Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Olimlar nimani bilmaydi?

Olimlar nimani bilmaydi?

Olimlar deyarli butun koinotni o‘rganib chiqishgandek tuyulishi mumkin. Lekin hali ular javob bera olmaydigan ko‘plab muhim savollar bor.

Olimlar koinot va hayot qanday paydo bo‘lganini bilishadimi? Oddiy qilib aytganda, yo‘q. Ayrimlarning fikricha, koinotni o‘rganuvchi olimlar uning kelib chiqishini tushuntirib bera olishadi. Dartmut kollejida astronomiya bo‘yicha professor bo‘lib ishlaydigan va Xudo borligidan shubhalanadigan Marselo Gleyzer shunday fikr bildirdi: «Biz koinotning kelib chiqishini tushuntirishga ojizmiz».

Bir jurnaldagi maqolada hayotning kelib chiqishi borasida shunga o‘xshash fikr yozilgan: «Aftidan, Yerda hayot aslida qanday paydo bo‘lganini aniqlash imkonsiz. Chunki Yer vujudga kelgan ilk kunlarda nima yuz berganini ko‘rsatuvchi aksariyat biologik topilmalar ancha oldin yo‘q bo‘lib ketgan». («Science News») Bu so‘zlardan ko‘rinyaptiki, «Koinot va hayot qanday paydo bo‘lgan?» degan savolga ilm-fanda haligacha javob yo‘q.

Balki siz «Yerda hayot yaratilgan bo‘lsa, uning Yaratuvchisi kim?» deb qiziqayotgandirsiz. Shuningdek, sizda quyidagi savollar paydo bo‘lgandir: Agar mehribon va dono Yaratuvchi bor bo‘lsa, nega U insonlar azob chekishiga yo‘l qo‘yyapti? Nima uchun har xil dinlar bor? Nega U o‘zini xudojo‘y deydigan insonlar ko‘p yomon ishlar qilishiga qarab turibdi?

Ilm-fan mazkur savollarga javob bera olmaydi. Lekin bu ularga mantiqiy javoblar topa olmasligingizni anglatmaydi. Masalan, ko‘p odamlar Muqaddas Kitobdan o‘zini qoniqtiradigan javoblar topishdi.

Muqaddas Kitobni tadqiq qilgan ba’zi olimlar Yaratuvchiga nega ishonishini bilishni xohlasangiz, jw.org saytiga kirib, «Hayotning kelib chiqishi borasidagi fikrlar» sarlavhasi ostiga qarang.