2-TADQIQ MAQOLASI
«Isoning sevimli shogirdi»dan qanday saboq olsak bo‘ladi?
Bir-birimizni sevishni bas qilmaylik, zero sevgi Xudodandir. 1 YUHAN. 4:7
105-QO‘SHIQ «Allohning O‘zi sevgidir»
BU MAQOLADA *
1. Xudoning sevgisi borasida nimalarni his qilyapsiz?
HAVORIY YUHANNO: «Allohning O‘zi sevgidir»,— deb yozgan edi. (1 Yuhan. 4:8) Mazkur oddiygina so‘zlar bizga muhim bir haqiqatni eslatyapti: hayot Manbai bo‘lmish Xudo, sevgining ham Manbaidir. Yahova bizni sevadi! Uning sevgisi tufayli xavfsizlikni, baxtiyorlikni va mamnuniyatni his etamiz.
2. Matto 22:37–40 da qaysi ikkita muhim amr haqida aytilgan va nega ba’zida ikkinchisiga amal qilish qiyin kechadi?
2 Masihiylar uchun sevgi ko‘rsatish yo ko‘rsatmaslik ixtiyoriy masala emas. Bu amrdir. (Matto 22:37–40 ni o‘qing.) Yahovani yaqindan tanib-bilganimizda, birinchi amrga quloq solish qiyin kechmaydi. Axir Yahova mukammal va biz bilan muomala qilganida, g‘amxo‘rlikni hamda mehrni namoyon etadi. Lekin ikkinchi amrga amal qilish biz uchun qiyin bo‘lishi mumkin. Nega deganda, yonimizdagi yaqinlarimiz — birodar-u opa-singillarimiz nomukammal. Ba’zida ular bizga beparvolik va bemehrlik ila gapirishi yoki biron nima qilishi mumkin. Yahova bunday qiyinchilikka duch kelishimizni bilgan. Shu bois, U Muqaddas Kitobning ayrim yozuvchilarini nega bir-birimizga sevgi ko‘rsatishimiz kerakligi va buni qay yo‘sin qilish borasida aniq maslahatlarni yozishga ilhomlantirgan. Bunday yozuvchilardan biri Yuhanno bo‘lgan. (1 Yuhan. 3:11, 12)
3. Yuhanno nimani ta’kidlagan?
1 Yuhan. 4:10, 11) Ammo Yuhanno buni tushunib-yetishi uchun vaqt kerak bo‘lgan.
3 Yuhanno o‘z bayonotlarida masihiylar bir-biriga nisbatan sevgi ko‘rsatishlari kerakligini ta’kidlagan. Darhaqiqat, Isoning hayoti to‘g‘risidagi bayonotida Yuhanno «sevgi», «muhabbat», «sevgan» so‘zlarini Injilning uchta yozuvchisining hammasidan ko‘proq ishlatgan. Yuhanno Injildagi bayonotini va uchta maktubini yozganida, taxminan yuz yoshda bo‘lgan. Ilohiy ilhom ostida yozilgan bu bayonotlardan shu oshkor bo‘lyaptiki, masihiy qilgan har bir ishda sevgi aks etishi lozim. (4. Yuhanno doim boshqalarga sevgi ko‘rsatganmi?
4 Yuhanno yosh bo‘lganida, sevgini doim ham ko‘rsatmagan. Masalan, bir safar Iso va shogirdlari Samariya orqali Quddusga ketayotgan edi. O‘shanda Samariyaning bir qishlog‘ida yashovchilar ularga mehmondo‘stlik ko‘rsatmadi. Xo‘sh, Yuhanno bunga qanday munosabatda bo‘ldi? U osmondan olov tushib, qishloqning butun aholisini gumdon qilishini taklif qildi. (Luqo 9:52–56) Yana bir safar esa Yuhanno boshqa havoriylarga sevgi ko‘rsatmadi. U va akasi Yoqub onasidan Isoga murojaat qilib, uning Shohligida yuqori mavqega ega bo‘lishlarini so‘rab berishini iltimos qilganga o‘xshaydi. Boshqa havoriylar Yoqub va Yuhannoning qilgan ishidan xabar topgach, achchiqlanishdi. (Mat. 20:20, 21, 24) Lekin Yuhanno bunday xatolar qilganiga qaramay, Iso uni sevgan. (Yuhan. 21:7)
5. Ushbu maqolada nimalarni ko‘rib chiqamiz?
5 Ushbu maqolada Yuhannoning o‘rnagini va u sevgi haqida yozgan ayrim fikrlarni ko‘rib chiqamiz. Buni qilish jarayonida qay yo‘sin birodar-u opa-singillarimizga sevgi ko‘rsatishimiz mumkinligini bilib olamiz. Shuningdek, oila boshi oilasini sevishini ko‘rsata olishining muhim bir yo‘liga diqqat qaratamiz.
SEVGI AMALDA NAMOYON BO‘LADI
6. Yahova bizni sevishini ko‘rsatish uchun nima qildi?
6 Sevgi haqida mehrga to‘la so‘zlarda ifoda bo‘ladigan iliq tuyg‘u sifatida o‘ylaymiz. Lekin chinakam sevgi ishlarda ham namoyon bo‘lishi kerak. (Yoqub 2:17, 26 ni solishtiring.) Masalan, Yahova bizni sevadi. (1 Yuhan. 4:19) U Muqaddas Kitobdagi chiroyli so‘zlar orqali bizga bo‘lgan sevgisini izhor etadi. (Zab. 25:10; Rim. 8:38, 39) Ammo nafaqat Xudoning so‘zlari, balki biz uchun qilayotgan ishlari tufayli ham U bizni sevishiga aminmiz. Yuhanno quyidagicha yozgan: «Tangrining muhabbati bizga shunda oshkor bo‘ldiki, Xudo yagona O‘g‘lini dunyoga yubordi, toki biz u orqali hayotga ega bo‘laylik». (1 Yuhan. 4:9) Yahova suyukli O‘g‘li bizni deb azob chekishiga va o‘lishiga yo‘l qo‘ydi. (Yuhan. 3:16) Yahova bizni sevishiga aslo shubhamiz yo‘q, shunday emasmi?
7. Iso bizni sevishini isbotlash uchun nima qilgan?
Yuhan. 13:1; 15:15) Iso ularni va bizni qanchalik qattiq sevishini so‘zlari bilangina emas, qilgan ishlari bilan ham namoyon etgan. «Kim o‘z do‘stlari uchun jonini bersa, bundan buyukroq sevgi yo‘qdir»,— deb aytgan Iso. (Yuhan. 15:13) Yahova hamda Iso biz uchun nimalar qilgani to‘g‘risida o‘ylaganimizda, bu bizni nima qilishga undashi kerak?
7 Iso shogirdlarini ularni sevishiga ishontirgan. (8. Yuhannoning birinchi maktubi 3:18 ga ko‘ra, nima qilishimiz kerak?
8 Yahova hamda Isoga itoatli bo‘lib ularni sevishimizni isbotlaymiz. (Yuhan. 14:15; 1 Yuhan. 5:3) Iso aniq qilib bir-birimizni sevishni amr etgan. (Yuhan. 13:34, 35) Birodar-u opa-singillarimizni sevishimizni nafaqat so‘zlarda izhor etishimiz, balki ishlarimizda ham ko‘rsatishimiz lozim. (1 Yuhanno 3:18 ni o‘qing.) Xo‘sh, ularni sevishimizni ko‘rsatish uchun aynan nimalar qilsak bo‘ladi?
IMONDOSHLARNI SEVING
9. Sevgi Yuhannoni nima qilishga undadi?
9 Yuhanno otasi bilan qolishi va oilaviy biznesi bo‘lgan baliqchilik bilan shug‘ullanib, pul ishlashi mumkin edi. Ammo u qolgan butun umrini boshqalarga Yahova hamda Iso to‘g‘risidagi haqiqatni bilib olishga ko‘maklashish uchun bag‘ishladi. Yuhanno tanlagan hayot yo‘li oson emasdi. U ta’qiblardan azob chekdi va birinchi asrning oxirlarida — keksa bo‘lganida — qamoqqa tashlandi. (Havor. 3:1; 4:1–3; 5:18; Vah. 1:9) Garchi Iso to‘g‘risida va’z qilgani uchun qamalgan bo‘lsa-da, Yuhanno boshqalar haqida qayg‘urayotganini ko‘rsatgan. Misol uchun, u Patmos orolida bo‘lganida, Vahiy kitobini yozadi va jamoatlar «yaqinda yuz beradigan voqealar»dan xabardor bo‘lishi uchun uni ularga yuboradi. (Vah. 1:1) So‘ng Yuhanno, ehtimol, Patmos orolida ozodlikka chiqqach, Isoning hayoti va xizmati to‘g‘risidagi bayonotni yozdi. Bundan tashqari, u birodar-u opa-singillariga dalda berish va ularni mustahkamlash uchun uchta maktub yo‘lladi. Yuhanno fidoyi hayot tarzini olib borganiga qanday taqlid qila olasiz?
10. Odamlarni sevishingizni qay yo‘sin isbotlay olasiz?
10 Qanday hayot yo‘lini tanlash orqali odamlarni sevishingizni isbotlay olasiz. Shaytonning zamonasi butun vaqtingiz-u kuchingizni o‘zingiz uchun sarflab, pul topishingizni yoki nom qozonishingizni istaydi. Bundan farqli ravishda, dunyo bo‘ylab fidoyi va’zgo‘ylar xushxabarni e’lon qilish va odamlarga Yahovaga yaqinlashishga ko‘maklashish maqsadida imkon boricha ko‘p vaqtini sarflaydi. Ulardan ba’zilari hatto to‘la vaqt va’z qilib, ta’lim bera olyapti.
11. Ko‘pgina sadoqatli va’zgo‘ylar Yahovani hamda imondoshlarini sevishini qay yo‘sin isbotlamoqda?
11 Ko‘pgina masihiylar o‘zi va oilasini ta’minlash uchun kun bo‘yi ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ammo bu sadoqatli va’zgo‘ylar Xudoning tashkilotini iloji boricha qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, ba’zilar tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarga ko‘maklashish ishida qatnashadi, boshqalar qurilish loyihalarida ishtirok etadi va barchada umumjahon faoliyatimizga xayr-ehson qilish imkoniyati bor. Ular Xudoni va yaqinini sevgani uchun bu ishlarni qiladi. Har hafta jamoat yig‘ilishlariga qatnab va ularda ishtirok etib, birodar-u opa-singillarimizni sevishimizni isbotlaymiz. Hatto charchagan bo‘lsak ham uchrashuvlarni qoldirmaymiz. Hayajonlansak ham sharh beramiz. Shuningdek, barchamizda muammolar bo‘lishiga qaramay, yig‘ilishdan oldin yoki keyin bir-birimizga dalda beramiz. (Ibron. 10:24, 25) Darhaqiqat, qadrli imondoshlarimizning mehnati uchun juda minnatdormiz!
12. Yuhanno yana qaysi yo‘l orqali imondoshlariga bo‘lgan sevgisini ko‘rsatgan?
1 Yuhan. 1:8–2:1, 13, 14) Shu singari, biz ham imondoshlarimizni qilayotgan yaxshi ishlari uchun maqtashimiz lozim. Ammo kimdadir noto‘g‘ri nuqtai nazar yoki odat rivojlanayotgan bo‘lsa, bu haqida unga aytib, sevgimizni ko‘rsata olamiz. Do‘stimizga maslahat berish uchun jasorat kerak, lekin Muqaddas Kitobda aytilishicha, haqiqiy do‘stlar bir-birini o‘tkirlaydi, ya’ni to‘g‘rilaydi. (Hik. 27:17)
12 Maqtash bilan birga imondoshlariga maslahat berib, Yuhanno ularni sevishini ko‘rsatgan. Masalan, u maktublarida birodar-u opa-singillarini imoni va yaxshiliklari uchun maqtagan hamda gunoh borasida ularga jiddiy maslahat ham bergan. (13. Nimadan qochishimiz kerak?
13 Ba’zida muayyan narsalardan qochib birodar-u opa-singillarimizga bo‘lgan sevgimizni ko‘rsatamiz. Misol uchun, ularning so‘zlariga darrov xafa bo‘lmaymiz. Isoning yer yuzidagi hayotining so‘ngida yuz bergan bir voqea to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. U shogirdlariga hayotga ega bo‘lishlari uchun uning tanasini yeyishlari va qonini ichishlari kerakligini aytgan. (Yuhan. 6:53–57) Ko‘pgina shogirdlar bu so‘zlardan shunchalik hayron qolganki, hatto uni tark etgan. Biroq haqiqiy do‘stlari, jumladan, Yuhanno bunday yo‘l tutmagan. Ular sadoqat ila Iso bilan qolgan. Ular Isoning aytganlarini tushunmagan va, ehtimol, bundan hayron qolgandir. Ammo Isoning sadoqatli do‘stlari uning aytganlari noto‘g‘ri, deb xulosa qilmagan va ulardan ranjimagan. Aksincha, ular Iso haqiqatni gapirishini bilgani uchun unga ishongan. (Yuhan. 6:60, 66–69) Darhaqiqat, do‘stlarimizning gaplaridan darrov xafa bo‘lmasligimiz naqadar muhim! Buning o‘rniga, ular nimani nazarda tutganini tushuntirishlariga imkon beramiz. (Hik. 18:13; Voiz 7:9)
14. Nima uchun nafrat qalbimizda in qurishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak?
14 Shuningdek, Yuhanno bizni birodar-u opa-singillarimizdan nafratlanmaslikka undagan. Bu maslahatga quloq solmasak, Shayton bizni o‘z nog‘orasiga o‘ynatishi mumkin. (1 Yuhan. 2:11; 3:15) Mil. birinchi asrning oxirida bu ba’zilar bilan yuz bergan. Shayton Xudoning xalqi orasida nafrat urug‘larini sochish va bo‘linishlar hosil qilish uchun zo‘r berib harakat qilgan. Yuhanno o‘z maktublarini yozgan paytga kelib, Shayton kabi ruhiyatga ega bo‘lganlar jamoatning bir qismiga aylangan edi. Masalan, Diotref bir jamoatda bo‘linishlar yuzaga kelishiga sababchi bo‘layotgandi. (3 Yuhan. ) U yetakchi kengashning ko‘chma vakillariga hurmatsizlik ko‘rsatgan. Diotref hatto unga yoqmaydigan kishilarga mehmondo‘stlik ko‘rsatganlarni jamoatdan haydashga uringan. U takabburlarcha yo‘l tutgan! Shayton bugungi kunda ham Xudoning xalqi orasida bo‘linishlar hosil qilish va ularni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tinmay harakat qilyapti. Nafrat tufayli oramizda bo‘linishlar yuz berishiga aslo yo‘l qo‘ymaylik. 9, 10
OILANGIZNI SEVING
15. Oila boshi nimani unutmasligi kerak?
15 Oila boshi oila a’zolarini sevishini ko‘rsatishining muhim yo‘llaridan biri — ularning jismoniy ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilish. (1 Tim. 5:8) Biroq u shuni unutmasligi kerakki, jismoniy narsalar oila a’zolarining ma’naviy ehtiyojlarini qondira olmaydi. (Mat. 5:3) Iso oila boshilariga qanday o‘rnak qoldirganiga e’tibor bering. Yuhannoning bayonotiga ko‘ra, Iso azob ustunida o‘layotganida ham, oilasi haqida o‘ylagan. Iso qatl qilingan joyda Yuhanno va Isoning onasi Maryam turgan edi. Iso kuchli og‘riqni his qilayotgan bo‘lsa-da, Yuhannodan Maryamga g‘amxo‘rlik qilishni so‘ragan. (Yuhan. 19:26, 27) Unga g‘amxo‘rlik qilish uchun Isoning uka-singillari bor edi, lekin o‘sha paytda ular hali uning shogirdlari bo‘lmaganga o‘xshaydi. Shu sababli, Iso onasining ham jismoniy, ham ma’naviy ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilinishiga amin bo‘lishni istagan.
16. Yuhannoning zimmasida qanday mas’uliyatlar bor edi?
16 Yuhannoning zimmasida jiddiy mas’uliyatlar bor edi. Havoriylardan biri sifatida u va’zgo‘ylik ishida yetakchilik qilgan. U uylangan bo‘lishi mumkin. Shu bois, oilasining jismoniy va ma’naviy ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilish o‘rtasida muvozanatni saqlashi kerak bo‘lgan. (1 Kor. 9:5) Xo‘sh, oila boshilari bundan qanday saboq olishi mumkin?
17. Oila boshi oila a’zolarining ma’naviy ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilishi nima uchun muhim?
17 Oila boshi bo‘lgan birodarning zimmasida bir nechta jiddiy mas’uliyat bo‘lishi mumkin. Masalan, xulq-atvori Yahovaga sharaf keltirishi uchun u sidqidildan ishlashi kerak. (Efes. 6:5, 6; Titus. 2:9, 10) Bundan tashqari, u cho‘ponlik hamda va’zgo‘ylik ishida yetakchilik qilish kabi jamoatda mas’uliyatlarga egadir. Shu bilan birga u turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan muntazam ravishda Muqaddas Kitobni tadqiq qilishi muhim. Oila a’zolari u ularning jismoniy, hissiy va ma’naviy sog‘ligiga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qilayotgan harakatlari uchun juda minnatdor bo‘ladi. (Efes. 5:28, 29; 6:4)
«MENING SEVGIMDAN AYRILMAYSIZ»
18. Yuhanno nimaga amin bo‘lgan?
18 Yuhanno uzoq va sarguzashtga boy umr ko‘rgan. U imonini zaiflashtirishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina turli qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Lekin u Isoning amrlariga, jumladan, birodar-u opa-singillarini sevish amriga bo‘ysunish uchun doim jon kuydirgan. Bu tufayli u Yahova hamda Iso uni sevishlariga va har qanday qiyinchilikni yengishi uchun unga kuch ato etishlariga amin bo‘lgan. (Yuhan. 14:15–17; 15:10; 1 Yuhan. 4:16) Shayton yoki uning dunyosi Yuhannoga birodar-u opa-singillarini sevishiga va buni so‘zlari-yu ishlari orqali namoyon etishiga to‘sqinlik qila olmagan.
19. Yuhannoning birinchi maktubi 4:7 dagi so‘zlar bizni nima qilishga undayapti va nega?
19 Yuhanno singari biz ham Shayton boshqarayotgan dunyoda yashayapmiz. U hech kimni sevmaydi. (1 Yuhan. 3:1, 10) Garchi Shayton birodar-u opa-singillarimizga bo‘lgan sevgimizni so‘ndirishga urinsa-da, agar bunga o‘zimiz yo‘l qo‘ymasak, u hech nima qila olmaydi. Iloyim, imondoshlarimizni sevish, buni so‘zlarda izhor etish va amalga ko‘rsatish qarorimiz qat’iy bo‘lsin. Shunda Yahovaning oilasiga tegishli bo‘lishdan mamnuniyat his qilib, juda baxtiyor bo‘lamiz. (1 Yuhanno 4:7 ni o‘qing.)
88-QO‘SHIQ Ochib ber menga yo‘llaringni
^ 5- x.b. Havoriy Yuhanno «Isoning sevimli shogirdi» bo‘lgan, deb hisoblanadi. (Yuhan. 21:7) U yosh bo‘lganiga qaramay, ko‘pgina ajoyib fazilatlarga ega bo‘lganga o‘xshaydi. Yillar o‘tib, Yahova sevgi haqida batafsil ma’lumot berish uchun undan foydalangan. Bu maqolada Yuhannoning bayonotlaridan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz va uning o‘rnagidan qanday saboq olishimiz mumkinligiga diqqat qaratamiz.
^ 59- x.b. RASMGA SHARH. Band bo‘lgan oila boshi tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarga ko‘maklashish ishida qatnashyapti, xayr-ehsonlari bilan umumjahon faoliyatimizni qo‘llab-quvvatlayapti, boshqalarni taklif qilib, oilasi bilan birga oilaviy topinish o‘tkazyapti.