Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

41-TADQIQ MAQOLASI

Chinakam baxtga erisha olasiz

Chinakam baxtga erisha olasiz

Yahovadan qo‘rqadigan, Uning yo‘llaridan yuradigan odam baxtlidir. ZAB. 128:1

110-QO‘SHIQ «Yahova berayotgan quvonch»

BU MAQOLADA a

1. «Ma’naviy narsalarga chanqoq bo‘lish» nima degani va bu baxt bilan qanday bog‘liq?

 CHINAKAM baxt bugun bor bo‘lib, ertaga yo‘q bo‘ladigan tuyg‘u emas. Inson butun umri davomida buni his qilishi mumkin. Qanaqasiga? Iso Tog‘dagi va’zida shunday tushuntirgan: «Ma’naviy narsalarga chanqoq bo‘lganlar baxtlidir». (Mat. 5:3) Iso odamlar Yaratuvchisi bo‘lmish Tangri Yahovani tanib-bilish va Unga topinish istagi bilan yaratilganini bilardi. Bu «ma’naviy narsalarga chanqoq bo‘lish» degani. Qolaversa, Yahova «baxtiyor Tangri» ekan, Uning topinuvchilari ham baxtli bo‘la oladi. (1 Tim. 1:11)

«Odillik uchun ta’qib qilinayotganlar baxtlidir». (Mat. 5:10) (2-, 3-xatboshilariga qarang.) d

2, 3. a) Isoning so‘zlariga ko‘ra, yana kimlar baxtli bo‘lishi mumkin? b) Ushbu maqolada nimani muhokama qilamiz va nega bu muhim?

2 Baxtli bo‘lish uchun hayotimiz bekam-u ko‘st bo‘lishi shartmi? Yo‘q. Iso qiziq bir fikrni ta’kidlagan. U biron kishi, ehtimol, gunohi dastidan o‘zini aybdor his qilayotgani yoki jiddiy muammosi tufayli «qayg‘u-alam chekayotgan» bo‘lsa ham, o‘zini baxtiyor his etishini aytgan. Qolaversa, Iso «odillik uchun ta’qib qilinayotganlar» yoki uning izdoshi bo‘lgani uchun «haqoratlarga» duch kelayotganlar ham baxtli degan. (Mat. 5:4, 10, 11) Qiziq, bu kabi vaziyatlarda qanday qilib chinakamiga baxtli bo‘lish mumkin?

3 Iso odam bekam-u ko‘st yashagani uchun emas, aksincha, ma’naviy chanqoqlikni qondirgani va Xudoga yaqinlashgani tufayli haqiqiy baxtga ega bo‘lishini o‘rgatgan. (Yoqb. 4:8) Buni qanday qila olamiz? Ushbu maqolada haqiqiy baxtga erishish uchun kerak bo‘lgan uchta qadamni muhokama qilamiz.

MA’NAN OZIQLANING

4. Chinakamiga baxtli bo‘lishning birinchi qadami qanday? (Zabur 1:1–3)

4 1- QADAM. Chinakamiga baxtli bo‘lish uchun ma’nan oziqlanish zarur. Ham odamlar, ham hayvonlar yashash uchun jismonan oziqlanishi kerak. Ammo faqat odamlar ma’nan oziqlana oladi. Ha, biz bunday qilishimiz lozim. Shuning uchun ham Iso: «Odam faqat non bilan emas, balki Yahovaning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi»,— degan. (Mat. 4:4) Shunday ekan, hech bir kunimiz Xudoning Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitobni o‘qimasdan o‘tmasligi darkor. Sano bastakori baxtli odam haqida shunday deb yozgan: «Yahovaning qonunidan zavq olib, Qonuni ustida tunu kun fikr yuritadi». (Zabur 1:1–3 ni o‘qing.)

5, 6. a) Muqaddas Kitobdan nimalarni bilishimiz mumkin? b) Uni o‘qish bizga qanday foyda keltiradi?

5 Yahova bizni sevadi. Shuning uchun, Muqaddas Kitob orqali baxtli hayotga qanday erishishimiz mumkinligini ko‘rsatyapti. Biz hayotimizning mazmuni nimada ekanini bilib oldik. Yahovaga yaqinlashish va Uning kechirimiga sazovor bo‘lish uchun nimalar qilishimiz kerakligini ham o‘rgandik. Shuningdek, kelajagimiz borasida ajoyib umidga ega bo‘ldik. (Yerm. 29:11) Muqaddas Kitobdagi ushbu haqiqatlarni o‘rganish qalbimizni quvonchga to‘ldiradi.

6 Unda kundalik hayotimizda qo‘l keladigan ko‘pgina maslahatlar bor. Ularga amal qilsak haqiqiy baxtga erishamiz. Muammolarga ko‘milib ketganimizni sezsak, Xudoning Kalomini ko‘proq o‘qib, mulohaza yuritishimiz darkor. Iso: «Tangrining kalomini tinglab, uni bajo keltirganlar baxtlidir!» — degan. (Luqo 11:28)

7. Xudoning Kalomini o‘qish foydali bo‘lishi uchun nima qilishimiz kerak?

7 Xudoning Kalomini shoshilmasdan zavq olib o‘qing. Misol uchun, kimdir siz yoqtirgan taomni tayyorladi. Lekin ehtimol, shoshilganingizdan yoki xayolingiz parishon bo‘lganidan uning mazasini tushunmay tez-tez yeb qo‘yasiz. Keyin esa ovqatni juda tez yedim, sekinroq yesam bo‘larkan, deb afsuslanasiz. Muqaddas Kitobni o‘qiganimizda ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin. Ba’zida u yerda yozilgan so‘zlarning ma’nosini tushunmay, uni tezda o‘qirmiz. Xudoning Kalomidan zavq olish uchun vaqt ajrating. Voqealarni va ovozlarni ongingizda jonlantiring hamda o‘qiganlaringiz ustida mulohaza yuriting. Bunday qilish quvonchingizga quvonch qo‘shadi.

8. «Ishonchli va aqlli xizmatkor» o‘z vazifasini qay yo‘sin bajaryapti? (Izohga ham qarang.)

8 Iso ma’naviy rizq-ro‘zni o‘z vaqtida berish va ma’nan to‘q bo‘lishimiz uchun «ishonchli va aqlli xizmatkorni» tayinlagan b. (Mat. 24:45) Taqdim etilayotgan ma’naviy ozuqaning asosiy masallig‘i Muqaddas Kitob. (1 Salon. 2:13) Ma’naviy ozuqa Muqaddas Kitobda ochib berilgan Yahovaning fikrlarini bilishimizga ko‘maklashadi. Shuning uchun, «Qo‘riqchi minorasi», «Uyg‘oning!» jurnallarini va jw.org saytidagi maqolalarni o‘qiymiz. Qolaversa, yig‘ilishlarga tayyorlanamiz. JW Internet-televideniesida oylik ko‘rsatuvni ham tomosha qilamiz. Mo‘l-ko‘l ma’naviy ozuqa haqiqiy baxtga yetaklaydigan keyingi qadamga o‘tishga yordam beradi.

YAHOVANING ME’YORLARIGA BO‘YSUNISH

9. Chinakam baxtga yetaklaydigan ikkinchi qadam qanday?

9 2- QADAM. Chinakamiga baxtli bo‘lish uchun Yahovaning me’yorlari bo‘yicha yashash kerak. Sano bastakori shunday degan: «Yahovadan qo‘rqadigan, Uning yo‘llaridan yuradigan odam baxtlidir». (Zab. 128:1) Yahovadan qo‘rqish — Uni ranjitadigan ishlarni qilishdan qochish degani. Uni chuqur hurmat qilganimiz uchun bunday qilamiz. (Hik. 16:6) Shu yo‘sin, Yahovaning nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekani borasidagi me’yorlari bo‘yicha yashaymiz. Ular Muqaddas Kitobda yozilgan. (2 Kor. 7:1) U yaxshi ko‘radigan ishlarni qilib, nafratlanadigan ishlardan qochsak, baxtli bo‘lamiz. (Zab. 37:27; 97:10; Rim. 12:9)

10. Rimliklarga 12:2 ga ko‘ra, nima qilishga mas’ulmiz?

10 Rimliklarga 12:2 ni o‘qing. Kimdir Yahova nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekanini hal qilishga haqqi borligini bilar. Ammo u Uning me’yorlariga amal qilishi ham kerak. Aytaylik, biron kishi katta yo‘lda qanday tezlikda mashina haydash borasida hukumat o‘rnatgan qoidalarni biladi. Lekin ularga amal qilmay mashinasida katta tezlikda yuradi. Biz ham xulq-atvorimiz orqali Yahovaning me’yorlari bo‘yicha yashash eng a’lo qaror ekanini ko‘rsata olamiz. (Hik. 12:28) Shuning uchun, Dovud Yahova haqida shunday degan: «Sen menga hayot so‘qmoqlarini ko‘rsatding. Huzuringda ulkan shodlik hukmrondir, o‘ng tomoningda bo‘lish, toabad baxt-saodatga yetaklaydi». (Zab. 16:11)

11, 12. a) Siqilganimizda yoki charchaganimizda nimadan ehtiyot bo‘lishimiz kerak? b) Filippiliklarga 4:8 o‘yin-kulgi turini tanlash borasida qanday yordam berishi mumkin?

11 Siqilganimizda yoki charchaganimizda muammo haqida haddan ortiq o‘ylamaslik uchun nimadir qilish kerakligini tushunarmiz. Bu yaxshi, lekin bunday paytda Yahova nafratlanadigan birorta ish qilib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. (Efes. 5:10–12, 15–17)

12 Havoriy Pavlus Filippidagi masihiylarni «nima odillik, nima halollik, nima yoqimli... nima himmat... bo‘lsa bular haqida fikr yuritishga» undagan. (Filippiliklarga 4:8 ni o‘qing.) Garchi u muayyan o‘yin-kulgi turini aytmagan bo‘lsa ham uning so‘zlari tanlovimizga ta’sir qilishi kerak. Siz tanlaydigan musiqa, film, kitob yoki videoo‘yin Pavlusning bu maslahatiga amal qilayotganingizni ko‘rsatyaptimi? Bunga e’tibor qaratib, Xudoning nazarida nima ma’qul va nima noma’qul ekanini aniqlay olasiz. Darhaqiqat, Yahovaning yuqori me’yorlariga amal qilishni xohlaymiz. (Zab. 119:1–3) Vijdonimiz pok bo‘lsa, haqiqiy baxtga yetaklaydigan keyingi qadamni qo‘ya olamiz. (Havor. 23:1)

TOPINISH HAYOTINGIZDA BIRINCHI O‘RINDA BO‘LSIN

13. Haqiqiy baxtga yetaklovchi uchinchi qadam qanday? (Yuhanno 4:23, 24)

13 3- QADAM. Yahovaga topinish hayotimizda birinchi o‘rinda ekaniga ishonch hosil qilish lozim. Yahova bizni yaratgan ekan, topinishimizga faqat U loyiq. (Vah. 4:11; 14:6, 7) Yahovaga ma’qul tarzda, ya’ni «ruh va haqiqat bilan» topinishimiz kerak. (Yuhanno 4:23, 24 ni o‘qing.) Xudoning Kalomidagi haqiqatga muvofiq tarzda topinishni istaymiz. Buning uchun muqaddas ruhga muhtojmiz. Hatto faoliyatimiz cheklangan yoki taqiqlangan mamlakatda yashayotgan bo‘lsak ham topinishimiz birinchi o‘rinda bo‘lishi muhim. Hozirda 100 dan ziyod birodar-u opa-singillarimiz Yahovaning Shohidi bo‘lgani uchun qamoqda o‘tiribdi c. Bunga qaramay ular ibodat va tadqiq qilish hamda boshqalarga Xudo va Uning Shohligi haqida aytishdan quvonch topishyapti. Kamsitilganda yoki ta’qib qilinganda, Yahova biz bilan ekanini va bizni mukofotlashini bilishdan quvonishimiz mumkin. (Yoqb. 1:12; 1 Butr. 4:14)

HAYOTIY MISOL

14. Jovidon Bobojonov bilan nima yuz bergan va nega?

14 Ba’zi imondoshlarimizning vaziyati juda og‘ir. Ammo ular yuqorida muhokama qilingan uchta qadamni qo‘ygani uchun baxtiyorlikni his qilishyapti. Keling, Tojikistondagi Jovidon Bobojonovning misolini ko‘rib chiqaylik. U 19 yoshida harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortgan. 2019-yil 4-oktabrda uni majburlab uyidan olib ketishgan. Uni bir necha oy hibsda ushlab turishgan va jinoyatchiday munosabat ko‘rsatishgan. Bunday nohaq munosabat to‘g‘risida bir nechta mamlakatda ommaviy axborot vositalarida xabar berilgan. Jovidonga harbiy qasamyod qilish va harbiylarning kiyimini kiyish bosimi o‘tkazilgan va u rosa do‘pposlangan. Keyin uni sud qilishgan va qamoqqa tashlashgan. Oxiri Tojikiston prezidenti uni afv etib, ozod etishni buyurgan. O‘sha vaqt davomida Jovidon benuqsonlikni va quvonchni saqlagan. Qanday qilib? U doim ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga intilgan.

Jovidon ma’nan oziqlangan, Xudoning me’yorlari bo‘yicha yashagan va topinishni hayotida birinchi o‘ringa qo‘ygan (15–17-xatboshilariga qarang.)

15. Jovidon qamoqda bo‘lganida qanday qilib ma’nan oziqlangan?

15 Jovidon qamoqda bo‘lganida unda Muqaddas Kitob yoki adabiyotlarimiz bo‘lmasa ham ma’nan oziqlangan. Qanday qilib? Mahalliy birodar-u opa-singillarimiz unga oziq-ovqat olib kelishgan va har safar paketda kunlik oyatni yozib qo‘yishgan. Shu yo‘sin, u har kuni Muqaddas Kitobni o‘qib, ustida mulohaza yurita olgan. Jovidon ozod etilgach, kuchli sinovlarga duch kelmagan imondoshlarimizga shunday maslahat bergan: «Erkinlikdan foydalanib, Muqaddas Kitob va adabiyotlarimizni o‘qish orqali Yahova haqida chuqur bilimga ega bo‘lishingiz o‘ta muhim».

16. Jovidon diqqatini nimaga qaratgan?

16 Bu birodarimiz Yahovaning me’yorlariga amal qilgan. U yomon istaklarga berilib, bo‘lmag‘ur ishlar qilishning o‘rniga diqqatini Yahovaga va U qadrlaydigan narsalarga qaratgan. Jovidon Xudoning ijodlari haqida fikr yuritgan. Har kuni ertalab u qushlarning sayrashi bilan uyg‘ongan, kechasi esa oy va yulduzlarga qarab yotgan. U shunday degan: «Yahovaning bu hadyalari menga quvonch va dalda berardi». Ha, Yahovaning ma’naviy va jismoniy hadyalarini qadrlasak baxtli bo‘lamiz. Bu sabr-bardosh qilishimizga ko‘maklashadi.

17. Jovidonning vaziyatiga o‘xshash qiyinchilikka duch kelganlar 1 Butrus 1:6, 7 ga qanday amal qila oladi?

17 Jovidon Yahovaga topinishni birinchi o‘ringa qo‘ygan. U Yahovaga sadoqatli bo‘lib qolish o‘ta muhim ekanini bilgan. Iso shunday degan: «Allohing Yahovaga sajda qil, birgina Unga muqaddas xizmatni ado et». (Luqo 4:8) Harbiylar Jovidon o‘z e’tiqodidan voz kechishini istashgan. Lekin u har kuni ertalab va kechqurun Yahovaga ibodat qilib, taslim bo‘lmasligiga va sadoqatli qolishiga yordam berishini so‘ragan. Adolatsiz munosabatga duch kelishiga qaramay, Jovidon sodiq bo‘lib qolgan. Hozir u oldingiga qaraganda yanada baxtliroq. (1 Butrus 1:6, 7 ni o‘qing.)

18. Baxtiyor bo‘lib qolishga nima yordam berishi mumkin?

18 Yahova chinakamiga baxtli bo‘lishimiz uchun nimaga muhtoj ekanimizni biladi. Haqiqiy baxtga yetaklaydigan uchta qadamni qo‘ysangiz, qiyinchiliklarga qaramay baxtiyor bo‘lib qolasiz. Shunda: «Xudosi Yahova bo‘lgan xalq saodatlidir!» — deb ayta olasiz. (Zab. 144:15)

89-QO‘SHIQ Tingla, quloq sol va ol baraka

a Ko‘plar chinakamiga baxtli emas. Chunki ular uni o‘yin-kulgi, boylik yoki mashhurlikdan izlaydi. Ammo Iso yer yuzida bo‘lganida baxtli bo‘lishning sirini aytgan. Ushbu maqolada haqiqiy baxtni topishimizga ko‘maklashadigan uchta qadamni ko‘rib chiqamiz.

b «Qo‘riqchi minorasi»ning 2014-yil 15-avgust sonidagi «”Rizq-ro‘zni vaqtida” olyapsizmi?» nomli maqolaga qarang.

c Ko‘proq bilish uchun jw.org saytida «E’tiqodi uchun hibsga olinganlar» deb izlab ko‘ring.

d RASMGA SHARH. Ushbu sahnalashtirilgan vaziyatda birodarimiz hibsga olinib, sudga olib ketilyapti. Yahovaning Shohidlari esa uni qo‘llab-quvvatlayapti.