Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Tavsiya

Tavsiya

Imondoshlarning tarjimai holini o‘qish sizga yoqadimi?

Har kuni ertalab bitta tarjimai holni o‘qiydigan bir juftlik shunday dedi: «Bunday maqolalarni o‘qish juda daldali! Ular biz ham turli vaziyatlarda sodiq bo‘lib qolishimiz mumkinligini eslatadi». Yana bir opamiz quyidagicha yozdi: «Bu tarjimai hollar tasalli berib, harakatga undaydi va qalbga ta’sir qiladi. Imondoshlarimizning hayoti mazmunga boy. Ularning hikoyalari xizmatda ko‘proq qilishga chorlab, bolalarimga ham to‘la vaqtli xizmatni tanlashga yordam berishga hissa qo‘shyapti».

Tarjimai hollar sizni ham Yahovaga ko‘proq xizmat qilishga, kamchiliklarni yaxshilashga va shiddatli qiyinchiliklarni quvonch ila yengishga ko‘maklashishi mumkin. Bu maqolalarni qayerdan topa olasiz?

  • «Onlayn kutubxona», «Elektron kutubxona» yoki jw.org saytida tarjimai hollarni izlang.