Ota-onalarga
Ota-onalarga
Farzandlaringizga qanday yaxshi hadya berishingiz mumkin? Albatta ular ko‘p narsada, masalan, sevgingizda, nasihatlaringizda va himoyangizda ehtiyoj sezishadi. Har holda siz berishingiz mumkin bo‘lgan eng qimmatbaho sovg‘a — Tangri Yahova haqida bilimlar va Uning Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitobdagi haqiqatdir (Yuhanno 17:3). Bunday bilimlar farzandlaringizga Yahovani sevishga va hatto bolalikdan Unga chin dildan xizmat qilishga yordam beradi (Matto 21:16).
Ko‘p ota-onalar yosh bolalarga qisqa darslar va topshiriqlar qiziq bo‘lishini payqashdi. Shuning uchun biz sizlarga «Kichkintoylarga saboqlar» nomli adabiyotni taqdim etishdan bag‘oyat xursandmiz. Har bir dars oddiy tarzda yoritib beriladi. Rasmlar va keltirilgan matn uch yashar va undan kichik bo‘lganlarga mo‘ljallangan. Qolaversa, unda topshiriqlar ham mavjud. Ushbu risola bolalar uchun o‘yinchoq emas, balki o‘quv qo‘llanmadir. Siz uni farzandlaringizga o‘qib berib, ular bilan muloqot qilishda undan foydalanishingiz kerak.
Aminmizki, bu adabiyot jigarbandlaringizga «bolaligidanoq» Muqaddas Kitobdagi haqiqatni o‘rgatishga ko‘maklashadi (2 Timo‘tiyga 3:14, 15).
Birodarlaringiz,
Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi
[3- sahifadagi rasm]