Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bolalar; Yoshlar

Bolalar; Yoshlar

Xudoning bolalarga bo‘lgan nuqtai nazari

Qanday qilib Yahova bolalar va yoshlar Uning nazarida qadrli ekanini ko‘rsatyapti?

Qn 6:6, 7; 14:28, 29; Zb 110:3; 127:3–5; 128:3, 4; Yoq 1:27

Shuningdek, Ayub 29:12; Zb 27:10; Hk 17:6 ga qarang

Shuningdek, «Oila» mavzusiga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 1:27, 28. Yahova insonlar farzandli bo‘lib yer yuzini to‘ldirishlarini istagan

    • Ibt 9:1. To‘fondan keyin Yahova Nuh va uning o‘g‘illariga serfarzand bo‘lib yer yuzini to‘ldirishlarini aytgan

    • Ibt 33:5. Sadoqatli bobokalonimiz Yoqub farzandlarini Xudoning mukofoti deb bilgan

    • Mrk 10:13–16. Iso Otasi kabi bolalarni sevgan

Yahova bolalardan foyda oladigan yoki ularning mehnatini suiiste’mol qiladigan insonlar haqida qanday fikrda?

Muqaddas Kitobdagi prinsiplar yosh bolalardan kattalar kabi yo‘l tutishlarini kutmaslik kerakligini qanday ko‘rsatyapti?

S’h 1:3; 1Kr 13:11

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 33:12–14. Safar bolalari uchun juda og‘ir bo‘lmasin deb Yoqub sekin yurgan

Bolalar azob chekayotgani uchun Xudo aybdormi?

Ayub 34:10; Yoq 1:13; 1Yuh 5:19

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Lq 5:18, 20, 23–25. Iso kasallikning sababi gunoh ekanini tushuntirgan

    • Rm 5:12. Havoriy Pavlus gunoh va o‘limning sababini tushuntirgan

Qanday qilib Yahova yosh-u qarining azoblarini yo‘q qilishiga bizni ishontiryapti?

Ota-onamiz jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa yoki bizga yomon muomala qilgan bo‘lsa, bu boshqalarga qaraganda yomonroq inson ekanimizni yoki biz ularning xatolarini takrorlashimizni anglatadimi?

Qn 24:16; Hiz 18:1–3, 14–18

Shuningdek, Qn 30:15, 16 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 4Shh 18:1–7; 2Sl 28:1–4. Hizqiyoning otasi o‘z farzandlarini qurbonlikka keltirgan yovuz ota bo‘lgan. Lekin bunga qaramay, Hizqiyo Yahovaga itoat etib yaxshi shoh bo‘lgan

    • 4Shh 21:19–26; 22:1, 2. Otasi Omonning yovuzligiga qaramay, Yo‘shiyo juda yaxshi shoh bo‘lgan

    • 1Kr 10:11, 12. Havoriy Pavlus boshqalarning xatolaridan saboq olib, ularni takrorlamaslikni tanlay olishimizni tushuntirgan

    • Flp 2:12, 13. Havoriy Pavlus najotimiz uchun ko‘p harakat qilishimiz kerakligini eslatib o‘tgan

Bolalar va yoshlarning mas’uliyatlari

Xudojo‘y ota-onasi bilan bir uyda yashayotgan bolalarga nisbatan Xudoning nuqtai nazari qanday?

1Kr 7:14

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 19:12, 15. Lut adolatli inson bo‘lgani uchun farishtalar uning qizlarini himoya qilishgan

Xudojo‘y ota-onalar Xudo bilan yaxshi munosabatga ega bo‘lishsa, bu o‘z-o‘zidan farzandlariga ham o‘tadimi?

Hk 20:11; Hiz 18:5, 10–13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Lv 10:1–3, 8, 9. Oliy ruhoniy Horunning o‘g‘illari — ehtimol, mast bo‘lishgani uchun — o‘limga mahkum etilishgan

    • 1Shh 8:1–5. Shomuil odil payg‘ambar bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘g‘illari pora olishgan

Xudoni mamnun qilishni istaydigan bolalar nima qilishlari kerak?

Nima uchun yoshlar jamoat uchrashuvlarida ishtirok etishi lozim?

Qn 31:12, 13; Ibr 10:24, 25

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 15:32–38. Isoning tinglovchilari orasida bolalar ham bo‘lgan

Yahova bolalar Unga xizmat qilishlarini istashini qayerdan bilamiz?

Zb 8:2; 148:12, 13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 17:4, 8–10, 41, 42, 45–51. Yahova yovuz pahlavon ustidan g‘alaba qozonish orqali O‘z ismini himoyalash uchun yosh Dovuddan foydalangan

    • 4Shh 5:1–15. Yahova isroillik qizcha orqali o‘zga xalqdan bo‘lgan qo‘shin boshlig‘iga haq Xudo to‘g‘risida bilib olishiga yordam bergan

    • Mt 21:15, 16. Iso bolalar unga hurmat ko‘rsatishganini qadrlagan

Ota-onasi haqiqatda bo‘lmagan farzandlarga Yahova qanday nuqtai nazarda?

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • S’h 16:25, 26, 32, 33. Muso payg‘ambar va oliy ruhoniy Horunga qarshi chiqqan odamlarni va ularning oilalarini Yahova hukm qilgan

    • S’h 26:10, 11. Garchi Ko‘rax o‘ldirilgan bo‘lsa-da, uning o‘g‘illari Xudoga sodiq bo‘lishgani uchun omon qolishgan

Nima uchun bugungi kunda yoshlar do‘stlarni donolik ila tanlashi kerak?

Hk 13:20; 1Kr 15:33

Shuningdek, 2Tm 3:1–5 ga qarang

Masihiy yoshlar qanday do‘stlarni izlashlari kerak?

2Tm 2:22

Shuningdek, «Do‘stlik» mavzusiga qarang