UYG‘ONING! No. 1 2022
Dunyodagi ahvol yomonlashib borgani sayin, tabiiy ofatlar va odamlar dastidan paydo bo‘layotgan muammolar ko‘pchiligimizga azob keltirayotganini ko‘ryapmiz. Bunday qiyinchiliklarni yengish hamda o‘zingiz va yaqinlaringizga ularning ta’sirini kamaytirish uchun nima qilishingiz mumkinligini bilib oling.
Alg‘ov-dalg‘ov dunyoda muammolarni qanday yengishingiz mumkin?
Dahshatli voqea yuz berganda o‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qilish uchun zudlik bilan chora ko‘ring.
1 Sog‘lig‘ingizni asrang
Sog‘lig‘ingizni asrasangiz, qiyinchiliklarni yengish osonroq bo‘ladi.
2 Pulingizni tejang va bor narsalaringizni saqlang
Puldan donolik ila foydalansangiz, inqiroz paytida unchalik qiynalmaysiz.
3 Yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlang
Turmush o‘rtog‘ingiz, do‘stlaringiz va farzandlaringiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlashga yordam beradigan foydali maslahatlarni ko‘rib chiqing.
4 Umidingizni mahkam ushlang
Muqaddas Kitob hozirgi muammolarimiz bilan kurashishga yordam beradi va kelajakka umid baxsh etadi.
«Uyg‘oning!» jurnalining ushbu sonida
Dunyo alg‘ov-dalg‘ov bo‘layotgani dastidan odamlar ko‘p muammolarga duch kelishyapti. Siz va oilangizga ularni yengishga yordam beradigan maqolalarni o‘qing.