2. Oziq-ovqat yetishmovchiligi
2. Oziq-ovqat yetishmovchiligi
«Oziq-ovqat yetishmovchiligi... bo‘ladi» (MARK 13:8)
● Bir kishi panoh izlab Nigerning Kvaratagi qishlog‘iga keladi. Uning aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari ham ochlikdan qutulish niyatida mamlakatning turli chetlaridan chiqib shu yerga kelishadi. Lekin bu kishi o‘zini ulardan olib qochadi. Nima sababdan? «U [o‘z oilasini] boqa olmagani uchun qarindoshlarining ko‘ziga tik qaray olmaydi»,— deb tushuntiradi qishloq oqsoqoli Sidi.
FAKTLAR NIMANI KO‘RSATYAPTI? Har kuni dunyo bo‘ylab deyarli yettita odamdan biri to‘yguncha ovqatlana olmaydi. Afrikaning janubidagi Sahroi Kabirda ahvol bundan ham battar: u yerda uchta odamdan biri surunkali ochlikdan azob chekmoqda. Bu raqamlar ortida nima turganini tushunish uchun ota, ona va farzanddan iborat oilani tasavvur qiling. Agar oziq-ovqat faqat ikki kishiga yetsa, kim och qoladi? Otami? Onami? Yoki farzandmi? Bu kabi oilalar har kuni bunday tanlov oldida turadi.
KENG TARQALGAN E’TIROZ. Yer yuzida hamma uchun keragidan ortiq oziq-ovqat yetishtiriladi. Zaxiralar to‘g‘ri taqsimlansa bo‘ldi.
CHINDAN HAM SHUNDAYMI? To‘g‘ri, dehqonlar ilgarigiga qaraganda hozir ko‘proq mahsulot yetishtirib, yetkazib beryapti. Aslida hukumatlar zaxiralarni to‘g‘ri taqsimlab, ochlik muammosini bartaraf qila oladi. Ammo o‘nlab yillar davomida urinishlariga qaramay, harakatlari samarasiz qolmoqda.
SIZ QANDAY FIKRDASIZ? Mark 13:8 dagi so‘zlar amalga oshyaptimi? Sizningcha, texnologiyalar rivojlanganiga qaramay dunyo bo‘ylab odamlar oziq-ovqat yetishmovchiligidan hali ham aziyat chekyaptimi?
Zilzilalar va oziq-ovqat yetishmovchiligi ketidan oxirzamon belgisining tarkibiy qismi bo‘lgan boshqa ofat keladi.
[5- sahifadagi matn parchasi]
«Agar oziq-ovqat yetarli bo‘lganida, bolalarning uchdan bir qismidan oshig‘ini nobud qilayotgan zotiljam, ich ketish va boshqa kasalliklarning oldini olsa bo‘lardi». (YUNISEFNING SOBIQ IJROCHI DIREKTORI ENN VINIMAN)
[5- sahifadagi rasm manbai]
© Paul Lowe/Panos Pictures