Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Oila a’zolariga bo‘lgan hurmat

Oila a’zolariga bo‘lgan hurmat

NEGA OILA A’ZOLARI BIR-BIRINI HURMAT QILISHI MUHIM?

Oila a’zolari bir-birini hurmat qilishsa, oilada tinchlik hukm suradi.

  • Bir kitobda yozilishicha, bir-birini hurmat qiladigan turmush o‘rtoqlar «har kuni nafaqat katta, balki kichik narsalar orqali ham» bir-birini yaxshi ko‘rishini ko‘rsatishadi. («The Seven Principles for Making Marriage Work»)

  • Tadqiqotlarga ko‘ra, boshqalarni hurmat qilishni o‘rgangan bolalar o‘zini ko‘proq hurmat qiladi, ota-onasi bilan yaxshiroq munosabatda bo‘ladi va ularda hissiy hamda ruhiy muammolarga duch kelish ehtimoli kamroq bo‘ladi.

NIMA QILISHINGIZ MUMKIN?

Oila a’zolaringiz bilan birga reja tuzing. Birinchidan, oilaning har bir a’zosi hurmat ko‘rsatish nimani anglatishini tushunishiga amin bo‘ling. Ikkinchidan, oila a’zolaringiz o‘zlarini qanday tutishi va qanday tutmasligini xohlayotganingizni yozib chiqing. Uchinchidan, bularni oilangiz bilan muhokama qiling, shunda oilaning har bir a’zosi bir-biriga hurmat ko‘rsatish uchun nima qila olishini biladi.

«Tirishqoqning rejalari muvaffaqiyat keltiradi». (Hikmatlar 21:5)

O‘rnak ko‘rsating. O‘zingizni qanday tutayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Oila a’zolaringizni kamchiliklari uchun tanqid qilasizmi? Fikr bildirishganda ularning ustidan kulasizmi? Ular sizga gapirishganda gaplarini e’tiborsiz qoldirasizmi yoki bo‘lib qo‘yasizmi?

Maslahat. Turmush o‘rtog‘ingizni va bolalaringizni hurmatga loyiq yoki noloyiq deb bilishingizdan qat’i nazar, ularga hurmat ko‘rsating.

«Bir-biringizni hurmat qilishda tashabbus ko‘rsatinglar». (Rimliklarga 12:10)

Oila a’zoingizning gapidan yoki xatti-harakatidan norozi bo‘lsangiz ham, unga hurmat ila gapiring. Fikringizni bildirganingizda «sen/siz doim» yoki «sen/siz hech qachon» kabi so‘zlardan qoching. Bunday so‘zlar oila a’zoingizning dilini og‘ritib qo‘yishi va kichik kelishmovchilikni katta mojaroga aylantirishi hech gap emas.

«Muloyim javob g‘azabni qaytaradi, qattiq so‘z esa jahlni chiqaradi». (Hikmatlar 15:1)

YAHOVANING SHOHIDLARI NIMALAR QILISHADI?

Yahovaning Shohidlari har bir oilaning a’zosini bir-biriga nisbatan hurmat ila munosabatda bo‘lishga undashadi. Ular bu mavzuni jw.org saytida bepul taqdim etilgan maqolalar, kitoblar, risolalar va videolarda tez-tez yoritib turishadi.

TURMUSH QURGAN JUFTLIKLAR UCHUN. «Nikoh va oila» turkumi erlar va xotinlarga quyidagi masalalarda yordam berishi mumkin:

  • hamkorlikda ish tutishda

  • sevgi ko‘rsatishda

  • kechirimli bo‘lishni o‘rganishda

(jw.org saytida «Izlash» satriga «Nikoh» so‘zini yozing.)

OTA-ONALAR UCHUN. «Nikoh va oila» turkumi ota-onalarga quyidagi masalalarda farzandlariga ta’lim berishda ko‘maklashishi mumkin:

  • yuqori axloqiy qadriyatlarga amal qilishda

  • mas’uliyatli bo‘lishda

  • o‘zini tuta bilishda

(jw.org saytida «Izlash» satriga «Bola tarbiyasi» va «O‘smir tarbiyasi» deb yozing.)

Shuningdek, «Uyg‘oning!» jurnalining 2018-yili chiqqan «Oilaviy baxtning 12 ta siri» nomli 2-soniga qarang.

YOSHLAR UCHUN. jw.org saytidagi «O‘smirlar va yoshlar» turkumi ostidagi maqolalar, videolar va sxemalar yoshlarga quyidagi masalalarda yordam berishi mumkin:

  • ota-ona bilan ular o‘rnatgan qonun-qoidalar haqida hurmat ila gaplashishda

  • ota-onaning ishonchini qozonishda

(jw.org saytida «Izlash» satriga «O‘smirlar va yoshlar» deb yozing.)

jw.org veb-saytidan bepul foydalanishingiz mumkin. Buning uchun sizdan to‘lov qilish, obuna yoki a’zo bo‘lish talab etilmaydi va shaxsiy ma’lumotlarni kiritish so‘ralmaydi.