4. Mehr tanqisligi
4. Mehr tanqisligi
«Odamlar... mehrsiz... bo‘ladilar» (2 TIMO‘TIYGA 3:1–4)
● Kris shimoliy Uelsda oiladagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga yordam berish xizmatida ishlaydi. U shunday deydi: «Bir ayol kelganini eslayman, u ilgari ham bizga murojaat qilgandi, u shunchalik qattiq do‘pposlangan ediki, uni taniy olmadim. Boshqa ayollar hissiy tomondan shunchalik jarohat olganki, odamlarning ko‘ziga qarashdan uyaladi».
FAKTLAR NIMANI KO‘RSATYAPTI? Afrika mamlakatlaridan birida qariyb 3 ayoldan biri kichikligidayoq jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. O‘sha mamlakatda olib borilgan so‘rov shuni aniqladiki, erkaklarning uchdan bir qismidan oshig‘i o‘z xotinlarini urishni oddiy hol deb hisoblar ekan. Ammo oiladagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘radigan faqat ayollar emas. Masalan, Kanadada qariyb 10 erkakdan 3 tasi xotini tomonidan shafqatsiz muomalaga uchrar ekan.
KENG TARQALGAN E’TIROZ. Oiladagi zo‘ravonlik doim bo‘lgan. Faqat oldingiga qaraganda hozir bunga ko‘proq e’tibor berilyapti, xolos.
CHINDAN HAM SHUNDAYMI? So‘nggi o‘n yillar ichida oiladagi zo‘ravonlik haqida ko‘proq gapirilayotgani rost. Lekin bu oiladagi zo‘ravonlik holatlarini kamaytirdimi? Yo‘q. Aksincha, oilada mehr tanqisligi battar ko‘paydi.
SIZ QANDAY FIKRDASIZ? 2 Timo‘tiyga 3:1–4 da yozilgan so‘zlar amalga oshyaptimi? Ko‘p oilalarda mehr tanqis bo‘lib qolganini payqadingizmi?
Ko‘z o‘ngimizda amalga oshayotgan beshinchi bashorat sayyoramiz haqida. Bu borada Muqaddas Kitobda nima deyilganiga e’tibor bering.
[7- sahifadagi matn parchasi]
«Oiladagi zo‘ravonlik borasidagi statistik ma’lumotlar juda kamaytirib ko‘rsatiladigan jinoyatlardan biri deb hisoblanadi. O‘rtacha hisobda ayol eri tomonidan 35-marta kaltaklanganidan keyingina politsiyaga murojaat qiladi». (UELS OILADAGI ZO‘RAVONLIKDAN JABR KO‘RGANLARGA YORDAM BERISH XIZMATI VAKILI)