TAVSIYA
Shaxsiy tadqiq va oilaviy topinish uchun tavsiyalar
Biz Yahovaga nafaqat boshqalar bilan birga yig‘ilish va anjumanlarda bo‘lganimizda topinamiz, balki shaxsan o‘zimiz hamda oilamiz bilan birga shunday qilamiz. Quyida shaxsiy tadqiqda va oilaviy topinishingizda ko‘rib chiqishingiz mumkin bo‘lgan ayrim tavsiyalar keltirilgan:
-
Yig‘ilishlarga tayyorlaning. Shuningdek, hamdu sano qo‘shiqlarimizni mashq qilishingiz va barcha oila a’zolaringizga sharh tayyorlashga yordam berishingiz mumkin.
-
Muqaddas Kitobdagi bayonotlarni o‘qing. So‘ng o‘sha bayonotdagi biron voqea bo‘yicha rasm chizing yoki bilib olgan biron ma’lumotni yozib qo‘ying.
-
Muqaddas Kitobda tilga olingan ibodatlarni o‘qing va ular ibodatlaringizni yaxshilashda qanday yordam berishini ko‘rib chiqing.
-
jw.org saytidagi videoni tomosha qiling, keyin uni boshqalar bilan muhokama qiling yoki yoqqan fikrlarni yozib qo‘ying.
-
Xizmatga tayyorgarlik ko‘ring. Va’z qilishni mashq qilib ko‘rishingiz mumkin.
-
Ijodlarni kuzatib, ular ustida fikr yuriting yoki ular orqali Yahova haqida nimalarni bilib olganingizni muhokama qiling a.
a «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining 2023-yil mart sonidagi «Yahovani ijodlari orqali yaxshiroq tanib-biling» nomli maqolaga qarang.