Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Tosh lavhasidagi yozuv: «Yahve Sabaot la’natlagan Xagav o‘g‘li Xagaf»

Bilasizmi?

Bilasizmi?

Qanday qilib qadimgi yozuv Muqaddas Kitobda yozilganlarni tasdiqlamoqda?

IERUSALIMDA Muqaddas Kitobdagi yurtlar muzeyida taxminan mil. avv. 700–600-yillarga mansub bo‘lgan tosh lavhasi bor bo‘lib, unda bir yozuv yozilgan. Bu tosh Isroilning Xevron shahri yaqinidagi bir qabrdan topilgan. Mazkur yozuv quyidagichadir: «Yahve Sabaot la’natlagan Xagav o‘g‘li Xagaf». Xo‘sh, qanday qilib ushbu yozuv Muqaddas Kitobda yozilganlarni tasdiqlamoqda? Bu yozuv, YHVH harflari bilan ifodalangan qadimgi ibroniycha harflardan iborat bo‘lgan Xudoning ismi Yahova qadimgi zamonlarda taniqli bo‘lganini va har kuni qo‘llanilganini ko‘rsatmoqda. Darhaqiqat, qabrlardagi boshqa yozuvlardan o‘sha paytlarda odamlar ular ichida uchrashishganini va yashirinib, Xudoning ismini hamda bu ism tarkibiga kirgan o‘z ismlarini ham devorlarga yozishganini ko‘rish mumkin.

Mazkur yozuvlar borasida Jorjiya universitetidagi doktor Reychel Nabulsi quyidagicha dedi: «Ushbu yozuvlarda YHVH shakli qayta-qayta uchragani e’tiborga loyiq. [...] Bu matn va yozuvlar YHVH Isroil va Yahudo yurtlarida juda muhim bo‘lganini ko‘rsatmoqda». YHVH harflari bilan ifodalangan ibroniycha harflardan iborat bo‘lgan Xudoning ismi Muqaddas Kitobda minglab marotaba uchraydi va unda yozilganlarni tasdiqlaydi. Ko‘pincha, odamlarning ismlari tarkibiga Xudoning ismi kiritilgan edi.

Tosh lavhasidagi «Yahve Sabaot» so‘zlari «Qo‘shinlar Sarvari Yahova» degan ma’noni anglatadi. Aftidan, qadimdagi odamlar nafaqat Xudoning ismini, balki «Qo‘shinlar Sarvari Yahova» iborasini ham tez-tez qo‘llashgan. Bu tosh lavhasi shuningdek, Muqaddas Kitobda, Ibroniycha yozuvlarda 250 dan oshiq marta, asosan, Ishayo, Yeremiyo va Zakariyo yozgan kitoblarda «Qo‘shinlar Sarvari Yahova» iborasi qo‘llanilgani e’tiborga loyiq ekanini tasdiqlayapti.