Ma’naviylik
Ushbu jurnalning ilk maqolasida aytilganiday, ko‘p odamlar Muqaddas Kitobni Xudoning Kalomi deb bilishadi. Ular Muqaddas Kitobni o‘qib, undagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qilishgani tufayli Xudoga ancha yaqinlashganiga va hayotlari mazmunga to‘lganiga ahamiyat berishdi.
Muqaddas Kitobga ko‘ra, «ma’naviy inson» hayotga nisbatan to‘g‘ri nuqtai nazarni yoki munosabatni saqlaydi. (1 Korinfliklarga 2:15) Faqat o‘zini o‘ylaydigan, tana istaklariga berilgan insondan farqli o‘laroq, ma’naviy inson Xudoning me’yorlarini yuqori qadrlaydi. (Efesliklarga 5:1)
UMID
MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIP: «Og‘ir kunda ruhing tushsa, kuching ham zaiflashadi». (Hikmatlar 24:10)
BU NIMANI ANGLATADI? Tushkunlik hayotiy muammolarni hal qilishga ketadigan kuchimizni olib qo‘yadi. Umid esa aksincha, olg‘a intilishimiz uchun kuch bag‘ishlaydi. Duch kelayotgan muammolarimiz vaqtinchalik ekanini tushunish bizga tasalli berishi mumkin. Boshimizga tushgan qiyinchiliklardan so‘ng, yaxshi kunlar kelishiga umid qilsak bo‘ladi.
NIMA QILISHINGIZ MUMKIN? Kelajakka ijobiy nazar bilan qarang. Yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealar haqida tashvishlangandan yoki vaziyatingiz mukammal yechim topishini kutgandan ko‘ra, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga muvofiq yo‘l tuting. Shuni tan olish kerakki, ko‘ngilsiz voqealar ham yuz berib turadi. (Voiz 9:11) Lekin ko‘pincha vaziyat biz kutgandan ko‘ra yaxshiroq tus oladi. Buni tasvirlash uchun Muqaddas Kitobda dehqonchilikka oid quyidagi misol keltirilgan: «Ertalabdan urug‘ingni ekkin, kechga qadar qo‘llaringga tinim berma. Chunki qay biri — unisi yoki bunisi o‘sib chiqishini bilmaysan. Balki ikkovi ham unib chiqar». (Voiz 11:6)
HAYOTDAGI MUHIM SAVOLLARGA JAVOBLAR
MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIP: «Menga fahm-idrok ber. [...] Kaloming asosi haqiqatdir». (Zabur 119:144, 160)
BU NIMANI ANGLATADI? Muqaddas Kitob deyarli har bir kishini qiziqtiradigan savollarga javoblarni taqdim etmoqda. Masalan, unda quyidagi savollarga javoblar bor:
-
Insoniyat qayerdan paydo bo‘lgan?
-
Nima uchun dunyoga kelganmiz?
-
Inson o‘lganida nima yuz beradi?
-
Kelajagimiz qanday bo‘ladi?
Butun dunyodagi millionlab insonlar bu va boshqa savollarga Muqaddas Kitobdan javob topib, hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirishdi.
NIMA QILISHINGIZ MUMKIN? Muqaddas Kitobda nimalar yozilganini o‘zingiz tadqiq qilib ko‘ring. Uni tushunish uchun Yahova Shohidlarining biridan yordam so‘rasangiz bo‘ladi. jw.org veb-saytimizga kirib ko‘ring yoki uchrashuvlarimizdan biriga tashrif buyuring. Ularga istagan kishi kelishi mumkin va kirish bepul.
MUQADDAS KITOBDAGI BOSHQA PRINSIPLAR
MA’NAVIY EHTIYOJLARINGIZNI QONDIRING.
«Ma’naviy narsalarga chanqoq bo‘lganlar baxtlidir». (MATTO 5:3)
MUQADDAS KITOBDAN XUDO HAQIDA KO‘PROQ BILIB OLING.
«Alloh, odamlar Uni astoydil izlab topishlarini xohlaydi. Zero U har birimizga yaqindir». (HAVORIYLAR 17:27)
MUQADDAS KITOBNI O‘QIB, FIKR YURITING.
«[Inson] Yahovaning * qonunidan zavq olib, qonuni ustida tun-u kun fikr yuritadi... U barcha ishlarida muvaffaqiyatga erishadi». (ZABUR 1:2, 3)
^ 23- x.b. Muqaddas Kitobga binoan, Xudoning ismi Yahova.