Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Elektron qurilmalarning ta’siri. Nikohga

Elektron qurilmalarning ta’siri. Nikohga

Elektron qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish er-u xotinga nikoh rishtalarini mustahkamlashga yordam berishi mumkin. Masalan, elektron qurilmalar tufayli ular bir-biri bilan kun mobaynida muloqot qila olishadi.

Ammo ba’zi turmush o‘rtoqlar elektron qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanadi. Buning dastidan ular...

  • bir-biri bilan kamroq vaqt o‘tkazadi.

  • zarurat bo‘lmasa ham, ishdagi vazifalarini uyda bajaradi.

  • bir-biriga ishonmay qo‘yadi va hatto xiyonat qiladi.

NIMANI BILISHINGIZ KERAK?

BIRGA O‘TKAZILADIGAN VAQT

Maykl ismli kishi shunday bo‘lishdi: «Ba’zida xotinim bilan bir xonada bo‘lsak-da, u menga parvo ham qilmaydi. Telefoni qo‘lidan tushmaydi va menga: “Telefonimni tekshirishga mana endi vaqt topildi”,— deb aytadi». Jonatan ismli kishining so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatlarda «er-u xotin jismonan bir joyda, xayolan esa bir-biridan uzoqda bo‘ladi».

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING. Qanchalik tez-tez telefon qo‘ng‘irog‘i, SMS yoki elektron xabar turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan qimmatbaho vaqtni o‘g‘irlaydi? (EFESLIKLARGA 5:33)

ISH

Ayrimlar shunday ishda ishlaydiki, uyda bo‘lishganida ham telefon qo‘ng‘iroqlari va elektron xatlarga javob berishlari kerak. Boshqalar esa ishi buni talab qilmasa-da, uyda ishlash uchun haddan tashqari ko‘p vaqt sarflashadi. Li ismli bir kishi shuni tan oldi: «Rafiqam bilan vaqt o‘tkazayotganda ishim bilan bog‘liq qo‘ng‘iroqlar yoki SMSlarni tekshirmaslik men uchun juda qiyin». Joy ismli ayol esa: «Uyda ishlaganim sababli ishni qachon to‘xtatishni aniqlash oson emas. Muvozanatli bo‘lish uchun ko‘p harakat qilishim kerak»,— deb bo‘lishdi.

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING. Turmush o‘rtog‘ingiz sizga nimanidir gapirayotganida uni diqqat bilan tinglaysizmi? (LUQO 8:18)

SADOQAT

Bir so‘rovga ko‘ra, turmush o‘rtoqlar orasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablaridan biri — ijtimoiy tarmoqlardir. So‘rovda qatnashganlarning o‘n foizi shuni tan oldiki, ular umr yo‘ldoshidan yashirincha Internetga qandaydir ma’lumotni joylashtirishgan.

Ko‘p odamlarning fikricha, «ijtimoiy tarmoqlar turmush qurganlar uchun o‘ta xavfli bo‘lib, hatto zinoga yetaklashi mumkin». Huquqshunoslar ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab ajralishlarga sabab bo‘layotganini aytishmoqda.

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING. O‘zga jinsdagi inson bilan yozishayotganingizni umr yo‘ldoshingizdan yashirasizmi? (HIKMATLAR 4:23)

NIMA QILISHINGIZ MUMKIN?

USTUVOR NARSALARNI ANIQLANG

Vaqtida ovqatlanmaydigan inson sog‘lom bo‘la olmaydi. Shu singari, turmush o‘rtog‘i bilan yetarlicha vaqt o‘tkazmaydigan odam nikohda sog‘lom munosabatlarni rivojlantirishi amrimahol. (Efesliklarga 5:28, 29)

MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIP: «Qaysi narsalar muhimroq ekanini farqlang». (FILIPPILIKLARGA 1:10)

Siz qo‘llamoqchi bo‘lgan maslahatlarni turmush o‘rtog‘ingiz bilan muhokama qiling yoki o‘z fikrlaringizni yozib qo‘ying.

  • Hech bo‘lmaganda kuniga bir mahal birga ovqatlanish

  • Elektron qurilmalardan foydalanmaydigan muayyan paytni belgilash

  • Birgalikda maroqli vaqt o‘tkazish yoki ikkovingizga ham yoqadigan nimadir qilish

  • Elektron qurilmalarni uxlaydigan joydan nariroqqa qo‘yish

  • Elektron qurilmalarni bir chetga olib qo‘yib, turmush o‘rtog‘ingiz bilan kuniga hech bo‘lmaganda 15 daqiqa suhbatlashish

  • Har kuni muayyan paytda Internetni o‘chirib qo‘yish