Umid baxsh etuvchi ta’limotlar
Xudo yaqin kelajakda ajoyib o‘zgarishlar qilishni va’da beryapti. U azob-uqubatlarga chek qo‘yib, insonlar yer yuzida baxtli yashashiga imkon yaratadi. (Zabur 37:11) Nega bu va’daga ishonishimiz mumkin? Chunki «Alloh inson emaski yolg‘on gapirsa». (Sahroda 23:19) Keling, Yaratuvchimiz amalga oshiradigan ba’zi ishlarni ko‘rib chiqaylik.
Xudo yovuz odamlarni yo‘q qiladi
«Yovuzlarning maysa kabi o‘sib ketishi, yomonlik qiluvchilarning gullab-yashnashi — abadiy yo‘q bo‘lib ketishi uchundir». (ZABUR 92:7)
O‘tgan maqolada bilib olganimizdek, yovuzlik tobora avjiga chiqadi. Biz bundan hayron qolmaymiz, chunki Muqaddas Kitobda «oxirzamon» paytida odamlar nihoyatda yovuzlashib ketishi bashorat qilingandi. (2 Timo‘tiyga 3:1–5) «Oxirzamon» deganda, Xudoga itoat etishni istamaydigan odamlardan iborat hozirgi dunyoning oxirgi kunlari nazarda tutiladi. Yaqinda Xudo yomon yo‘ldan qaytishni xohlamaydiganlarni yo‘q qiladi. O‘shanda yer yuzida faqat Xudoga itoat etadigan yaxshi insonlar yashaydi. «Odil kishilar yer yuziga egalik qiladi, ular yerda abadiy yashaydi». (Zabur 37:29)
Alloh Shaytonni yakson qiladi
Xudo Shaytonni ezib tashlaydi. (RIMLIKLARGA 16:20)
Shayton, jinlar va barcha yovuz odamlar yo‘q qilingach, yer yuzida tinchlik o‘rnatiladi. Yaratuvchimiz: Mixo 4:4)
«[Sizni] hech kim dahshatga solmaydi»,— deb va’da beryapti. (Xudo kasalliklar-u o‘limga chek qo‘yadi
«O‘shanda Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi. O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi. Zero avvalgilar o‘tib ketdi». (VAHIY 21:4)
Alloh Shayton, Odamato, Momohavo va nomukammalligimiz keltirgan zararni qoplab, azob-uqubatlar-u kasalliklarga chek qo‘yadi. Natijada «o‘lim... boshqa bo‘lmaydi». Parvardigorimizni yaxshi ko‘radigan va Unga itoat qiladigan odamlar abadiy yashaydi. Qiziq, ular qayerda yashaydi?
Alloh yer yuzini jannatga aylantiradi
«Sahro va qaqragan yer quvonadi, dasht-biyobon shodlanib, za’faron kabi gullaydi». (ISHAYO 35:1)
Xudo yovuzlikni yo‘q qilganida, yer yuzi jannatga aylanadi. Jannatda ko‘p go‘zal bog‘-u rog‘lar bo‘ladi va yer mo‘l-ko‘l hosil beradi. (Zabur 72:16) Okeanlar, ko‘llar hamda daryolar toza bo‘ladi va ularda hayot qaynaydi. «Ifloslanish» so‘zi hatto hech kimning xayoliga ham kelmaydi. Odamlar o‘zlari uchun uylar qurib, ularda yashashadi. O‘shanda uysiz, och va kambag‘al odamlar boshqa bo‘lmaydi. (Ishayo 65:21, 22)
Xudo o‘lgan insonlarni hayotga qaytaradi
«Odamlarning tirilishiga ishonib, Xudoga umid bog‘layman». (HAVORIYLAR 24:15)
O‘lgan yaqinlaringizni yana ko‘rishni istaysizmi? Qodir Tangri yer yuzidagi jannatda ularni hayotga qaytaradi, ya’ni tiriltiradi. Siz ularni, ular esa sizni taniy olishadi. Bu sizlarga qanchalik quvonch keltirishini tasavvur qiling! Nega bular amalga oshishiga ishonishimiz mumkin? Chunki Muqaddas Kitobda tirilib, o‘z oilasi bilan birlashgan kattalar va bolalarning misollari yozilgan. Masalan, Iso payg‘ambar o‘lgan insonlarni tiriltirgan va odatda ko‘p odamlar buning guvohi bo‘lishgan. (Luqo 8:49–56; Yuhanno 11:11–14, 38–44)