Muqaddas Kitob — amaliy maslahatlar manbai
TASAVVUR QILING, siz qadimiy haykallar muzeyiga ekskursiyaga bordingiz. Aksariyat haykallarning o‘yilgan, qurigan va yemirilgan joylari bor. Ba’zilarining esa katta bo‘laklari uzilib tushgan. Qarangki, haykallarning bittasi but-butun ekan. Uning murakkab tuzilishi tafsilotlarigacha aniq ko‘rinib turibdi. Shunda siz ekskursiyani o‘tkazuvchi kishidan: «Bu eng yangi haykal bo‘lsa kerak-a?» — deb so‘raysiz. U esa: «Yo‘q. Bu eng qadimgi haykallardan biri va hech qachon qayta ta’mirlanmagan»,— deb javob beradi. Siz: «Uni asrab-avaylab kelishganmi?» — deb aytasiz. U kishi: «Yo‘q. Bu haykal bo‘ron-u yomg‘irlarga dosh bergan. Ko‘pgina bezorilar unga zarar yetkazishga uringan»,— deydi. Siz hayratda qolib: «U o‘zi nimadan qilingan?» — deb so‘raysiz.
Qaysidir ma’noda Muqaddas Kitob mana shunday diqqatga sazovor haykalga o‘xshaydi. U eng qadimgi kitoblardan biridir. Albatta boshqa qadimgi kitoblar ham bor. Ammo bu qadimiy qo‘lyozmalar vaqt o‘tishi bilan qattiq ziyon ko‘rgani uchun yemirilib ketgan haykallarga o‘xshaydi. Masalan, bu qo‘lyozmalardagi ilm-fanga oid ma’lumotlar yangilari ochilgani sayin isbotlangan faktlarga zid bo‘lib qoldi. Ulardagi tibbiyotga oid maslahatlar ko‘p hollarda foyda emas, zarar keltiradi. Qadimiy yozuvlarning aksariyati to‘liq saqlab qolinmagan, chunki ularning parchalari yo‘qolib ketgan yoki katta talafot ko‘rgan.
Muqaddas Kitob boshqa qadimiy qo‘lyozmalardan keskin farq qiladi. Bu kitobning yozilishi 35 asr oldin boshlanganiga qaramay, to‘liq saqlab qolingan. Asrlar davomida unga qarshi to‘xtovsiz hujumlar qilingan — uni yondirishgan, taqiqlab qo‘yishgan va qadrini pasaytirishgan. Lekin u mana shunday dahshatli hujumlarga dosh bera olgan. Ilmiy kashfiyotlar qilingani sayin, Muqaddas Kitob nafaqat eskirmagani, balki hozirgi ilm-fandan Eskirganmi yoki ilgarilab ketganmi?» nomli ramkaga qarang.)
ancha ilgarilab ketgani ma’lum bo‘ldi. («BIZ MUHTOJ BO‘LGAN QADRIYATLAR
Siz shunday deb so‘rarsiz: «Nahotki Muqaddas Kitob ta’limotlari bugungi kunda ham amaliy bo‘lsa?» Bu savolga javob berish uchun o‘zingizdan: «Ayni paytda odamlar qanday jiddiy muammolarga duch kelyapti? Ulardan qay biri ko‘proq qo‘rquvga soladi?» — deb so‘rang. Ehtimol, xayolingizga urushlar, atrof-muhitning ifloslanishi, jinoyatchilik yoki poraxo‘rlik kelar. Keling endi, Muqaddas Kitobdagi ba’zi asosiy ta’limotlarni muhokama qilaylik. Ularni ko‘rib chiqayotib o‘zingizdan: «Agar odamlar bu qadriyatlar bo‘yicha yashaganida, dunyo yaxshi tomonga o‘zgararmidi?» — deb so‘rang.
TINCHLIKSEVARLIK
«Tinchlik o‘rnatuvchilar baxtlidir, chunki ular “Tangrining o‘g‘illari” deyiladi». (Matto 5:9) «Iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar». (Rimliklarga 12:18)
RAHMDIL VA KECHIRIMLI BO‘LISH
«Rahmdil bo‘lganlar baxtlidir, sababi ularga rahm-shafqat ko‘rsatiladi». (Matto 5:7) «Bir-biringizga chidamli bo‘linglar va hatto kimningdir boshqadan arz qilishga sababi bo‘lsa, uni chin dildan kechirsin. Yahova a sizlarni chin dildan kechirganidek, sizlar ham shunday yo‘l tutinglar». (Kolosaliklarga 3:13)
MILLATLARARO TOTUVLIK
«Butun yer yuzida yashasinlar deb, Xudo barcha millatlarni bir odamdan vujudga keltirdi». (Havoriylar 17:26) «Xudo yuzxotirchilik qilmas ekan. Ammo Undan qo‘rqib, to‘g‘ri yo‘l tutgan har bir kishini U millatiga qaramay qabul qilarkan». (Havoriylar 10:34, 35)
YERNI ASRASH
«Xudovand Yahova, Adan bog‘iga ishlov bersin va uni parvarish qilsin deya, odamni u yerga joylashtirdi». (Ibtido 2:15) Xudo «yerni xarob etuvchilarni xarob qiladi». (Vahiy 11:18)
OCHKO‘ZLIK VA ZINODAN NAFRATLANISH
«O‘zingizni har turli ochko‘zlikdan saqlanglar, chunki odamning mol-mulki ko‘p bo‘lgan taqdirda ham, uning hayoti bunga bog‘liq emas». (Luqo 12:15) «Zino, har qanday ifloslik va ochko‘zlik orangizda hatto tilga olinmasin, zero bu muqaddas kishilarga munosib emas». (Efesliklarga 5:3)
HALOLLIK VA MEHNATKASHLIK
«Har narsada halol bo‘lishni istaymiz». (Ibroniylarga 13:18) «O‘g‘rilik qilgan boshqa o‘g‘rilik qilmasin. Undan ko‘ra... astoydil ishlasin». (Efesliklarga 4:28)
MUHTOJLARGA YORDAM BERISH
«Ruhi tushganlarga tasalli beringlar, kuchsizlarga yordamlashinglar, hamma odamlarga sabr-toqatli bo‘linglar». (1 Salonikaliklarga 5:14) «Qayg‘u chekayotgan yetim-yesirlarga g‘amxo‘rlik qiling». (Yoqub 1:27)
Muqaddas Kitobda bu qadriyatlar shunchaki sanab o‘tilmagan, balki bu prinsiplarni qadrlash hamda kundalik hayotda qanday qo‘llash o‘rgatilgan. Bu ta’limotlarga qancha ko‘p odamlar amal qilsa, insoniyatning muammolari shuncha kamayadi. Haqiqatdan ham, Muqaddas Kitobdagi prinsiplar har qachongidan ham amaliy va foydali! Shaxsan sizga
Muqaddas Kitob ta’limotlari qanday yordam bera oladi?MUQADDAS KITOB TA’LIMOTLARI QANDAY FOYDA KELTIRADI?
Bir donishmand: «Odamning donoligi adolatli ishlaridan ko‘rinadi»,— deb aytgandi. (Matto 11:19) Siz bu fikrga qo‘shilasizmi? Maslahatni qo‘llab, uning foydasini ko‘rgandan keyingina buni dono maslahat deb aytsa bo‘ladi. Siz shunday deb o‘ylashingiz mumkin: «Agar Muqaddas Kitob chindan ham amaliy bo‘lsa, hayotimda ham uning samarasi ko‘rinishi kerak emasmi? Men duch kelayotgan muammoni hal qilishga Muqaddas Kitob qanday yordam bera oladi?» Keling, bir misolni ko‘rib chiqaylik.
Sofiyaning b hayoti qiziqarli va mazmunli edi. Ammo nogahon uning boshiga birin-ketin baxtsizliklar tushdi. Uning o‘smir qizi vafot etdi, nikohi esa barbod bo‘ldi. Boz ustiga moddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Boshdan o‘tkazganlarini eslab, u shunday dedi: «Endi men kimman? Axir na qizim, na erim, na boshpanam bor. Yashashdan hech qanday ma’no yo‘qday edi».
O‘shanda Sofiya quyidagi so‘zlar haqiqat ekaniga yana bir bor amin bo‘ldi: «Umrimiz yetmish yil, agar bardamroq bo‘lsak sakson yil ekan. Ammo ular ham g‘am-tashvishga to‘ladir. Kunlarimiz tezda o‘tadi va biz yo‘q bo‘lib ketamiz». (Zabur 90:10)
Sofiya eng qiyin damda Muqaddas Kitobga murojaat qildi. Bu kitob tufayli uning hayoti ajoyib tarzda o‘zgardi. Keyingi uchta maqolada boshqa odamlarning ham misollarini ko‘rib chiqamiz. Ular Muqaddas Kitobdagi maslahatlarni qo‘llab, muammolarini hal qila olgan. Ular Muqaddas Kitob yuqorida aytib o‘tilgan haykalga o‘xshaydi, degan fikrga qo‘shilishadi. Bu kitob vaqt o‘tib zamondan ortda qolgan va eskirgan ko‘plab kitoblardan keskin farq qiladi. Buning sababi nimada? Bu kitob o‘zgacha bir «xomashyodan» qilinganidami? Haqiqatdan ham unda oddiy insonlarning emas, Xudoning fikrlari yozilganmi? (Balki siz ham hayot qisqa va muammolarga to‘la ekanini tan olarsiz. Qiyinchiliklar girdobida qolganda, qayerdan tasalli, yordam va ishonchli maslahat izlaysiz?
Keling, Muqaddas Kitob shaxsan sizga qanday yordam berishi mumkinligini ko‘rib chiqaylik. Qay yo‘sin u:
-
asraydi;
-
xalos qiladi;
-
kuch beradi.
Keyingi maqolalarda Muqaddas Kitob maslahatlari hayotda qanday yordam berishi haqida so‘z yuritiladi.
a Muqaddas Kitobga binoan, Xudoning ismi Yahova. (Zabur 83:18)
b Bu va keyingi uchta maqolada ba’zi ismlar o‘zgartirilgan.