Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Jismoniy sog‘liq

Jismoniy sog‘liq

Muqaddas Kitob tibbiy qo‘llanma emas. Biroq u bizni sog‘lom hayot tarzini olib borishga undamoqda. Keling, sog‘ligingizni yaxshilashga ko‘maklashadigan Muqaddas Kitobdagi ayrim prinsiplarga e’tibor qarataylik.

O‘ZINGIZGA G‘AMXO‘RLIK QILING

MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIP: «Hech bir kishi o‘z tanasidan nafratlanmaydi, aksincha, uni oziqlantirib, ardoqlaydi». (Efesliklarga 5:29)

BU NIMANI ANGLATADI? Muqaddas Kitobdagi ushbu prinsip bizni qo‘limizdan kelgancha jismoniy sog‘ligimiz uchun qayg‘urishga undamoqda. Bir hisobotga ko‘ra, ko‘pgina sog‘liq muammolarining sababi inson tanlagan hayot tarziga bog‘liq. Demak, to‘g‘ri tanlov sog‘ligingiz yaxshi bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

NIMA QILISHINGIZ MUMKIN?

  • To‘g‘ri ovqatlaning. Ovqatlanish tarzingizga o‘zgarish kiritib, sog‘lom oziq-ovqatlarni iste’mol qilishga va yetarlicha suv ichishga intiling.

  • Sport bilan shug‘ullaning. Yoshingiz nechada ekanidan va surunkali kasallik tufayli imkoniyatingiz chegaralangan bo‘lishidan qat’i nazar, jismoniy mashqlar sog‘ligingizni yaxshilashga yordam bera oladi. Yaqinlaringiz va shifokorlar jismoniy mashqlar jadvalini tuzishga ko‘maklashsa-da, ularni o‘zingiz bajaribgina foyda olishingiz mumkin.

  • To‘yib uxlang. Uyquning tanqisligi jiddiy kasalliklarga chalinish xavfini oshiradi. Odamlar o‘z vaqtida uxlashning o‘rniga boshqa ishlarni qilgani tufayli yetarlicha uxlashmaydi. Vaholanki, to‘yib uxlash, yaxshi sog‘liq garovi.

ZARARLI ODATLARDAN QOCHING

MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIP: «Kelinglar, tana va ruhiyatimizni bulg‘aydigan har qanday narsadan o‘zimizni poklaylik». (2 Korinfliklarga 7:1)

BU NIMANI ANGLATADI? O‘zimizni tamaki kabi zararli moddalardan saqlasak, yaxshiroq sog‘likka ega bo‘lamiz. Chunki bu moddalar ko‘pgina kasalliklar va o‘limga sabab bo‘lishi hammaga ma’lum.

NIMA QILISHINGIZ MUMKIN? Tamakini tashlash uchun bir kunni tanlab, uni kalendaringizda belgilab qo‘ying. Bu kun kelishidan oldin sigaret, kuldon, zajigalka va bu zararli odatni eslatadigan barcha narsani tashlab yuboring. Odamlar bu kabi odatlar bilan mashg‘ul bo‘ladigan joylardan uzoqroq yuring. Do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz sizga yordam berishlari uchun ularga qaroringiz haqida ayting.

MUQADDAS KITOBDAGI BOSHQA PRINSIPLAR

Muqaddas Kitobning bosma nusxasini olish uchun hududingizdagi Yahovaning Shohidlari bilan bog‘laning

XAVFSIZLIK CHORALARINI KO‘RING

«Agar yangi uy qursangiz, tomingiz ustiga to‘siq quring. Tag‘in birov tom ustidan yiqilib tushib, xonadoningiz qon to‘kilganlikda aybdor bo‘lib qolmasin». (QONUNLAR 22:8)

JAHLINGIZNI TIYING

«Jahlini tiygan aql-idroklidir, besabr esa ahmoqligini ko‘rsatadi». (HIKMATLAR 14:29)

ME’YORIDA OVQATLANING

«Go‘shtni bo‘kib yeydiganlarga qo‘shilma». (HIKMATLAR 23:20)