Nahotki bu Xudoning irodasi bo‘lsa?
GAZETA, radio yoki televizor xabarlaridan dunyoda jinoyatchilik, urushlar va terrorizm hukmronlik qilayotganini ko‘rasiz! Bunga shaxsiy muammolarni qo‘shing. Ehtimol, sog‘ligingiz zaiflashib borayotganidan, yoki yaqin kishingiz hayotdan ko‘z yumganidan qayg‘u chekayotgandirsiz. Shunday paytlarda siz xuddi Ayub alayhissalom kabi azoblardan to‘ydim, deya xitob qilishga tayyorsiz (Ayub 10:15).
Endi o‘ylab ko‘ring:
-
Nahotki bu Xudoning irodasi bo‘lsa?
-
Muammolarimni yechish uchun qayerdan yordam izlay?
-
Yer yuzida qachon bo‘lmasin tinchlik o‘rnatiladimi?
Muqaddas Kitob bu savollarga javob bermoqda.
MUQADDAS KITOBNING TA’LIMOTIGA BINOAN, XUDO DUNYODA O‘ZGARISHLAR YARATADI
-
«Xudo ularning ko‘zidagi har bir yoshni artib olur. Endi o‘lim sira bo‘lmas. Huzun ham, faryod ham, og‘riq ham bo‘lmas» (Vahiy 21:4)
-
«Cho‘loq odam kiyik kabi sakraydi» (Ishayo 35:6, YADT)
-
«Ko‘rlarning ko‘zlari ochiladi» (Ishayo 35:5, YADT)
- «O‘liklar qabrdan chiqadilar» (
-
«U yerda yashovchilardan hech biri: “Men kasalman”,— demaydi» (Ishayo 33:24, YADT)
-
«O‘lka bo‘ylab bug‘doy hosili mo‘l bo‘lgay» (Zabur 71:16)
MUQADDAS KITOBNI TADQIQ QILIB KO‘RING
Bu so‘zlarni, «bo‘lmagan gap» deb aytishga shoshmang. Chunki bu, Xudoyi Taoloning va’dasidir. Va Muqaddas Kitobdan buning qanday amalga oshishini bilib olishingiz mumkin.
Muqaddas Kitob mazmunli va baxtli hayot kechirishimizga yordam beradi. Masalan, muammolarni olaylik: yetishmovchilik, darmonsizlik, oilaviy qiyinchilik va yaqinlarimizning hayotdan ko‘z yumishi qalbimizga g‘ulg‘ula solmayaptimi? Biroq Muqaddas Kitob muammolarga dosh berishga ko‘maklashib, quyida keltirilgan savollarga javoblar beradi:
-
Nega azob chekyapmiz?
-
Muammolarni qanday yengish mumkin?
-
Oilaviy baxtning siri nimada?
-
O‘limdan keyin hayot bormi?
-
Marhumlarni qayta ko‘ra olamizmi?
-
Xudo O‘z irodasini amalga oshirishiga amin bo‘lishimiz mumkinmi?
Bu kitobni o‘qiyapsiz ekan, demak Muqaddas Kitob ta’limotlarini bilmoqchisiz. Va bu kitob, aynan shu maqsad bilan chiqarilgan. E’tibor bersangiz, har bir xat boshi uchun savollar keltirilgan. Millionlab insonlar Yahovaning Shohidlari bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotib, savol-javob usulini qo‘llamoqda. Bu usul sizga ham qulay bo‘lishiga umid qilamiz. Muqaddas Kitob ta’limotlarini tadqiq qilishda sizga qut-barakalar tilab, Xudoyi Taolo harakatlaringizni duo qilishini so‘rab qolamiz.