Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bilasizmi?

Bilasizmi?

Qadimgi Isroilda musiqa qanchalik muhim bo‘lgan?

MUSIQA qadimgi Isroil madaniyatida muhim o‘rin egallagan. Muqaddas Kitobda musiqa asboblari va qo‘shiqlar kuylash to‘g‘risida bir necha marta aytilgan. Darhaqiqat, Muqaddas Kitobning katta qismi qo‘shiqlardan iborat. Masalan, Zabur sanolari, Go‘zal qo‘shiq, Yeremiyoning marsiyasi kuylanadigan qilib yozilgan. Bir kitobga ko‘ra, musiqa qadimgi Isroilliklar hayotining turli sohalaridan o‘rin olgan. («Music in Biblical Life»)

Kundalik hayotda musiqaning ahamiyati. Isroilliklar his-tuyg‘ularini izhor etishda musiqadan foydalangan. (Ishayo 30:29) Shohni taxtga o‘tkazish marosimida, bayramlarda va jangda g‘alaba qozonilganida, ayollar childirma chalgan, shodlik ila hamdu sanolar kuylagan va raqsga tushgan. (Hak. 11:34; 1 Shoh. 18:6, 7; 3 Shoh. 1:39, 40) Qolaversa, isroilliklar dafn marosimlarida marsiya kuylagan. (2 Sol. 35:25) Bir ensiklopediyada ta’kidlanishicha, «musiqa ibroniylarning jon-u dili bo‘lgan». («McClintock and Strong’s Cyclopedia»)

Shoh saroyida musiqaning ahamiyati. Isroil shohlari musiqani juda yaxshi ko‘rgan. Masalan, shoh Shoul Dovud unga arfa chalishi uchun uni saroyga chaqirtirgan. (1 Shoh. 16:18, 23) Keyinchalik Dovudning o‘zi shoh bo‘lganida musiqa asboblarini yaratgan, chiroyli hamdu sanolarni bastalagan va Yahovaning ma’badida kuylagan orkestrni tashkillashtirgan. (2 Sol. 7:6; Amos 6:5) Shoh Sulaymon saroyida esa erkag-u ayol qo‘shiqchilar bo‘lgan.

Topinishda musiqaning ahamiyati. Asosiysi Isroilliklar Yahovaga topinishda musiqadan foydalangan. Quddusdagi ma’badda 4000 kishi musiqa asboblarini chalgan. (1 Sol. 23:5) Ular zillar, torli asboblar, arfalar va karnaylarda o‘ynagan. (2 Sol. 5:12) Lekin faqatgina ular Yahovaga topinishda musiqadan foydalanmagan. Ko‘plab isroilliklar bayramlarni nishonlash uchun har yili Quddusga borganida yo‘lda Ziyorat qo‘shig‘ini kuylab ketgani ehtimolga yaqin. (Zab. 120–134) Shuningdek, yahudiylarning yozuvlariga ko‘ra, isroilliklar Fisih taomini yeyish paytida Xallel sanolarini a kuylagan.

Musiqa Xudoning xalqi uchun hali ham muhim ahamiyatga ega. (Yoqb. 5:13) Hamdu sano kuylash topinishimizning bir qismidir. (Efes. 5:19) Musiqa bizni imondoshlar bilan birlashtiradi. (Kolos. 3:16) Qiyinchiliklarni boshdan kechirganimizda esa u bizni mustahkamlaydi. (Havor. 16:25) Musiqa Yahovaga bo‘lgan sevgimiz-u imonimizni ko‘rsatishning ajoyib yo‘lidir!

a Yahudiylar 113–118-sanolarni Xallel sanolari deb biladi. Yahovani madh etish uchun bu sanolar kuylangan.