O‘N SAKKIZINCHI BOB
Xudoning do‘sti bo‘lish uchun nima qilish kerak?
-
Suvga cho‘mish marosimi qanday o‘tkaziladi?
-
Suvga cho‘mish uchun nima qilish kerak?
-
Xudoga qanday bag‘ishlanish mumkin?
-
Suvga cho‘mish nega bunchalik muhim?
1. Habashistonlik amaldorni suvga cho‘mish uchun nima undadi?
BIRINCHI asrda yashagan Injil voizi Filip, habashistonlik bir amaldorni uchratib, unga Hazrati Iso haqidagi xushxabarni bayon qildi. Bu xushxabar amaldorning qalbiga shunchalik ta’sir qildiki, u: «Mana, suv! Mening cho‘mib imon keltirishimga nima to‘sqinlik Havoriylar 8:26–36).
qiladi?» — degan gaplar bilan o‘z istagini bildirdi (2. Nega suvga cho‘mish to‘g‘risida jiddiy o‘ylab ko‘rishingiz kerak?
2 Agar Yahovaning Shohidlari bilan oldingi boblarni sinchiklab o‘rganib chiqqan bo‘lsangiz, ehtimol siz ham: «Suvga cho‘mish uchun menga nima to‘sqinlik qilyapti?» — deb so‘ragandirsiz. Zero Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotib, jannatdagi abadiy hayot umidi bilan tanishdingiz (Luqo 23:43; Vahiy 21:3, 4). Shuningdek, marhumlar qanday holatda ekanini hamda tirilishga bo‘lgan umid haqida bilib oldingiz (Voiz 9:5; Yuhanno 5:28, 29). Ehtimol, Yahova Shohidlarining yig‘ilishlariga qatnab, ular haq dinga qanday e’tiqod qilayotganlarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz (Yuhanno 13:35). Va asosiysi, Tangri Yahova bilan tanishib, U bilan do‘stona munosabatni rivojlantirishni boshlagandirsiz.
3. a) Hazrati Iso izdoshlariga qanday buyruq bergan edi? b) Suvga cho‘mish marosimi qanday o‘tkaziladi?
3 Xudoga xizmat qilish istagingizni qanday izhor qilishingiz mumkin? Hazrati Iso izdoshlariga shunday buyurgan edi: «Borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni... suvga cho‘mdirib, imonga kiritinglar» (Matto 28:19). Suvga cho‘mish marosimi qanday o‘tkazilishi kerakligida shaxsan Iso Masih namuna bo‘ldi. Yahyo payg‘ambar Isoning ustiga suv na sepgan, na quygan, balki uni butunlay suvga cho‘mdirgan edi (Matto 3:16).
4. Suvga cho‘mish bilan nimaga iqror bo‘lamiz?
4 Yahova bilan do‘st bo‘lish uchun, suvga cho‘mish talab qilinadi. Bunday yo‘l tutib Xudoga xizmat qilish istagimizni omma oldida iqror etamiz. Shu yo‘sin, Xudoning irodasini bajonidil bajarishga tayyor ekanimizni ko‘rsatamiz (Zabur 39:8, 9). Biroq, avvalo ba’zi qadamlarni qo‘yishimiz zarur.
BILIM VA ISHONCH
5. a) Suvga cho‘mish uchun avvalambor nima qilish kerak? b) Nega Yahova Shohidlarining yig‘ilishlariga qatnash o‘ta muhimdir?
5 Birinchi qadamni qo‘yib bo‘ldim deb hisoblayvering. Chunki, Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotib Yahova Taolo hamda Iso Masihni tanib-bilib boryapsiz (Yuhanno 17:3). Lekin bu boshlanishi xolos. Xudoning «irodasini to‘la anglash» zarurdir (Kolosaliklarga 1:9). Bunda sizga Yahova Shohidlarining yig‘ilishlari katta yordam beradi. Yig‘ilishlarni qoldirmaslik o‘ta muhimdir (Ibroniylarga 10:24, 25). Yig‘ilishlarga muntazam ravishda qatnasangiz, Xudo to‘g‘risida bilimni ko‘paytira olasiz.
6. Suvga cho‘mish uchun qanday bilimga ega bo‘lish zarur?
6 Albatta, suvga cho‘mish uchun, Muqaddas Kitobni yoddan bilish shart emas. Masalan, habashistonlik amaldorning ham ba’zi bilimlari bo‘lgan-u, biroq bilimlarda u yanada ulg‘ayishi kerak edi (Havoriylar 8:30, 31). Shunga o‘xshab siz ham yana ko‘p narsalarni bilib olishingiz kerak, chunki Xudo to‘g‘risidagi bilimlarning cheki yo‘q (Voiz 3:11). Biroq, suvga cho‘mishdan avval Muqaddas Kitobning asosiy ta’limotlarini bilib, anglab yetish zarur (Ibroniylarga 5:12). Ulardan bir nechasi quyidagilar: o‘lganlar qanday holatda ekani, Xudoning ismi va Shohligi qanchalik muhim ekanini bilishdir.
7. Muqaddas Kitob tadqiqi sizga qanday ta’sir qilishi lozim?
7 Lekin bilimlarning o‘zi yetarli emas, zero «ishonmasdan... Xudoning roziligini topmoqning imkoni yo‘q» (Ibroniylarga 11:6). Masalan Muqaddas Kitobda, qadimgi Korinf shahrining aholisi xushxabarni eshitganida «ishonib, suvda imon keltirdilar», deb bayon etilgan (Havoriylar 18:8). Muqaddas Kitob tadqiqi sizga ham Xudoning Kalomiga ishonishga yordam beradi. Shuningdek, Xudoning barcha va’dalari barhaq ekaniga va Hazrati Isoning to‘kkan qoni najot berishiga amin bo‘lishingiz mumkin (Yoshua 23:14; Havoriylar 4:12; 2 Timo‘tiyga 3:16, 17).
XUSHXABARNI BAHAM KO‘RING
8. Bilimlarni baham ko‘rishga sizni nima undashi kerak?
8 Qalbingizda ishonch ulg‘ayishi bilan, bilimlarni ichingizda saqlay olmaysiz (Yeremiyo 20:9). Xudo va Uning niyatlari haqidagi bilimlarni o‘zgalar bilan baham ko‘rish istagingiz paydo bo‘ladi (2 Korinfliklarga 4:13).
9, 10. a) Avval xushxabarni kim bilan baham ko‘rishingiz mumkin? b) Yahova Shohidlarining va’zgo‘ylik faoliyatida ishtirok etishni xohlasangiz nima qilishingiz kerak?
9 Avval xushxabarni muloyimlik ila qarindoshu do‘stga, qo‘shniyu hamkorga aytishingiz mumkin. Vaqti bilan, Yahova Shohidlarining va’zgo‘ylik faoliyatida ishtirok etishni xohlarsiz. Shunda, siz bilan Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazayotgan Yahovaning Shohidiga istagingizni ayting. Agar talablarga mos kelsangiz, jamoatning ikkita oqsoqoli sizlar bilan uchrashib, bu masalani muhokama qiladilar.
10 Bu uchrashuv, jamoatning oqsoqollari bilan yaxshiroq tanishishga imkoniyat beradi (Havoriylar 20:28; 1 Butrus 5:2, 3). Agar Muqaddas Kitobning asosiy ta’limotlarini bilib, ularga ishonib va rioya etib yashaganingizni, shuningdek, chin dildan Yahovaning Shohidi bo‘lish istagingizni oqsoqollar ko‘rsa, sizga, hozircha suvga cho‘mmagan va’zgo‘y sifatida xushxabarni baham ko‘rishingiz mumkinligini aytishadi.
11. Va’zgo‘ylik xizmatida qatnashish uchun, ehtimol qanday o‘zgarishlar talab qilinadi?
11 Ammo, va’zgo‘ylik xizmatida qatnashish uchun, ehtimol, hayot tarzingizga ba’zi bir o‘zgarishlar kiritishga to‘g‘ri keladi. Masalan bunga, siz boshqalardan 1 Korinfliklarga 6:9, 10; Galatiyaliklarga 5:19–21).
yashirgan nopok ishlar kirishi mumkin. Demak, suvga cho‘mmagan va’zgo‘y sifatida xizmat qilish istagingizni bildirishdan avval, og‘ir gunohlardan xalos bo‘lishingiz darkor, shu jumladan: axloqsizlik, ichkilikbozlik va giyohvandlikdan (TAVBA VA O‘ZGARISH
12. Nega barcha odam tavbaga muhtoj?
12 Suvga cho‘mishdan avval yana ba’zi qadamlar talab qilinadi. Aziz havoriy Butrus: «Gunohlaringizning o‘chirilishi uchun tavba qilinglar va Xudoga iltijo etinglar [«Xudoga qaytinglar», YADT]»,— deb aytgan edi (Havoriylar 3:19). Tavba — noto‘g‘ri qiliqlardan pushaymon bo‘lish demakdir. Biroq, nafaqat axloqsiz hayot kechirganlar, balki turmush tarzi pokiza bo‘lgan odamlar ham tavba qilishi kerak. Nega deysizmi? Chunki, har bir banda gunohkor va Xudoning rahmiga muhtojdir (Rimliklarga 3:23; 5:12). Masalan, Muqaddas Kitob tadqiqini boshlashdan avval, siz Xudoning irodasini bilmagan edingiz. Xo‘sh, demak hayotingiz bu irodaga uyg‘un bo‘lganmikin? Ko‘rinyaptiki, barcha odam tavbaga muhtoj.
13. O‘zgarish nimani bildiradi?
13 Tavbadan so‘ng «Xudoga qaytish», ya’ni o‘zgarish ketadi. Qilmishlardan afsuslanishning o‘zi yetarli emas. Oldingi noto‘g‘ri turmush tarzdan kechib, qat’iyat bilan to‘g‘ri ishlarga berilish kerak. Tavba va o‘zgarish, suvga cho‘mishdan avval qilinadigan zarur qadamlardir.
BAG‘ISHLANISH
14. Suvga cho‘mishdan avval, qanday muhim qadam bosish kerak?
14 Suvga cho‘mishdan avval yana bir muhim qadam bosish kerak. O‘zingizni Yahova Taologa bag‘ishlashingiz darkor.
15, 16. Xudoga bag‘ishlanish qanday sodir etiladi va bunga qanday kuch undaydi?
Amrlar 6:15). Biroq, nega kimdir Xudoga bag‘ishlanishi kerak ekan? Misol keltiraylik: yigit bir qizni uchratib qoldi. Qizning jozibali fazilatlarini ko‘rib, yigitning ko‘ngli unga bog‘lana boraverdi. Yaqinda ular turmush qurishi tabiiy hol. To‘g‘ri, oila qurish juda mas’uliyatli, biroq bunday qadam bosishga undaydigan kuch — sevgidir.
15 Yahovaga bag‘ishlanish ibodat orqali sodir etiladi. Bu esa, Xudoga ibodat qilib, yolg‘iz Unga sadoqatni saqlashingizni va’da berishni anglatadi (16 Xudovand Yahova haqida bilim orttirganingiz sayin sevgingiz oshib boradi. Shunda siz bajonidil Uning irodasini bajo keltirib, Unga xizmat qilay deysiz. Xudoga bag‘ishlanganlar Hazrati Isoning shogirdlari kabi «o‘zidan kechishi» lozim (Mark 8:34). O‘zidan kechish — o‘z istak-maqsadlarni chetga surib, barcha ishlarda Xudoga itoat etish kiradi. Xullas, hatto suvga cho‘mishdan avval, Yahovaning irodasini bajarish hayotingizning maqsadi bo‘lishi kerak (1 Butrus 4:2).
MUVAFFAQIYATSIZLIKDAN QO‘RQMANG
17. Nega ba’zilar Xudoga bag‘ishlanishdan imillashadi?
17 Ba’zilar, Tangri Yahovaga bag‘ishlanish o‘ta jiddiy qadam deb, bunday qilishdan imillashadi. Ular, bag‘ishlanish mas’uliyat yuklashidan qo‘rqishadi. Bunday odamlar, urinmasam ham bo‘ladi, chunki baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrayman va hech ham Xudoni rozi qilolmayman, deb qo‘rqishadi.
18. Yahovaga bag‘ishlanish istagi qachon paydo bo‘ladi?
18 Agar Yahovaga nisbatan qalbingizda sevgi rivojlansa, Unga bag‘ishlanish istagi paydo bo‘lib, bunga muvofiq harakat qilasiz (Voiz 5:3). Darhaqiqat, «Rabbingizga munosib yashab, Uni har jihatdan mamnun qilinglar» degan so‘zlar, sizning jonu dilingizda bo‘ladi (Kolosaliklarga 1:10). Xudoni sevsangiz, Uning irodasini bajo keltirish sizga qiyin bo‘lib ko‘rinmaydi. Shunda siz aziz havoriy Yuhannoning ushbu so‘zlariga qo‘shilasiz: «Xudoni sevish — Uning amrlarini bajo keltirish demakdir. Xudoning amrlari esa og‘ir emas» (1 Yuhanno 5:3).
19. Nega Xudoga bag‘ishlanishdan qo‘rqmaslik kerak?
19 Xudoga bag‘ishlanish uchun mukammal bo‘lish shart emas. Yahova imkoniyat darajangizni bilib, hech qachon iloji yo‘q narsani sizdan talab qilmaydi (Zabur 102:14). U sizga yaxshilik tilab, albatta yordam berishga ham tayyor (Ishayo 41:10). Agar Xudovandga butun qalbingiz bilan ishonsangiz, «U yo‘llaringizni to‘g‘rilaydi» (Hikmatlar 3:5, 6).
BAG‘ISHLOVINGIZNI SUVGA CHO‘MISH BILAN IFODALANG
20. Nega bag‘ishlovga iqror bo‘lish darkor?
20 Boya aytilgan gaplar ustidan mulohaza qilib, ehtimol, sizda ham ibodatda Yahovaga bag‘ishlanish istagi paydo bo‘ladi. Chunki, Xudoni chindan sevadigan har Rimliklarga 10:10). Bu nimani nazarda tutadi?
bir inson najot topish uchun, o‘z bag‘ishloviga «iqror bo‘lishi» darkor (21, 22. Qanday qilib o‘z imoningizga «iqror bo‘lishingiz» mumkin?
21 Agar suvga cho‘mishni xohlasangiz, jamoatingizning oqsoqollar kengashining raisga xabar bering. U esa o‘z navbatida, sizni ba’zi oqsoqollar bilan uchrashtiradi-da, ular siz bilan Muqaddas Kitobning asosiy ta’limotlarini takrorlab chiqishadi, va agar sizni suvga cho‘mish uchun mos deb bilsalar, keyingi fursat tug‘ilganda shunday qilishingiz mumkin bo‘ladi *. Suvga cho‘mish marosimi munosabati bilan, uning ma’nosi haqida nutq so‘zlanadi. Nutqning oxirida ma’ruzachi, suvga cho‘mishni xohlaganlarga ikkita savol beradi. Shunda imonga «iqror bo‘lish» uchun qulay fursat tug‘iladi.
22 Suvga cho‘mish bilan siz barchaga, Xudoga bag‘ishlanganingizni va endi Yahovaning Shohidi bo‘lganingizni ochiq-oydin ko‘rsatgan bo‘lasiz. Suvga cho‘mayotgan kimsani, Xudoga bag‘ishlanganini ifodalash uchun, bir lahzaga suvga cho‘mdirishadi.
SUVGA CHO‘MISH MAROSIMINING MA’NOSI
23. «Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan» suvga cho‘mish nimani anglatadi?
23 Hazrati Isoning shogirdlari «Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan» suvga cho‘mishlari darkor (Matto 28:19). Bu degani, suvga cho‘mayotgan odam Yahova Taoloning hamda Iso Masihning mavqeini tan olishi kerak (Zabur 82:19; Matto 28:18). U shuningdek, Xudoning muqaddas ruhining, ya’ni faol qudratining ahamiyatini tushunishi kerak (Galatiyaliklarga 5:22, 23; 2 Butrus 1:21).
24, 25. a) Suvga cho‘mish qanday ma’noga ega? b) So‘nggi bobda qaysi savol ko‘rib chiqiladi?
24 Ammo, suvga cho‘mish nafaqat qandaydir marosim. U chuqur ma’noga ega. Suvga cho‘mgan paytda odam majoziy ma’noda oldingi hayoti uchun o‘ladi. Suvdan chiqqan mahalda esa u, Xudoning irodasini bajarish uchun tirilganday bo‘ladi. Lekin, esingizda bo‘lsin, siz qandaydir ish, odam yoki tashkilotga bag‘ishlanganingiz yo‘q. Siz Parvardigori Olam Yahovaga bag‘ishlanyapsiz. Bag‘ishlovingiz va suvga cho‘mganingiz bilan, siz Xudo bilan o‘zgacha do‘stona munosabatlarga negiz solgan bo‘lasiz (25 To‘g‘ri, suvga cho‘mish najot topishga kafolat bermaydi. Chunki Hazrati Iso: «Oxirigacha chidagan qutuladi»,— deb aytgan edilar (Matto 24:13). Biroq, suvga cho‘mish — boshlanishdir. Bo‘lmasa, qanday qilib doimo Xudoning mehr-muhabbati soyasida saqlanish mumkin? Javobini so‘nggi bobdan bilib olamiz.
^ 21- x.b. Suvga cho‘mish marosimi, odatda Yahova Shohidlarining anjumanlarida o‘tkaziladi.