Rasmlar ko‘rsatkichi va sahifalar
Sahifalar
Muqova: Pavlus, Tavita, Gallion, Luqo, ma’bad soqchisi bilan havoriylar, sadduqiy, Pavlusni Kesariyaga olib ketishayotgani; mashinada o‘rnatilgan karnayli fonograf yordamida shohidlik berish.
1 Rimga ketayotgan yuk kemasida zanjirband Pavlus va Luqo turishibdi.
2, 3 Dunyo xaritasi oldida Yetakchi kengash a’zolari J. Barr va T. Yarach turishibdi.
11 Jalila tog‘ida Iso 11 ta sodiq havoriysiga va boshqa shogirdlariga topshiriq beryapti.
14 Iso osmonga ko‘tarilyapti. Havoriylar uni kuzatib turishibdi.
20 Hosil bayramida shogirdlar u yerga kelgan odamlar bilan ularning tillarida gapira boshlashyapti.
36 Havoriylar g‘azabga mingan Kayafaning oldida turishibdi. Oliy Kengashning ixtiyorida odamlarni hibsga oladigan soqchilar bor.
44 Pastda: Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Sharqiy Germaniyadagi sud Yahovaning Shohidlarini amerikalik josuslar deb nohaq ayblagan. («Neuye Berliner Illustriyerte», 1950-yil, 3-oktabr)
46 Stefan Oliy Kengash oldida turibdi. Orqa fonda boy sadduqiylar, old tomonda esa mutaassib farziylar turishibdi.
54 Butrus qo‘lini yangi shogirdning ustiga qo‘yyapti; Simun qo‘lida hamyon bilan tasvirlangan.
75 Butrus bilan hamrohlari Korniliyning uyiga kirishyapti. Korniliy egnidagi choyshabni chap yelkasidan tashlab olgani u yuzboshi ekanini ko‘rsatyapti.
83 Farishta Butrusni boshlab ketyapti; hoynahoy, Butrus qamoqda o‘tirgan Antoniy qal’asi.
84 Pastda: 1945-yili Monreal (Kvebek) yaqinida quturgan to‘da. («Weekend Magazine», 1956-yil, iyul)
91 Pavlus bilan Barnaboni Pisidiyadagi Antioxiyadan haydashyapti. Orqa fonda, ehtimol, mil. birinchi asrning boshida qurilgan yangi suv quvuri ko‘rsatilgan.
94 Pavlus bilan Barnabo Listradagilar ularga sig‘inishiga qarshilik ko‘rsatishyapti. Omma oldida qurbonliklar keltirish odatda rang-barang bo‘lib, musiqa va shovqin bilan o‘tardi.
100 Yuqorida: Sila bilan Yahudo Suriyadagi Antioxiyada jamoatga dalda berishyapti. (Havor. 15:30–32) Pastda: tuman noziri Ugandadagi jamoatga murojaat qilyapti.
107 Quddusdagi jamoat yig‘ilishni uyda o‘tkazyapti.
124 Pavlus bilan Timo‘tiy Rim savdo kemasida. Uzoqda mayoq ko‘rinib turibdi.
139 Pavlus bilan Sila hovlida darvoza oldida turishibdi, ular o‘zini quturgan to‘dadan ehtiyot qilishyapti.
155 Gallion Pavlusning ayblovchilari jazolanishiga yo‘l qo‘ydi. Uning kiyimi mavqeiga mos: keng qirmizi tasmasi bor oq uzun kiyim va kalsiya, ya’ni poyabzalning bir turi.
158 Efesdagi zargarlarning do‘konida Dimitriy ishchilarga murojaat qilyapti. Kumushdan yasalgan Artemidaning ibodatxonalari yodgorlik sifatida sotilyapti.
171 Pavlus bilan hamrohlari kemaga chiqishyapti. Orqa fonda mil. birinchi asrda qurilgan yodgorlik ko‘rinib turibdi.
180 Pastda: 1940-yillarda Kanadada adabiyotlarimiz taqiqlanganida yosh birodarimiz Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarni yashirincha olib kelyapti. (Sahnalashtirilgan.)
182 Pavlus oqsoqollarning iltimosini tinglayapti. Orqa fonda Luqo bilan Timo‘tiy o‘tirishibdi, ular xayr-ehsonlarni yetkazib berishga yordamlashdi.
190 Pavlusning jiyani Klavdiy Lusiy bilan Antoniy qal’asida gaplashyapti, ehtimol, Pavlus u yerda qamalgan. Orqa fonda Hirodning ma’badi ko‘rsatilgan.
206 Pavlus yuk kemasidagi charchagan yo‘lovchilar haqida ibodat qilyapti.
222 Pavlus mahbus sifatida Rim askariga zanjirband qilingan va Rim shahriga qarab turibdi.