31-BOB
Shabbat kunida boshoqlarni uzib yeyish
MATTO 12:1–8 MARK 2:23–28 LUQO 6:1–5
-
SHOGIRDLAR SHABBAT KUNI BOSHOQLARNI UZIB EYISHADI
-
ISO «SHABBAT KUNINING XO‘JAYINI»
Iso shogirdlari bilan Yahudiyadan shimolda joylashgan Jalilaga yo‘l oladi. Bahor fasli bo‘lib, dalalarda bug‘doy boshoqladi. Shogirdlar och qolishgani sababli boshoqlarni uzib yeya boshlashadi. Ammo bu kun Shabbat bo‘lgani uchun ularning bu ishi farziylarning nazaridan chetda qolmaydi.
Iso yaqindagina Quddusda bo‘lganida, din rahbarlari uni Shabbat qonunini buzganlikda ayblab, o‘ldirishga harakat qilishgan edi. Endi esa farziylar Isoning shogirdlarini ayblashga bahona topib: «Ie, shogirdlaring Shabbat kuni qonun bo‘yicha taqiqlangan ishni qilishyapti-ku»,— deyishadi. (Matto 12:2)
Farziylarning ta’kidlashicha, bug‘doyni uzib kaftda uqalash, o‘rish va yanchish bilan teng. (Chiqish 34:21) Ularning ishga nisbatan qattiq qoidalari tufayli Shabbat kuni og‘ir yukka aylanib qoldi. Aslida esa bu kun xursandchilik keltirib, ma’nan tetiklantirishi kerak edi. Shuning uchun, Iso misollar asosida Tangri Yahova Shabbat kuniga bu tarzda amal qilishni hech qachon talab qilmaganini ko‘rsatib beradi.
Bunday misollardan biri: Dovud va uning hamrohlaridir. Ular och qolishganida muqaddas chodir yonida to‘xtab, baxshida qilingan nonlarni yeyishadi. O‘sha nonlar Yahovaning huzurida turgandan keyin, issiq non keltirilgan kuni olib qo‘yilardi va odatda bu nonni faqatgina ruhoniylar yeyishi mumkin edi. Lekin Dovud va uning hamrohlari ilojsizlik tufayli non yeyishgani uchun hukm etilishmagandi. (Levilar 24:5–9; 1 Shohlar 21:1–6)
Iso yana bir misol keltiradi: «Ruhoniylar Shabbat kuni ma’badda ishlashsa-da, aybdor Matto 12:5, 6; Sahroda 28:9)
bo‘lmasliklarini Tavrotdan o‘qimaganmisizlar?» Ha, ma’badda xizmat qiladigan ruhoniylar hatto Shabbat kuni ham hayvonlarni qurbonlikka keltirishadi va boshqa ishlarni bajarishadi! «Ammo sizlarga aytib qo‘yay,— deydi Iso,— bu yerda ma’baddan ham buyukroq kishi turibdi». (Iso yana Muqaddas Yozuvlarga asoslanib, quyidagilarni aytadi: «Agar sizlar: “Men qurbonlik emas, rahm-shafqat istayman”,— degan so‘zlar nimani anglatishini bilib olganingizda edi, aybsiz kishilarni hukm qilmagan bo‘lardingiz». U gapini tugatib: «Chunki Inson O‘g‘li Shabbat kunining Xo‘jayinidir»,— deydi. Iso bu so‘zlari bilan ming yil davom etadigan boshqaruvi ostida tinchlik hukm surishiga ishora qiladi. (Matto 12:7, 8; Ho‘sheya 6:6)
Mana ko‘p yillardan beri insoniyat Shaytonning boshqaruvi ostida azob chekib kelyapti. Urushlar va zo‘ravonlik ko‘payib ketdi. Biroq buyuk Shabbat kuni, ya’ni Masihning boshqaruvi — farog‘at payti bo‘ladi. O‘shanda biz orziqib kutgan va muhtoj bo‘lgan tinchlik paytida maza qilib yashaymiz!