Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

6. Umumjahon voizlik faoliyati

6. Umumjahon voizlik faoliyati

6. Umumjahon voizlik faoliyati

«Shohlik haqidagi xushxabar... butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi» (MATTO 24:14)

● Vayateya Tinch okeanining Tuamotu arxipelagidagi orollarning birida yashaydi. Umumiy maydoni taxminan 810 000 kvadrat kilometrga teng bo‘lgan Tuamotu arxipelagining 78 ta marjon orolida atigi 16 000 aholi yashaydi. Ammo Yahovaning Shohidlari Vayateyanikiga va yon-atrofidagi insonlarnikiga tashrif buyurishgan. Nima sababdan? Chunki Yahovaning Shohidlari barcha insonlarga, ular qayerda yashashidan qat’i nazar, Xudoning Shohligi haqidagi xabarni yetkazishga harakat qilishadi.

FAKTLAR NIMANI KO‘RSATYAPTI? Shohlik haqidagi xushxabar dunyoning barcha chetlariga yetib bordi. Birgina 2010-yilning o‘zida Yahovaning Shohidlari xushxabarni 236 mamlakat va hududlarda va’z qilib, bunga 1,6 milliard soat vaqt sarflashgan. Bu degani, o‘rtacha hisobda har biri kuniga 30 daqiqa va’z qilgan. So‘nggi 10 yil ichida Yahovaning Shohidlari 20 milliarddan oshiq Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarni tarqatishgan.

KENG TARQALGAN E’TIROZ. Muqaddas Kitobdagi xabar ko‘p asrlar davomida va’z qilinyapti.

CHINDAN HAM SHUNDAYMI? Ko‘p odamlar Muqaddas Kitobdagi xabarni va’z qilishga uringani to‘g‘ri. Ammo ulardan ko‘pi buni qisqa muddat va kichik miqyosda qilgan. Yahovaning Shohidlari esa tashkillashtirilgan holda dunyo bo‘ylab va’z qilishyapti va millionlab insonlar xushxabarni tinglayapti. Hatto tarixdagi eng qudratli va shafqatsiz tashkilotlarning qarshiliklariga duch kelganda ham ular va’z qilishni to‘xtatmagan a. (Mark 13:13) Bundan tashqari, Yahovaning Shohidlari bajarayotgan ishlari uchun pul olishmaydi. Aksincha, ular o‘z vaqtini ixtiyoriy ravishda sarflab, Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarni bepul tarqatishadi. Ularning faoliyati butkul xayr-ehsonlar evazidan qoplanadi.

SIZ QANDAY FIKRDASIZ? «Shohlik haqidagi xushxabar» butun dunyo bo‘ylab va’z qilinyaptimi? Bu bashoratning amalga oshayotgani yaqinda yaxshi o‘zgarishlar bo‘lishidan darak bermayaptimi?

[Izoh]

a Ko‘proq ma’lumot olish uchun Yahovaning Shohidlari tomonidan tarqatilayotgan «Sinovlarga qaramasdan Xudoga sodiq», «Binafsha rang uchburchak» va «Yahova Shohidlarining natsizmga qarshi ko‘rsatgan jasorati» nomli hujjatli filmlarni tomosha qiling.

[9- sahifadagi matn parchasi]

«Yahovaning ijozati bilan Shohlik haqidagi xushxabarni g‘ayrat bilan va’z qilishda davom ettirish uchun barcha imkoniyatdan foydalanamiz». (2010-yilgi «YAHOVA SHOHIDLARINING YILNOMASI»)