1922. Yuz yil avval
«[XUDO] bizni Hazrati Iso Masih orqali g‘alabaga erishtirdi!» (1 Kor. 15:57) Ushbu so‘zlar 1922-yil uchun tanlangandi. Bu oyat Muqaddas Kitob Tadqiqotchilariga Yahova ularni sadoqati uchun mukofotlashini eslatib turardi. O‘sha yili Yahova ko‘p barakalar yog‘dirdi. Ular kitoblar chop etib, Shohlik haqidagi xushxabarni radio orqali odamlarga yetkaza boshladi. Yahova ularga baraka berayotgani 1922-yilning oxirida yaqqol ko‘rindi. Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari Sidar-Poyntda (Ogayo, AQSH) ulkan anjuman o‘tkazishdi. O‘shanda yuz bergan voqealar hozirga qadar Yahovaning tashkilotiga ta’sir qilib kelyapti.
«AJOYIB FIKR»
Va’zgo‘ylarning soni ko‘paygani sayin adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj oshardi. Bruklindagi Baytilda xizmat qilgan birodarlar jurnallarni tayyorlab berishardi. Lekin ularni chop etish va muqovalash uchun nashr etish korxonalariga murojaat qilishardi. Korxonalar bir necha oy mobaynida adabiyotlarni chop etishga ulgurmadi. Bu va’zgo‘ylik ishiga ta’sir qildi. Keyin birodar Ruterford Robert Martin bilan tashkilotimiz adabiyotlarni o‘zi chop etishi haqida gaplashdi.
Birodar Martin shunday dedi: «Bu ajoyib fikr edi, chunki buning uchun bitta katta fabrika ochish kerak bo‘lardi». Shunda birodarlar Bruklinda Konkord-strit 18 da bitta binoni ijaraga olib, kerakli hamma uskunalarni xarid qilishdi.
Tashkilotimiz adabiyotlarni o‘zi chop etishi haqidagi fikr hammaga ham yoqmadi. Kitoblarni nashr etgan korxonaning boshlig‘i fabrikamizga keldi. U shunday dedi: «Chop etish uchun zo‘r uskunalaringiz bor, lekin hech kim ularni ishlatishni bilmaydi. Olti oydan keyin ular axlatga aylanadi».
Birodar Martin: «Bu kishining gapida jon bor edi. Ammo Yahova bizga yordam berishiga amin edik. U doim bizni qo‘llab-quvvatlagan»,— dedi. Uning gapi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Ko‘p vaqt o‘tmay, kuniga 2 000 ta adabiyot chop etiladigan bo‘ldi.
RADIO ORQALI MINGLAB QALBLARNI ZABT ETISH
Yahovaning xalqi xushxabarni va’z qilish uchun radiodan ham foydalanishni boshladi. 1922-yili 26-fevral yakshanba kuni birodar Ruterford ilk bor radio orqali nutq so‘zladi. U Los-Anjelesda (Kaliforniya, AQSH) «Hozirda yashayotgan millionlar aslo o‘lmaydi» nomli nutqini aytdi.
Bu nutqni taxminan 25 000 ta kishi tingladi. Ularning ba’zilari birodar Ruterfordga minnatdorchilik bildirib xatlar yubordi. Bitta xat Santa-Anadan (Kaliforniya) bo‘lgan Uilyard Ashvorddan edi. U birodar Ruterfordni maqtab, «qiziqarli va ta’sirli fikrlar» aytganini ta’kidladi. Uilyard: «Xonadonimizda uydan chiqa olmaydigan uchta bemor bor. Hatto bizga yaqin bo‘lgan joyda nutq aytganingizda ham u yerga bora olmagan bo‘lardik»,— deb yozgandi.
Keyingi haftalar mobaynida yangi nutqlar so‘zlandi. 1922-yilning oxirida kamida 300 000 ta kishi radio orqali xushxabarni tinglagani haqida «Qo‘riqchi minorasi»da hisobot keltirilgandi.
Xatlar va bildirilgan fikrlar asosida Bruklindagi Baytil yaqinida, Staten-Aylendda radiostansiya qurish qarori chiqarildi. Keyinchalik ular Shohlik xabarini WBBR radiostansiyasi orqali ko‘p joylarga yetkazishdi.
«ADV»
«Qo‘riqchi minorasi»ning 1922-yil 15-iyun sonida o‘sha yili 5–13-sentabrda Sidar-Poyntda (Ogayo) anjuman bo‘lishi e’lon qilindi. Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari u yerga borganida nihoyatda quvonishdi.
Birodar Ruterford birinchi nutqda shunday dedi: «Bu anjuman yaxshi o‘tishi uchun Xudo baraka berishiga aminman. Qolaversa, yer yuzida har qachongidan ham keng shohidlik berilishiga ishonaman». O‘sha anjumandagi ma’ruzachilar hammani va’zgo‘ylik ishi bilan band bo‘lishga qayta-qayta undashdi.
8-sentabr juma kuni anjumanga taxminan 8 000 ta kishi keldi. Ular birodar Ruterfordning nutqini sabrsizlik bilan kutishgandi. Chunki ular taklifnomada yozilgan «ADV»ning ma’nosini u tushuntirishiga umid qilishgandi. Tashrif buyurganlar o‘z joyini egallaganida ba’zilar sahna yuqorisida o‘ralgan matoni ko‘rishgan. Talsadan
(Oklaxoma, AQSH) kelgan Artur Klaus nutqlarni yaxshiroq eshitish uchun qulay joyga o‘tirib olgan. O‘sha paytlarda mikrofon bo‘lmagani uchun nutqni tinglash qiyin bo‘lgan.«Biz nutqni diqqat bilan tinglardik»
Birodar Ruterford nutq so‘zlayotganida boshqalarni chalg‘itmaslik uchun kech qolib kelganlarga zalga kirish ruxsat etilmasligini e’lon qildi. U ertalab soat 9:30 da Matto 4:17 dagi «Osmon Shohligi yaqinlashib qoldi», degan so‘zlar bilan nutq boshladi. Birodar Ruterford odamlar bu Shohlik to‘g‘risidagi xabarni qanday tinglashiga e’tibor qaratib, shunday dedi: «Iso hozir bo‘lish paytida xizmatchilarining o‘rim-yig‘imini o‘tkazganda, itoatli va sadoqatli odamlarni birga yig‘ib olishini aytgan edi».
Zalning old qismida o‘tirgan birodar Klaus: «Biz nutqni diqqat bilan tinglardik»,— dedi. Afsuski, u o‘zini biroz yomon his qilgani uchun zaldan chiqishiga to‘g‘ri kelgandi. Aslida Artur chiqishni xohlamagandi, chunki agar chiqsa qayta kira olmasligini bilardi.
Biroz vaqtdan keyin u o‘zini yaxshiroq his qila boshladi. Tashqarida turgan Artur gulduros qarsaklar chalinayotganini eshitdi. Bu uning qiziqishini oshirdi. U nutqni oxirigacha eshitish uchun hatto tomga ham chiqishga tayyor edi. O‘shanda Artur 23 yoshda edi. Shunday qilib, u binoning tomiga chiqdi. Uning aytishicha, u yerda nutq yaxshiroq eshitilardi.
O‘sha tomda boshqa birodarlar ham bor edi. Ulardan biri Frank Jonson birodar Arturdan: «O‘tkir pichog‘ingiz bormi?» — deb so‘radi.
U: «Ha»,— deb javob berdi.
«Siz ibodatlarimizga javob bo‘ldingiz. a diqqat bilan tinglang. U: “Xabarlang, xabarlang, xabarlang”,— deb aytganida mana bu to‘rtta arqonni kesib tashlash kerak bo‘ladi»,— dedi birodar Frank.
Anavi o‘ralgan matoni ko‘ryapsizmi? U mixlarga bog‘langan. SudyaniArtur va uning do‘stlari arqonni kesishga tayyor turishgan. Ruterford birodarimiz nutqning eng qiziqarli joyiga kelganida, his-hayajon va g‘ayrat ila quyidagi so‘zlarni aytgan: «Rabbimizning sadoqatli va chinakam shohidlari bo‘linglar. Buyuk Bobildan asar ham qolmaguncha kurashinglar. Xabarni hamma yerda va’z qilinglar. Toki dunyo Yahova Xudo ekanini, Iso esa Shohanshoh va Oliy Hazrat ekanini bilsin. Bu tarixiy kun. Mana, Shoh hukmronlik qilmoqda! Sizlar uning vakillarisiz. Shuning uchun Shohni va uning Shohligini xabarlang, xabarlang, xabarlang».
Arturning aytishicha, ular arqonlarni kesishganida, o‘ralgan mato hilpirab ochilgan. U yerda «ADV» degan harflarning to‘liq ma’nosi, ya’ni «Shohni va uning Shohligini xabarlang» deb yozilgan edi. «ADV» ingliz tilidagi «advertise» (edvertays) so‘zining qisqartmasi bo‘lib, xabarlash yoki shohidlik berish degan ma’noga ega.
MUHIM ISH
Sidar-Poyntdagi anjuman birodarlarga va tayyorlik ila xizmat qilishni xohlaganlarga va’zgo‘ylik faoliyatiga diqqat qaratishga ko‘maklashdi. Oklaxomadan (AQSH) bo‘lgan kitob tarqatuvchi (hozir kashshof deb nomlanadi) shunday dedi: «Biz konchilar yashaydigan hududda va’z qilamiz. U yerda kambag‘allik keng tarqalgan». U odamlar «Oltin davr» deb nomlangan jurnaldagi xabarni eshitganda, ko‘pincha «ko‘ziga yosh kelishini» aytdi. Qolaversa, u: «Ularga tasalli berishdan baxtiyormiz»,— dedi.
Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari Isoning Luqo 10:2 da aytgan quyidagi so‘zlari nihoyatda muhim ekanini tushunishgan: «Hosil chindan ham mo‘l, faqat ishchilar oz». 1922-yilning yakunida ularning Shohlik haqidagi xabarni turli yerlardagi insonlarga yetkazish qarori yanada mustahkamlandi.
a Birodar Ruterfordni ba’zida sudya deb atashardi. Chunki u gohida Missurida (AQSH) sudya bo‘lib ishlardi.