirmiz. Ustiga-ustak, yovuzlik tobora avjiga chiqmoqda. Shunisi aniqki, ushbu «nihoyatda og‘ir vaqtlar» «oxirzamonda» yashayotganimizning aniq tasdig‘idir. Kunimiz o‘tgani sayin yangi dunyoga yaqinlashmoqdamiz. (2 Tim. 3:1) Ammo Yahovaning va’dalari amalga oshishini anchadan beri kutayotgandirmiz, qiyinchiliklarimiz esa ko‘payib borayotgandir. Xo‘sh, qayerdan tasalli topsa bo‘ladi?
2, 3. a) Xabaqquq payg‘ambar haqida nimalarni bilamiz? b) Nima uchun Xabaqquq kitobini ko‘rib chiqamiz?
2 Buning javobini topish uchun, keling, Xabaqquq kitobini tahlil qilaylik. Garchi Muqaddas Yozuvlarda Xabaqquq payg‘ambarning hayoti-yu qilgan ishlari to‘g‘risida batafsil yozilmagan bo‘lsa-da, ismining ma’nosi bizga taskin beradi. Xabaqquq Xab. 2:2)
«issiq bag‘ir» degan ma’noni anglatishi mumkin. Ehtimol, bu Tangri Yahovaning tasalli beruvchi bag‘riga yoki topinuvchilari Unga yopishib olishiga ishora qilar. Xabaqquq Yahovaga o‘ylantiradigan savollar bergan. Aslida, bu savollar biz uchun ham foydali. Shu bois, Yahova Xabaqquq payg‘ambarni ilhomlantirib, ularning suhbati yozib qoldirilishiga g‘amxo‘rlik qilgan. (3 Muqaddas Yozuvlardan Xabaqquq to‘g‘risida faqatgina o‘sha suhbatdan bilib olyapmiz. Uning kitobi «qadimda Muqaddas Yozuvlarda aytilgan barcha narsalar»ning bir qismidir. «Toki ular tufayli sabr-bardoshli bo‘lib hamda tasalli topib, umidga ega bo‘la» olamiz. (Rim. 15:4) Xabaqquq kitobidan shaxsan har birimiz qanday foyda olishimiz mumkin? Ushbu kitobdan Yahovaga tayanish nima ekanini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, Xabaqquq payg‘ambarning bashorati azob-uqubat-u muammolarga qaramay, qalbimizda tinchlikni his qila olishimiz mumkinligiga ishontiryapti. Buni yodda tutgan holda, keling, mazkur kitobni batafsil ko‘rib chiqaylik.
YAHOVAGA IBODAT QILING
4. Nima uchun Xabaqquq qayg‘uga botgan edi?
4 Xabaqquq 1:2, 3 ni o‘qing. Xabaqquq juda og‘ir va qiyin zamonda yashagan. Atrofi yovuz, zo‘ravon insonlarga to‘lib-toshgani dastidan u qattiq qayg‘uga botgan edi. Yovuzliklarga chek qo‘yilganmi? Nega Yahova shuncha uzoq vaqt mobaynida harakatga tushmagan? Xabaqquq payg‘ambar yurtdoshlari adolatsizlik va zo‘ravonlikka qo‘l urayotganining guvohi bo‘lgan. U o‘zini ojizday his etgan. Zulmatga to‘la o‘sha paytda Xabaqquq Yahovaga ibodat qilib qutqarishini so‘ragan. Balki u bo‘layotgan voqealar Yahovani tashvishlantirmaydi deb o‘ylay boshlagandir. Go‘yoki Xudo yetarlicha harakat qilmayotganday tuyulgandir. Tangrining ushbu aziz xizmatchisi his etgan tuyg‘ular sizga ham tanishmi?
5. Xabaqquq kitobidan qanday saboq olyapmiz? (Ochqich oyatning yuqorisidagi rasmga qarang.)
5 Xabaqquq Yahovaga tayanmay qo‘ydimi? U Xudoning va’dalariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotdimi? Aslo! Xabaqquq muammolari va tashvishlarini odamlar bilan emas, Yahova bilan bo‘lishgani umidini yo‘qotmaganini ko‘rsatmoqda. U Xudo qachon harakat qilishini va nega vaziyat yomonlashishiga yo‘l qo‘yayotganini tushunmagani tufayli tashvishlangani aniq. Alloh Yahova Xabaqquqni xavotirlarini yozishga ilhomlantirib, biz uchun muhim saboq qoldirgan: Yahovaga bizni tashvishga solayotgan yoki gumonlar uyg‘otayotgan narsalarni aytishdan qo‘rqmasligimiz zarur. Darhaqiqat, Yahova ibodatlarimizda yuragimizni to‘kib solishga undamoqda. (Zab. 50:15; 62:8) Shuningdek, Hikmatlar 3:5 dagi: «Yahovaga butun qalbing bilan tayan, o‘z aqlingga ishonma»,— degan so‘zlarga amal qilsak, dalda olamiz. Aftidan, Xabaqquq mazkur so‘zlarni bilgan va ularni amalda qo‘llagan.
6. Nima uchun ibodat qilish muhim?
6 Xabaqquq ishonchli Do‘sti-yu Otasi bo‘lgan Yahovaga yaqinroq bo‘lishga bel bog‘lagan. U vaziyat borasida shunchaki tashvishlanib, uni o‘zi bilgancha to‘g‘rilamoqchi bo‘lmagan. Aksincha, u his-tuyg‘ulari-yu tashvishlari borasida ibodat qilib, bizga o‘rnak qoldirgan. Qolaversa, «ibodatlarni Eshitguvchi» Yahova bizni tashvishga solayotgan narsalar haqida U bilan bo‘lishishga undamoqda. (Zab. 65:2) Shunda Yahova javob berganini — mehr ila yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib bizni issiq bag‘riga bosganini his etamiz. (Zab. 73:23, 24) Qanday baxtsizlikka duch kelmaylik, Yahova vaziyatga Uning nuqtai nazari bilan qarashimizga yordam beradi. Yahovaga tayanayotganimizni ko‘rsatishning yo‘llaridan biri chin dildan ibodat qilishdir.
YAHOVAGA QULOQ SOLING
7. Yahova Xabaqquqning ibodatiga qanday munosabat ko‘rsatgan?
7 Xabaqquq 1:5–7 ni o‘qing. Barcha xavotirlari-yu tashvishlarini Yahovaga to‘kib solgach, Xabaqquq endi Yahova qanday munosabat ko‘rsatar ekan deb qiziqqan bo‘lishi mumkin. Rahmdil va tushunadigan Ota bo‘lmish Yahova Xabaqquqqa chin dildan qilgan nolasi uchun tanbeh bermagan. Xudo bu og‘rig‘-u qayg‘u nolasi ekanini tushungan. Yahova Xabaqquq payg‘ambarga isyonkor yahudiylar bilan tez orada nima yuz berishini aytgan. Ehtimol, Yahova yaqinda yovuzlikka chek qo‘yishini birinchi bo‘lib Xabaqquqqa ayon qilgan.
8. Nima uchun Yahovaning javobi Xabaqquqni hayron qoldirgan?
8 Yahova harakat qilishga tayyor ekanini Xabaqquqqa ko‘rsatgan. U o‘sha zo‘ravon va yovuz avlodni jazolashi muqarrar edi. «Sizlarning davringizda»,— deb Tangri Yahova Uning hukmi payg‘ambar yoki uning zamondoshlari hayotligida amalga oshishiga ishora qilgan. Xabaqquq payg‘ambar Yahova bunday javob qaytarishini kutmagan. Yahovaning aytganlariga ko‘ra, butun Yahudo xalqi jazolanardi. Xaldeylar (bobilliklar) Yahovaning me’yorlarini bilamiz deb aytgan isroilliklardan ham shafqatsiz va yovuzroq edi. Nega Yahova xalqini jazolash uchun zo‘ravon butparast xalqdan foydalandi? Xudoning bu hukmini eshitganingizda nimalarni his qilardingiz?
9. Xabaqquq payg‘ambarni qanday savollar qiziqtirgan bo‘lishi mumkin?
9 Xabaqquq 1:12–14, 17 ni o‘qing. Xabaqquq tushunganki, Yahova yovuzlarni jazolash uchun bobilliklardan foydalanadi. Ammo hali ham uning boshi qotgan edi. Shunday bo‘lsa-da, u kamtarlik ila Yahova uning «Qoya»si bo‘lib qolishini aytgan. (Qonun. 32:4; Ishayo 26:4) U sabr ila Xudoning sevgisi-yu mehriga tayanishda davom etgan. Ishonchi tufayli u Yahovaga yana bir bor murojaat qildi. Nima uchun Alloh Yahudodagi ahvol yanada og‘irlashishiga yo‘l qo‘ygan? Nega U shu zahoti harakat qilmadi? Nima sababdan Qodir Tangri yovuzliklar yanada avjiga chiqishiga chidab keldi? Nimaga U «indamagan»? Uning ko‘zlari «shunchalik pokki, yomonlikka qarab tura olmaydi», zero U «Muqaddas Tangri».
10. Qay yo‘sin ba’zida o‘zimizni Xabaqquq kabi his etishimiz mumkin?
10 Ba’zida o‘zimizni Xabaqquq kabi his etishimiz mumkin. Biz Yahovaga quloq solamiz. Unga butkul tayanib Kalomini o‘qiymiz va tadqiq qilamiz. Shu yo‘sin umidga ega bo‘lamiz. Uning va’dalarini tashkiloti yordamida berayotgan yo‘l-yo‘riqlaridan eshitamiz. Shunga qaramay, quyidagi savol tug‘ilishi mumkin: «Azob-uqubatlarning oxiri bormi?» Xabaqquq keyinchalik qanday yo‘l tutganidan nimani o‘rganishimiz mumkin?
YAHOVANI KUTING
11. Yahovani tinglagach, Xabaqquq nima qilishga qaror qilgan?
11 Xabaqquq 2:1 ni o‘qing. Yahova bilan suhbatlashgach, Xabaqquq qalbida tinchlikni his etgan. Shu bois, Yahova harakatga tushishini ishonch ila kutishga qaror qilgan. Bu bir lahzalik ishonch emasdi. Chunki u keyinchalik ham qarori qat’iy ekanini ko‘rsatib: «Musibat kunini xotirjam kutaman»,— deb aytgan. (Xab. 3:16) Xudoning boshqa sadoqatli xizmatchilari ham shunday sabrni namoyon etib, Yahova harakatga tushishini kutishga va taslim bo‘lmaslikka bizni undamoqda. (Mixo 7:7; Yoqb. 5:7, 8)
12. Xabaqquq payg‘ambardan qanday saboq olyapmiz?
12 Xabaqquq qat’iylikni namoyon etganidan nimani o‘rganyapmiz? Birinchidan, qanday qiyinchiliklarga duch kelmaylik, Yahovaga tinmay ibodat qilishimiz kerak. Ikkinchidan, Yahova Kalomi hamda tashkiloti orqali bizga nima deyayotganini tinglashimiz lozim. Uchinchidan, Yahova o‘z vaqtida barcha og‘riqlarimizga shifo berishiga butkul ishonib, Uni sabr ila kutishimiz zarur. Biz ham Xabaqquq kabi Yahovaga ich-ichimizdagini to‘kib solsak va Uni sabr ila tinglasak, qalbimizda xotirjamlikni his etamiz. Bu esa, sabr-bardoshli bo‘lishimizga yordam beradi. Umidimiz tufayli yanada sabrli bo‘lib, qiyinchiliklarga qaramay, baxtiyorlikni his eta olamiz. Shuningdek, umid samoviy Otamiz harakatga tushishiga ishonch baxsh etadi. (Rim. 12:12)
13. Xabaqquq 2:3 da qanday tasalli baxsh etuvchi so‘zlarni o‘qiymiz?
13 Xabaqquq 2:3 ni o‘qing. Shubhasizki, Yahova Xabaqquq Uni kutishga qaror qilganini ko‘rib quvongan. Qodir Tangri Xabaqquqning ahvoli ayanchli ekanini yaxshi bilardi. Shuning uchun Xudo payg‘ambarni barcha savollariga javob olishiga mehr ila ishontirib, unga tasalli bergan. Ko‘p o‘tmay uning barcha xavotirlari o‘z yakunini topdi. Boshqacha qilib aytganda, Xudo Xabaqquqqa quyidagicha degan edi: «Sabrli bo‘l, Menga tayan. Aytganlarim tez orada amalga oshadi!» Yahova va’dalarini amalga oshirish uchun muayyan vaqtni tayinlaganini unga eslatdi. Shu sababli uni kutishga undadi. Shunisi aniqki, payg‘ambarning umidlari puchga chiqmagan.
14. Qiyinchiliklar paytida nima qilishga qarorimiz qat’iy bo‘lishi kerak?
14 Yahovani sabr ila kutish va aytganlariga diqqat qaratish qanday qiyinchiliklar-u azoblarga duch kelishimizdan qat’i nazar, qalbimizda xotirjamlikni his etishga va ishonchni yo‘qotmaslikka yordam beradi. Iso Xudo ayon qilmagan «vaqt va muddatlarga» diqqat qaratmay, Vaqt hukmdori Yahovaga tayanishga undagan. (Havor. 1:7) Shunday ekan, taslim bo‘lmay kamtarlik, imon va sabrni namoyon etaylik. Shuningdek, vaqtimizdan unumli foydalanib Yahovaga xizmat qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilaylik. (Mark 13:35–37; Galat. 6:9)
YAHOVAGA TAYANISH HAYOT VA AJOYIB KELAJAK DEMAKDIR
15, 16. a) Xabaqquq kitobidan qanday ajoyib va’dalarni topa olamiz? b) Mazkur va’dalardan nimalarni bilib olyapmiz?
15 Yahova Unga tayangan odil kishiga shunday va’da bergan: «Odil inson sadoqati tufayli yashaydi» va «yer yuzi Yahovaning shon-shuhrati haqidagi bilimga to‘ladi». (Xab. 2:4, 14) Ha, Allohga sabr ila tayanganlar hayot mukofotini oladi.
16 Bir qarashda, Xabaqquq 2:4 dagi va’da oddiy so‘zlardek tuyulishi mumkin. Biroq havoriy Pavlus Yahovaning mazkur so‘zlarini shunchalik muhim deb bilganki, ularni uch marta keltirgan. (Rim. 1:17; Galat. 3:11; Ibron. 10:38) Odil inson qanday og‘ir vaziyatga duch kelmasin, imoni va Yahovaga tayangani tufayli Uning va’dalari amalga oshishini ko‘radi. Yahova bizni uzoqni ko‘zlashga undamoqda.
17. Xabaqquq kitobi orqali Yahova bizni nimaga ishontirmoqda?
17 Oxirzamonda yashar ekanmiz, Xabaqquq kitobida yozilganlardan ajoyib saboq olishimiz mumkin. Yahova imonni namoyon etgan va Unga tayangan har bir odil kishiga hayot mukofotini berishni va’da qilmoqda. Keling, qanday muammo-yu qiyinchiliklarga duch Mat. 5:5; Ibron. 10:36–39)
kelishimizdan qat’i nazar, Yahovaga bo‘lgan imonimizni mustahkamlab, Unga tayanishdan to‘xtamaylik. Xabaqquq payg‘ambar orqali Yahova bizni qo‘llab-quvvatlashiga va qutqarishiga ishontirmoqda. Yahova Unga tayanishga va sabr ila U tayinlagan vaqtni kutishga mehr ila undamoqda. O‘shanda butun yer yuzi Xudo Shohligining boshqaruvi ostida baxtiyor va kamtar kishilarga to‘ladi. (SEVINCH ILA YAHOVAGA TAYANING
18. Yahovaning so‘zlari Xabaqquqqa qanday ta’sir qilgan?
18 Xabaqquq 3:16–19 ni o‘qing. Yahovaning so‘zlari Xabaqquq payg‘ambarga qattiq ta’sir qilgan. U Yahova qadimda xalqi uchun ehtirom hissini uyg‘otadigan ishlar qilgani to‘g‘risida mulohaza yuritgan. Shu yo‘sin ishonchini mustahkamlay olgan. U Yahova tez orada harakatga tushishini bilgan. Garchi u muayyan vaqt davomida azob chekishi mumkinligini bilsa-da, Yahovaning so‘zlari unga tasalli bergan. Xabaqquq boshida shubhalangan, ammo keyin imoni mustahkamlanib, Yahova qutqarishiga qattiq ishongan. U insonlar ishonchni namoyon etganda aytishi mumkin bo‘lgan eng ta’sirli iboralardan birini aytgan. Ayrim ilohiyotshunoslarning fikricha, 18-oyat so‘zma-so‘z: «Rabbimning oldida suyunib sakrayman, Xudoning yonida sevinchdan raqsga tushaman»,— degan ma’noni anglatadi. Bu barchamizning ishonchimizni mustahkamlaydigan so‘zlar, shunday emasmi?! Tangri Yahova bizga nafaqat ajoyib umid baxsh etgan, balki O‘z niyatini amalga oshirish uchun hozir ham harakat qilayotganiga ishontirmoqda.
19. Qay yo‘sin Xabaqquq kabi tasalliga ega bo‘la olamiz?
19 Shubhasizki, Xabaqquq kitobidan Yahovaga tayanish muhim ekanini bilib olyapmiz. (Xab. 2:4) 1) Tinmay ibodat qilib, Yahovaga barcha tashvishlar-u xavotirlarimizni aytsak; 2) Muqaddas Kitob va Uning tashkiloti orqali olayotgan har bir yo‘l-yo‘riqqa diqqatli bo‘lsak; hamda 3) sadoqat va sabr ila Yahovani kutsak, U bilan munosabatlarimizni mustahkamlagan bo‘lamiz. Shunday yo‘l tutib Unga tayana olamiz. Xabaqquq aynan shunday qilgan. Garchi Xabaqquq Yahova bilan suhbatini g‘amgin holatda boshlagan bo‘lsa-da, uning yakunida u sevinch va daldaga to‘lgan edi. Biz ham uning o‘rnagiga taqlid qilib Otamiz Yahovaning issiq bag‘rini his etaylik! Ushbu zulmatli dunyoda bundan-da a’loroq tasalli bormikin?