Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Koinot bizga nimani ochib beryapti?

Koinot bizga nimani ochib beryapti?

Koinot astronomlarni qoyil qoldirishda davom etyapti. Ular yangilanib borayotgan asbob-uskunalardan foydalanib uni o‘rganishyapi. Bu tadqiqotlar natijasida ular nimani bilib olishdi?

Koinot yaxshi tashkillashtirilgan. Bir jurnaldagi maqolada aytilishicha, galaktikalar osmonda betartib yoyib yuborilmagan, aksincha, ular tartib bilan joylashtirilgan. («Astronomy») Buning qanday iloji bor? Olimlarning o‘ylashicha, buning siri «qora materiya» degan ko‘rinmas moddada. Ushbu qora materiya galaktikalarni o‘z o‘rnida ushlab turuvchi ko‘rinmas kuch kabidir.

Qanday qilib koinot bunchalik yaxshi tashkillashtirilgan? Bunday tartib o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkinmi? Bu borada Allan Sandaj nima deganiga diqqat qarating. U XX asrda yashagan eng buyuk hamda nufuzli astronomlardan biri bo‘lgan va Xudoga ishongan.

«Koinotdagi bunday tartib tartibsizlikdan kelib chiqqaniga aql bovar qilmaydi. Buning ortida qandaydir kuch turgan bo‘lishi kerak»,— deb bo‘lishdi u.

Koinotdagi sharoitlar hayot mavjud bo‘lishi uchun mos keladi. Keling, Quyosh bir maromda issiqlik taratishi to‘g‘risidagi faktni ko‘rib chiqaylik. Quyosh issiqligini bir maromda ushlab turuvchi kuch zaif bo‘lganida, Quyosh aslo mavjud bo‘lmas edi. Bu kuch me’yoridan oshib ketganida esa, Quyosh allaqachon yonib kul bo‘lardi.

Bundan tashqari, koinotda yana boshqa ko‘plab qonunlar bor. Ular ham hayot mavjud bo‘lishi uchun qanday ishlashi kerak bo‘lsa, shunday ishlaydi. Yozuvchi va olim Anil Anantasvamining aytishicha, ushbu qonunlarning hech bo‘lmasa bittasi boshqacha bo‘lganida, yulduzlar, sayyoralar va galaktikalar umuman vujudga kelmasdi, hayot ham mavjud bo‘lmasdi.

Koinotda insoniyat yashashi uchun mukammal uy bor. Yerda kerakli atmosfera va yetarlicha suv mavjud. Qolaversa, mukammal hajmdagi Oy Yer barqaror turishiga ko‘maklashadi. Bir jurnaldagi maqolada aytilishicha, murakkab geologik, ekologik hamda biologik tizimimiz tufayli olimlar Yerni insoniyat yashay oladigan yagona sayyora deb hisoblashadi *. («National Geographic»)

Bir yozuvchining fikricha, Quyosh sistemamiz Galaktikamizdagi boshqa yulduzlardan uzoqda joylashgan. Lekin aynan bu masofa tufayli Yerda hayot bor. Agar boshqa yulduzlarga yaqinroq yashaganimizda, xoh Galaktikamizning markazida, xoh uning chekkasida bo‘lsin, radiatsiya miqdori oshgan bo‘lardi. Xayriyatki, Yer Galaktikaning hayot uchun mos bo‘lgan qismidan o‘rin olgan.

Pol Deyvis ismli fizik koinot va undagi qonunlar borasidagi ilmiy bilimlariga asoslanib xulosa qilganidek, hayot o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Bu olimning fikricha, hayot qandaydir maqsad bilan vujudga kelgan. Deyvis koinot va insoniyatni Xudo yaratgan, deb o‘rgatmayapti. Siz-chi, bu borada qanday fikrdasiz? Koinot va Yer hayot uchun yaroqli qilib yaratilganga o‘xshaydi. Ehtimol, buning sababi ularni kimdir yaratganidamikin?!

^ Bu maqolada Yer va insoniyatni Xudo yaratgani haqidagi fikr olg‘a surilmagan. Unda shunchaki Yer sayyorasi insoniyat yashashi uchun qanchalik mos ekani aytilgan.