Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bag‘ishlanish

Bag‘ishlanish

Qaysi niyat bilan o‘zimizni Tangri Yahovaga bag‘ishlashimiz kerak?

Xudoga xizmat qilishni istasak, Muqaddas Kitobga nisbatan qanday nuqtai nazarda bo‘lishimiz kerak?

Xudo gunohlarimizni kechirishi borasida nimani tushunishimiz kerak?

O‘tmishda qilgan yomon ishlarimizdan tavba qilish nimalarni o‘z ichiga oladi?

Hv 3:19; 26:20

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Lq 19:1–10. Soliqchilar boshlig‘i Zakkay talonchilik ishlaridan tavba qilgan va boshqalardan undirgan pulini qaytarib bergan

    • 1Tm 1:12–16. Havoriy Pavlus gunohli ishlaridan tavba qilganini, shuningdek, Tangri va Masih unga rahm-shafqat ko‘rsatib kechirishganini aytgan

Noto‘g‘ri ishlar qilishni to‘xtatishdan tashqari yana nima qilishimiz kerak?

Xudoga ma’qul tarzda xizmat qilish uchun qaysi axloqiy me’yorlarga amal qilishimiz darkor?

1Kr 6:9–11; Kls 3:5–9; 1Btr 1:14, 15; 4:3, 4

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Kr 5:1–13. Havoriy Pavlus Korinfdagi jamoatga jinsiy axloqsizlik qilishda aybdor kishini oralaridan chiqarib tashlashni aytgan

    • 2Tm 2:16–19. Havoriy Pavlus Timo‘tiyni tanada yara kabi tarqalgan murtadlarning gaplarini rad etishga undagan

Nega Xudoning xizmatchilari bu dunyo hukumatlarini qo‘llab-quvvatlamasligi kerak?

Isha 2:3, 4; Yuh 15:19

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Yuh 6:10–15. Iso xaloyiqni mo‘jizaviy tarzda to‘ydirganida odamlar uni shoh qilmoqchi bo‘lishgan, biroq Iso ularni tark etgan

    • Yuh 18:33–36. Iso uning Shohligi va insoniy hukumatlar o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘qligini tushuntirgan

Qanday qilib muqaddas ruh Xudoga xizmat qilishimizga ko‘maklashadi?

Yuh 16:13; Gl 5:22, 23

Shuningdek, Hv 20:28; Ef 5:18 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 15:28, 29. Quddusdagi yetakchi kengash muqaddas ruh yordamida sunnat qilish masalasida jiddiy qaror chiqargan

Isoning Xudoga qay tarzda xizmat qilganiga qanday taqlid qilsak bo‘ladi?

Nima uchun o‘zlarini Xudoga bag‘ishlagan masihiylar suvga cho‘mishlari kerak?

Mt 28:19, 20; Hv 2:40, 41; 8:12; 1Btr 3:21

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 3:13–17. Iso Otasining irodasini bajarish uchun o‘zini taqdim etgan va buning ramzi sifatida suvga cho‘mgan

    • Hv 8:26–39. Yahudiylik dinini qabul qilgan habashistonlik amaldor Iso Masih to‘g‘risidagi haqiqatni bilgach, suvga cho‘mishga tayyor bo‘lgan