Bilasizmi?
Qadimda qayiq yasashda papirusdan foydalanilganmi?
QADIMGI Misrda papirus asosiy yozuv materiali bo‘lganini ko‘pchilik biladi. Yunonlar va rimliklar papirusda * yozishgan. Ammo papirusdan nafaqat yozuvda, balki qayiq yasashda ham foydalanilganini uncha ko‘p odam bilmaydi.
Asrlar oldin Yeremiyo payg‘ambar midiyaliklar va forslar Bobilni bosib olishini bashorat qilgan. U bobilliklar qochib keta olmasligi uchun ular «papirus qayiqlarga o‘t qo‘yishini» aytgan. (Yerm. 51:32)
Muqaddas Yozuvlar Xudo tomonidan ilhomlantirgan. Shu bois, uni tadqiq qiluvchilar arxeologlar qadimda qayiq yasashda papirusdan foydalanilganini topishganidan hayron qolishmayapti. (2 Tim. 3:16) Qiziq, arxeologlar nimani aniqlashdi? Ular Misrda qayiq yasashda papirus ishlatilganining yaqqol dalilini topishdi.
PAPIRUS QAYIQLAR QAY YO‘SIN YASALGAN?
Misr qabrlaridagi rasmlarda va o‘yma tasvirlarda papirus yig‘ilayotgani va undan qayiqlar yasalayotgan jarayon ko‘rsatilgan. Erkaklar papirus poyalarini o‘rib, ulardan bog‘lamlar yasardi. So‘ng o‘sha bog‘lamlarni o‘zaro mahkamlab chiqardi. Papirus poyalari uchburchak bo‘lgani tufayli poyalar o‘zaro mahkam qilib bog‘lansa, bog‘lamlar ixcham va mustahkam bo‘lardi. Misr tarixi haqidagi bir kitobda aytilishicha, papirus qayiqlarining uzunligi 17 metrdan oshgan va har bir tarafida 10 yo 12 ta eshgak bo‘lgan.
NEGA QAYIQNI YASASHDA PAPIRUSDAN FOYDALANILGAN?
Papirus Nil daryosidagi vodiyda topish mumkin bo‘lgan tayyor xomashyo edi. Qolaversa, papirusdan qayiq yasash nisbatan oson bo‘lgan. Hatto keyinchalik odamlar katta kemalarni yog‘ochdan qurgan bo‘lsa-da, baliqchi va ovchilar sol va kichik qayiqlarni papirusdan yasaganga o‘xshaydi.
Qadimgi papirus qayiqlaridan uzoq vaqt davomida keng qo‘llanilgan. Mil. birinchi va ikkinchi asr orasida yashagan yunon yozuvchisi Plutarxning aytishicha, papirus sollar uning davridagi o‘quvchilarga ham tanish bo‘lgan.
^ 3- x.b. Papirus o‘simligi botqoqliklarda va tinch oqar suvlar bo‘yida yaxshi o‘sadi. Bu o‘simlikning uzunligi taxminan 5 metr, poyasining pastki qismining diametri esa taxminan 15 santimetrgacha yetishi mumkin.