36-DARS
Har narsada halol yoki rostgo‘y bo‘ling
Har bir inson rostgo‘y yoki halol do‘stlari bo‘lishini istaydi. Tangri Yahova ham xuddi shuni xohlaydi. Lekin bu dunyodagi ko‘plar aldayotgani uchun rostgo‘y yoki halol bo‘lish oson emas. Har narsada halol yoki rostgo‘y bo‘lishning qanday foydali tomonlari bor?
1. Halol yoki rostgo‘y bo‘lishning eng muhim sababi qanday?
Boshqalar bilan rostgo‘y bo‘lganimizda, Yahovani sevishimizni va e’zozlashimizni ko‘rsatamiz. Bir o‘ylab ko‘ring, Yahova fikrlash tarzimiz-u harakatlarimiz borasida barchasini biladi. (Ibroniylarga 4:13) Halol yoki rostgo‘y bo‘lsak, Yahova buni ko‘radi va mamnun bo‘ladi. Hikmatlar 3:32 da: «Yahova makkor odamdan nafratlanadi, to‘g‘ri kishi bilan esa yaqin do‘st bo‘ladi»,— deyilgan.
2. Hayotimizning qaysi sohalarida rostgo‘y yo halol bo‘la olamiz?
Yahova: «Bir-biringizga haqiqatni gapiringlar»,— deb aytmoqda. (Zakariyo 8:16, 17) Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Oila a’zolarimiz, hamkasblarimiz, birodar-u opa-singillarimiz yoki davlat xodimlari bilan gaplashganda, yolg‘on gapirmaymiz yoki noto‘g‘ri ma’lumot bermaymiz. Halol yoki rostgo‘y odamlar o‘g‘rilik va makkorlik qilmaydi. (Hikmatlar 24:28 va Efesliklarga 4:28 ni o‘qing.) Ular, shuningdek, kerakli barcha soliqlarni to‘laydi. (Rimliklarga 13:5–7) Bu va boshqa «har narsada halol bo‘lamiz». (Ibroniylarga 13:18)
3. Rostgo‘y yoki halol bo‘lish qanday foyda keltiradi?
Halol yoki rostgo‘y inson sifatida obro‘ orttirgan bo‘lsak, odamlar bizga ishonadi. Shuningdek, jamoatda barcha o‘zini xavfsiz va mehribon oilada bo‘lganday his qilishiga ko‘maklashamiz. Qolaversa, vijdonimizni toza saqlaymiz. Halolligimiz «Qutqaruvchimiz Xudoning ta’limotini bezashi» va bu boshqalarni haq topinishga jalb qilishi mumkin. (Titusga 2:10)
KO‘PROQ BILIB OLING
Rostgo‘ylik yoki halollik Yahovaga hamda o‘zingizga qanday ta’sir qilishi va turli sohalarda qay yo‘sin ularni namoyon etishingiz mumkinligini bilib oling.
4. Rostgo‘ylik yoki halollik Yahovani mamnun qiladi
Zabur 44:21 va Malaki 3:16 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:
-
Sizningcha, nega biron nimani Yahovadan yashira olaman, deb o‘ylamaslik kerak?
-
Nima deb o‘ylaysiz, hatto qiyin bo‘lganda ham rost gapirsak, Yahova nimalarni his qiladi?
5. Doimo halollik ila yo‘l tuting
Ko‘plar doim halol yoki rostgo‘y bo‘lishning imkoni yo‘q, deb hisoblaydi. Ammo nega hamisha bunday yo‘l tutishimiz kerakligiga e’tibor bering. VIDEONI tomosha qiling.
Ibroniylarga 13:18 ni o‘qing, so‘ng qay yo‘sin quyidagi sohalarda halol yoki rostgo‘y bo‘lishimiz mumkinligini muhokama qiling:
-
Oilada.
-
Ish yoki maktabda.
-
Boshqa vaziyatlarda.
6. Halollik yoki rostgo‘ylik bizga foyda keltiradi
Halol yoki rostgo‘y bo‘lish muammo keltiradiganday tuyular. Aslida, bu eng to‘g‘ri qaror. Zabur 34:12–16 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Qanday qilib halollik yoki rostgo‘ylik hayotingizni yaxshilaydi?
-
A. Rostgo‘y er-u xotinlar nikohini mustahkamlaydi
-
B. Halol yoki rostgo‘y ishchi boshlig‘ining ishonchiga sazovor bo‘ladi
-
D. Halol yoki rostgo‘y fuqarolar davlat xodimlari oldida yaxshi obro‘ga ega bo‘ladi
BA’ZILARNING FIKRI: «Yaxshi niyatda vaqti-vaqti bilan yolg‘on gapirish noto‘g‘ri emas».
-
Nega Yahova yolg‘onning barcha turidan nafratlanadi, deb o‘ylaysiz?
XULOSA
Yahova Uning do‘stlari ham so‘zda, ham amalda halol yoki rostgo‘y bo‘lishini istaydi.
Takrorlash
-
Qaysi sohalarda rostgo‘y yoki halol bo‘la olamiz?
-
Nega biron narsani Yahovadan yashira olamiz, deb o‘ylamasligimiz kerak?
-
Nima uchun doim halol yoki rostgo‘y bo‘lishni xohlaysiz?
QO‘SHIMCHA MANBALAR
Qanday qilib ota-ona bolalarini halol yoki rostgo‘y bo‘lishga o‘rgata oladi?
Va’damiz ustidan chiqishning qanday foydasi bor?
«Va’dalaringiz ustidan chiqib, barakalarga ega bo‘ling» 9:09
To‘layotgan soliqlarimizdan noto‘g‘ri foydalanilsa ham ularni to‘lashimiz kerakmi? Bu haqda bilib oling.
«Soliq to‘lash kerakmi?» («Qo‘riqchi minorasi», 1-sentabr, 2011)
Nega bir kishi hayotini o‘zgartirganiga va halol ishlashga qaror qilganiga e’tibor bering.
«Yahova shafqatli va kechirimli ekanini bilib oldim» («Qo‘riqchi minorasi» 1-may, 2015)