O‘N IKKINCHI BOB
Xudo ma’qullaydigan turmush tarzi
-
Xudoning do‘sti bo‘lishingiz mumkinmi?
-
Shaytonning da’vosi sizga tegishlimi?
-
Yahova Taolo qanday ishlardan nafratlanadi?
-
Qanday turmush tarzi bilan Xudoga ma’qul kelishingiz mumkin?
1, 2. Xudoning do‘sti bo‘lish sharafiga ega bo‘lgan ba’zi insonlarning ismi nima edi?
KIM bilan do‘st bo‘lishni xohlar edingiz? Ehtimol qarashlar, qiziqishlar va qadriyatlaringizga sherik bo‘lgan kimsa bilan, shunday emasmi? Ha, fazilatli odam mehr va rostgo‘yligi bilan boshqalarni o‘ziga jalb qilishi tabiiy.
2 Qadimdan ba’zi insonlar, hatto Xudoning do‘sti bo‘lish sharafiga ega bo‘lishgan. Masalan, Tangri Yahova Ibrohim Xalilullohni O‘ziga do‘st tutgan (Ishayo 41:8; Yoqub 2:23). Hazrati Dovud haqida esa Xudo shunday degan: «Men ko‘nglimdagiday bir odamni... topdim» (Havoriylar 13:22). Doniyor payg‘ambarga esa farishta: «Sen Xudoning suyukli bandasisan»,— deb aytgan edi (Doniyor 9:23).
3. Yahovaga kim do‘st bo‘lishi mumkin?
3 Ibrohim, Dovud va Doniyor bu sharafga qanday ega bo‘lishdi? Masalan, Ibrohim payg‘ambar Xudoning gapiga quloq solgani uchun (Ibtido 22:18). Demak, Xudovand, kamtarinlik bilan itoat qilganlarga yaqindir. Isroil xalqiga Yahova quyidagini aytgan edi: «Mening gapimga quloq solinglar, shunda Men sizlarning Xudoyingiz, sizlar esa Mening xalqim bo‘lasizlar» (Yeremiyo 7:23, YADT). Yahovaning gapiga quloq solsangiz, siz ham Uning do‘sti bo‘la olishingiz mumkin!
YAHOVA O‘Z DO‘STLARINI QO‘LLAB-QUVVATLAYDI
4, 5. Yahova Taolo xizmatchilarini qanday qo‘llab-quvvatlamoqda?
4 Xudoning do‘sti bo‘lish qanchalar sharaf ekanini bir o‘ylab ko‘ring! Muqaddas Kitobda Egamiz Yahova, Unga chin dildan bog‘langan insonlarni doimo qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida aytiladi (2 Solnomalar 16:9). Sizni-chi, Alloh Taolo qanday qilib qo‘llab-quvvatlashi mumkin? Masalan, Zabur 31:8- oyatda quyidagini o‘qiymiz: «Men [Yahova] senga aql o‘rgatarman, yurar yo‘lingni ko‘rsatarman. Ko‘zim sening ustingda bo‘lib, senga rahnamolik qilarman».
5 Yahova qanchalik mehribon ekan-a! U nafaqat yurar yo‘lingizni ko‘rsatadi, balki bu yo‘ldan yurishingizga yordam ham beradi. Xudovand, qiyin ahvolingizda sizga tayanchiq bo‘lishni istaydi (Zabur 54:23). Egamizga chin dildan bog‘lanib xizmat qilsangiz, qo‘yidagi so‘zlarning guvohi bo‘lasiz: «Xudovandni doim ko‘z oldimda ko‘raman, U o‘ng tomonimda bo‘lguncha tebranmasman» (Zabur 15:8; 62:9). Ha, Tangrimiz Yahova ma’qullaydigan turmush tarzini kechirishingiz uchun, O‘zi sizga yordam beradi. Biroq, Xudoning dushmani sizga to‘sqinlik qilmoqchi.
SHAYTONNING DA’VOSI
6. Shayton insoniyatni nimada aybladi?
6 Shu kitobning 11- bobidan, Shayton Yahovaning boshqarish huquqini shubha ostiga qo‘yganini bilib oldik. Xudo, Odam Ato bilan Momo Havoni yaxshi va yomonni tanlash imkoniyatidan mahrum etyapti, deb ta’kidlagan edi Shayton. Shu yo‘sin u Xudoni yolg‘onchi qilib ko‘rsatdi. Odam Ato va Momo Havo gunoh qilganidan so‘ng, Shayton ularning avlodi bo‘lmish butun insoniyatning sadoqatini shubha ostiga qo‘ydi. U shunday dedi: «Odamlar Xudoga sevgi ila xizmat qilgani yo‘q. Mening ixtiyorimda bo‘lganda, barchani Xudoga qarshi qayrab qo‘yar edim». Shayton chindan ham shunday o‘ylayotganini Ayub alayhissalom bilan yuz bergan voqea tasdiqlaydi. Ayub o‘zi kim bo‘lgan, va u qanday qilib Shaytonning da’vosiga qo‘shilib qoldi?
7, 8. a) Ayub zamondoshlaridan nimasi bilan farq qilar edi? b) Qanday qilib Ayubning sadoqati shubha ostiga qo‘yildi?
7 Ayub alayhissalom qariyb 3 600 yil muqaddam yashagan. U mo‘min inson bo‘lgani uchun, Yahova: «Yer yuzida unga o‘xshagani yo‘q. U pokdomon, adolatli, Xudodan qo‘rqadigan, yomonlikdan bosh tortadigan odam»,— deb gapirar edi (Ayub 1:8, YADT). Ayub alayhissalom Xudo ma’qullaydigan turmush tarzini kechirar edi.
8 Shayton Ayubning sadoqatini shubha ostiga qo‘ydi. U Yahovaga shunday dedi: «Sen uni har tarafdan avaylab, uning uy-joyini ham bor mol-mulkini ham himoyangda saqlab yuribsan-ku. Uning ishlariga qut-baraka berding, mol podalari esa mamlakatga sig‘maydigan bo‘lib ketgan. Biroq Sen qo‘lingni cho‘zib, uning bor mol-mulkiga tegib ko‘r-chi, u Sening yuzingga qarab la’nat aytmasmikin?» (Ayub 1:10, 11, YADT).
9. Yahova Shaytonning da’vosiga qanday javob qaytardi, va nega aynan shu yo‘sin?
9 Ayub faqat o‘z foydasini ko‘zlab Xudoga xizmat qilyapti, dedi Shayton. Agar uni sinovga solsam, u Xudodan yuz o‘giradi, deb qo‘shib qo‘ydi. Xudovand Yahova Shaytonning da’vosiga qanday javob qaytarar ekan? Masala Ayubning sadoqati bilan bog‘liq bo‘lgani sabab, Yahova uni sinash uchun izn berdi. Chunki shu yo‘sin Ayubning samimiy sevgisi namoyon bo‘la olar edi.
AYUBNING SINALISHI
10. Ayubning boshiga qanday kulfatlar yog‘dirildi, lekin u qanday yo‘l tutdi?
10 Shayton Ayub alayhissalomning boshiga juda og‘ir kulfatlar yog‘dirdi. Uning deyarli barcha podalari talon-taroj qilindi, qolgani esa qirilib ketdi. Uning ko‘p xizmatkorlari halok bo‘ldi. Ayub 1:22, YADT).
Ayub bor narsasidan judo bo‘ldi. So‘ngra eng dahshatli hodisa ro‘y berdi. Kuchli bo‘ron natijasida Ayubning o‘nta farzandi nobud bo‘ldi. Lekin, shunga qaramay, «Ayub biron nojo‘ya so‘z aytib Xudo oldida gunoh qilmadi» (11. a) Shayton Ayubni yana nimada aybladi, va Yahova nima bo‘lishiga yo‘l qo‘ydi? b) Ayub navbatdagi sinovni qanday boshidan kechirdi?
11 Lekin, Shayton tinchigani yo‘q. Ehtimol, u o‘ylagandir: «Ayub mol-mulki, xizmatkorlari va hatto bolalaridan ayrilganiga bardosh bergan bo‘lsa-da, o‘zi kasal bo‘lsa shubhasizki Xudodan yuz o‘giradi». Yahova yo‘l qo‘yishi bilan, Shayton Ayubni dahshatli kasallikka yo‘liqtirdi. Biroq shunda ham Ayub imonidan qaytgani yo‘q. U: «To o‘lmagunimcha, sofdilligimdan qaytmayman!» — deb qat’iy qaror qildi (Ayub 27:5, YADT).
12. Ayub Shaytonning da’vosi yolg‘on ekanini qanday tasdiqladi?
12 Bu balolarning sababchisi Shayton ekanidan Ayub bexabar edi. Xudoning boshqaruvi haqidagi masalani bilmay, Ayub bu balolarni Xudodan ko‘rar edi (Ayub 6:4; 16:11–14). Qanday bo‘lmasin, Ayub Xudovand Yahovaga sodiq qoldi. O‘z sadoqati bilan Ayub Shaytonning da’vosi yolg‘on ekanini tasdiqladi. Ha, Ayub alayhissalom Xudoni sevgani uchun Unga xizmat qilgani hammaga ayon bo‘ldi!
13. Ayubning sadoqati nimani tasdiqladi?
13 Ayubning sadoqati Shaytonning haqoratli da’vosi yolg‘on ekanini tasdiqladi. Darhaqiqat, Ayub alayhissalom Yahovaning chin do‘sti edi, va Xudovand uni shunga yarasha taqdirladi (Ayub 42:12–17).
SHAYTONNING DA’VOSI SIZGA QANDAY TEGISHLI
14, 15. Shaytonning da’vosi nafaqat Ayubga, balki butun insoniyatga tegishli ekanini nima ko‘rsatmoqda?
14 Sinovlarda Xudoga sodiq qolish haqidagi Shaytonning da’vosi nafaqat Ayub alayhissalomga, balki sizga ham tegishlidir. Muqaddas Kitobning bir oyatida Yahovaning ushbu so‘zlari yozilgan: «Ey o‘g‘lim, dono bo‘l, qalbimni Hikmatlar 27:11). Bu so‘zlar Ayubning vafotidan ancha vaqt o‘tgach yozilgan bo‘lib, Shayton Xudoni tanqid qilishda hamda Uning xizmatchilarini qoralashda davom etishini ko‘rsatyapti. Agar Yahova ma’qullaydigan turmush tarzini kechirayotgan bo‘lsak, Shaytonning yolg‘on da’vosiga javob qaytargan hamda Xudoning qalbini quvontirgan bo‘lamiz. Siz bu haqda qanday fikrdasiz? Nahotki hayotingizga o‘zgarishlar kiritib bo‘lsa-da, Shaytonning da’vosiga javob qaytarish sharafiga ega bo‘lishni xohlamasangiz?
quvontir, shunda birov meni tanqid qilsa ham, javob qaytara olaman» (15 Shayton shunday degan edi: «O‘z joni uchun esa inson bor narsasini ayamaydi» (Ayub 2:4, YADT). «Inson» so‘zi ostida Shayton nafaqat Ayubni, balki butun insoniyatni nazarda tutgan. Bu o‘ta muhim, chunki sizning ham Xudoga bo‘lgan sadoqatingiz shubha ostiga qo‘yilgan. Shayton, qiyinchiliklarga duch kelganingizda Xudoga itoatsiz bo‘lib, to‘g‘ri yo‘ldan ozib qolishingizni istaydi. U bunga qanday qilib erishmoqchi?
16. a) Qaysi usullar bilan Shayton odamlarni Xudoga qarshi qilib qo‘yishi mumkin? b) Shayton shaxsan sizga qanday to‘sqinlik yaratishi mumkin?
16 Shayton turli usullar bilan odamlarni Xudoga qarshi qilib qo‘ygani haqida 10- bobdan bilib oldik. Birovni yutib yuborish uchun, Shayton sherday bo‘kirib yurishi mumkin (1 Butrus 5:8). Masalan, Muqaddas Kitobni tadqiq qilish va undagi qonun-qoidalarga rioya qilib yashashni boshlagan paytingizda, do‘stlaru qarindoshlaringiz sizga qarshi chiqishi mumkin * (Yuhanno 15:19, 20). Boz ustiga, Shayton «nurli farishtaning qiyofasini oladi» (2 Korinfliklarga 11:14). Bu demakki, Shayton ayyorlik bilan sizni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qiladi. Shuningdek, tushkun ruhda bo‘lgan paytlaringizda, Xudoga xizmat qilishga munosib emassiz, degan fikrni ko‘nglingizga soladi (Hikmatlar 24:10). Shayton «sherday bo‘kirib» yuradimi, yo «nurli farishtaning qiyofasini» oladimi, uning maqsadi bir, ya’ni u sinov va vasvasalarda Xudoga xizmat qilishni to‘xtatishingizni xohlaydi. Ayub alayhissalom kabi, siz ham Xudoga sodiq ekaningizni namoyon qila olasizmi? Qanday qilib?
YAHOVANING AMRLARINI BAJO KELTIRING
17. Yahovaning amrlarini bajo keltirishga bizni nima undashi kerak?
17 Agar siz Xudo ma’qullaydigan turmush tarzini kechirsangiz, Shaytonning da’vosiga javob qaytargan bo‘lasiz. Biroq bunga nima kiradi? Tavrotda shunday deyilgan: «Xudoyingiz — Yahovani butun qalbingiz bilan, butun joningiz bilan va butun quvvatingiz bilan sevinglar» (Amrlar 6:5, YADT). Xudoga bo‘lgan sevgingiz oshgan sayin, Uni mamnun qilay deysiz. Aziz havoriy Yuhanno deganlariday: «Xudoni sevish — Uning amrlarini bajo keltirish demakdir». Agar Yahovani butun qalbingiz bilan sevsangiz, Uning amrlari sizga og‘ir bo‘lib tuyulmaydi (1 Yuhanno 5:3).
18, 19. a) Yahovaning ba’zi amrlari qanday? (122- sahifadagi ramkaga qarang.) b) Yahova hech qachon imkoni yo‘q narsani talab qilmasligini qayerdan bilamiz?
18 Yahovaning amrlariga nima kiradi? Ularning ayrimlari, biz nimadan chetlanishimiz kerakligini ko‘rsatadi. Masalan, 122- sahifadagi «Yahova nafratlanadigan ishlardan chetlaning», deb nomlangan ramkaga qarang. U yerda Muqaddas Kitob qoralaydigan ishlar keltirilgan. Birinchi qarashdan, ba’zilari uncha yomon emasday ko‘rinishi mumkin. Biroq keltirilgan oyatlar ustidan mulohaza qilib ko‘rsangiz, Egamiz Yahovaning amrlari qanchalik hikmatli ekanini ko‘rasiz. Ehtimol turmush tarzingizni o‘zgartirish osonligicha kechmaydi. Bu hatto eng og‘ir sinov bo‘lishi mumkin. Lekin esingizda bo‘lsin, Xudo ma’qullaydigan turmush tarzi baxt va saodat keltiradi (Ishayo 48:17, 18). Bunday hayot kechirishning imkoni bor. Nega deysizmi?
Amrlar 30:11–14). U tarkibimizniyu imkoniyat darajamizni o‘zimizdan ham yaxshi biladi (Zabur 102:14). Boz ustiga, to‘g‘rilik qilishimiz uchun madad berishga ham tayyor. Aziz havoriy Pavlus yozganlariday: «Xudo esa sodiqdir, U kuchingizdan ortiq vasvasaga tushishingizga yo‘l qo‘ymaydi, lekin vasvasa bilan birga toqat qilishingiz uchun ilojini ham beradi» (1 Korinfliklarga 10:13). Toqat qilishingiz uchun Xudovand Yahova sizga hatto «oliy qudrat» ato etadi (2 Korinfliklarga 4:7).
19 Yahova bizdan hech qachon imkoni yo‘q narsani talab qilmaydi (ILOHIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRING
20. Qaysi ilohiy fazilatlarni rivojlantirish darkor, va nega bu o‘ta muhim?
20 Xudo ma’qullaydigan turmush tarzini kechirish uchun, nafaqat Yahova nafratlanayotgan ishlardan chetlanish, balki Yahova sevgan narsalarni sevish ham darkor (Rimliklarga 12:9). Qarashlar, qiziqishlar va qadriyatlaringizga sherik bo‘lgan kimsa bilan do‘st bo‘lish sizga yoqmasmidi? Yahova xuddi shuni istaydi. Demak, Yahovaga aziz bo‘lgan narsalarni qadrlang. Unga yoqqan narsalarning ko‘pi Zabur 14:1–5 oyatlarda qalamga olingan. Bularni bajarib Uning do‘sti bo‘lasiz. Shuningdek, Yahovaning do‘stlari «ilohiy ruh samarasini», ya’ni «muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr-toqat, lutfkorlik, xayrixohlik, sadoqat, muloyimlik va ibo» kabi fazilatlarni namoyon qiladilar (Galatiyaliklarga 5:22, 23).
21. Ilohiy fazilatlarni rivojlantirishda sizga nima yordam beradi?
21 Muqaddas Kitobni muntazam o‘qib, tadqiq qilsangiz ilohiy fazilatlarni rivojlantirish oson bo‘ladi. Chunki Xudoning talablarini bilib, o‘z fikr-hayolingizni Uning nuqtai nazari bilan uyg‘un qila olasiz (Ishayo 30:20, 21). Ha, Yahovaga mehr qo‘yganingiz sayin, Uni har jihatdan mamnun qilay deysiz.
22. Xudo ma’qullaydigan turmush tarzi sizga nimalar keltiradi?
22 To‘g‘ri, Xudoga ma’qul bo‘lish uchun harakat talab qilinadi. Muqaddas Kitobda, bu xuddi eski insonni soqit qilib, yangi insonni qabul qilish kabi tasvirlangan (Kolosaliklarga 3:9, 10). Egamiz Yahovaning qonunlari to‘g‘risida Zabur 18:12- oyatda shunday deyilgan: «Ularga rioya etgan kishi buyuk mukofot topur». Xudo ma’qullaydigan turmush tarzi ulkan qut-baraka keltirishiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Aynan shu yo‘l bilan siz Shaytonning da’vosiga javob berib, Yahova Taoloning qalbini quvontirasiz!
^ 16- x.b. Albatta, sizga to‘sqinlik qilayotan har bir odamning ortida Shayton turgani yo‘q. Biroq, Shayton bu dunyoning tangrisi bo‘lgani uchun, butun dunyo uning hukmidadir (2 Korinfliklarga 4:4; 1 Yuhanno 5:19). Demak bu dunyo, Xudo ma’qullaydigan turmush tarzini olqishlamaydi, aksincha ba’zilari sizga qarshi chiqishi ham tabiiy holdir.