Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Insonning o‘ziga bo‘lgan hurmati

Insonning o‘ziga bo‘lgan hurmati

NEGA O‘ZINGIZNI HURMAT QILISH MUHIM?

O‘zini hurmat qiladigan insonlar hayotdagi qiyinchiliklarga bardosh qila oladi. Ular osonlikcha taslim bo‘lmaydi.

  • Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘ziga nisbatan salbiy fikrda bo‘lgan odamlarda xavotirlanish, depressiyaga tushish va ovqatlanishning buzilishi kabi holatlar ko‘proq kuzatiladi. Bunday insonlar spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni suiiste’mol qilishga moyilroq bo‘ladi.

  • O‘zini hurmat qiladigan odamlar o‘zini boshqalar bilan solishtirishdan qochadi. Bu tufayli ularga atrofidagilar bilan til topishish va qalin do‘stona munosabatlarni rivojlantirish osonroq kechadi. O‘zini kamroq hurmat qiladigan odamlarga kelsak, ular birovni tanqid qilishga moyilroq bo‘ladi. Bu esa ularning orasidagi munosabatlarni barbod qilishi mumkin.

  • O‘zini hurmat qiladigan insonlar hatto qiyinchiliklar paytida ham bo‘shashmaydi va mag‘lubiyatlar ularni maqsadlariga erishishdan to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘zini kamroq hurmat qiladigan odamlarga kelsak, odatda ular uchun kichkinagina muvaffaqiyatsizlik ham kattadek ko‘rinadi. Bu esa ular osonlikcha taslim bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

NIMA QILISHINGIZ MUMKIN?

Ruhingizni ko‘taradigan do‘stlarni tanlang. O‘zgalarni hurmat qiladigan, siz uchun astoydil qayg‘uradigan hamda ruhingizni ko‘taradigan odamlar bilan muloqot qiling.

«Chin do‘st hamma vaqt sevadi, og‘ir damda birodariga tayanch bo‘ladi». (Hikmatlar 17:17)

Boshqalarga yordam bering. Mehribon bo‘lsangiz va boshqalar uchun nimadir qilsangiz, hatto ulardan ayrimlari yaxshiliklaringizni qaytara olishmasa yoki ularni payqashmasa ham, chinakam baxtiyorlikni va qadrli ekaningizni his qilasiz.

«Olishdan ko‘ra berishning baxtiyorligi katta». (Havoriylar 20:35)

Farzandlaringizga o‘ziga nisbatan hurmatni rivojlantirishga ko‘maklashing. Buning yo‘llaridan biri — farzandlaringizning chegaralangan imkoniyatlari, qobiliyatlari va yoshini inobatga olgan holda muammolarini o‘zlari yechishlariga yo‘l qo‘yib berishdir. Bu orqali farzandlar muammolarni yechishni o‘rganadi. Shu yo‘sin ular ulg‘ayishganda ham o‘zlarini hurmat qiladigan bo‘lishadi.

«Bolani tarbiyalab, to‘g‘ri yo‘lga sol, hatto ulg‘ayganda ham undan og‘maydi». (Hikmatlar 22:6)

YAHOVANING SHOHIDLARI NIMALAR QILISHADI?

Yahova Shohidlarining jamoat uchrashuvlari va Muqaddas Kitobni tadqiq qilish dasturi odamlarning hayotiga ijobiy ta’sir o‘tkazyapti va o‘zlarini hurmat qilishga ko‘maklashyapti.

HAR HAFTA O‘TADIGAN JAMOAT UCHRASHUVLARIMIZ

Har hafta o‘tadigan uchrashuvlarimizda Muqaddas Kitobga asoslangan nutqlarni eshitamiz. Ko‘pincha bu nutqlarda o‘zimizga nisbatan hurmatni qanday rivojlantirishimiz mumkinligi borasida maslahatlar yoritib beriladi. Uchrashuvlarimizga kirish bepul va ularga istagan kishi kelishi mumkin. Uchrashuvlarimizda quyidagilarni bilib olsangiz bo‘ladi:

  • nega Xudo uchun qadrli ekaningizni

  • qanday qilib hayotning asl mazmunini topish mumkinligini

  • qalin va abadiy do‘stlarga qanday ega bo‘lishni

Shuningdek, uchrashuvlarimizda «bir-biri haqida qayg‘ur[adigan]» chinakam do‘stlarni orttirishingiz mumkin. (1 Korinfliklarga 12:25, 26)

Uchrashuvlarimiz haqida ko‘proq bilib olish uchun jw.org saytidagi «Yig‘ilish zalida nimalar bo‘ladi?» nomli qisqa videoni tomosha qiling.

MUQADDAS KITOBNI TADQIQ QILISH DASTURIMIZ

Biz odamlarga «Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobi yordamida Muqaddas Kitob asosida jonli suhbatlar qurishni bepul taklif qilyapmiz. Ushbu adabiyotda Muqaddas Kitobdagi amaliy prinsiplar va ko‘plab qiziqarli videolar keltirilgan. Ular suhbat davomida savollar asosida muhokama qilinadi. Muqaddas Kitobni tadqiq qilish dasturimiz odamlarga o‘zlariga nisbatan hurmatni rivojlantirishga ko‘maklashyapti va ularning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti.

Yahovaning Shohidlari bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilish sizga qanday foyda keltirishi mumkinligini bilish uchun jw.org saytidagi «Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish kerak?» nomli qisqa videoni tomosha qiling.