Bo‘ydoqlik; boshi ochiqlik
Nega oila qurmaslikni hadya desa bo‘ladi?
Nega oila qurmagan masihiyga oilali bo‘lishga bosim o‘tkazish noto‘g‘ri bo‘lardi?
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
Rm 14:10–12. Havoriy Pavlus imondoshni hukm qilish nima uchun noto‘g‘ri ekanini tushuntirgan
1Kr 9:3–5. Havoriy Pavlus oila qurishga haqli bo‘lgan, ammo bo‘ydoq qolgani tufayli diqqatini xizmatga qarata olgan
Oila qurmaganlar «Baxtga erishish uchun oilali bo‘lish lozim» deb o‘ylashlari kerakmi?
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
Hak 11:30–40. Yiftoxning qizi turmushga chiqmagan va mazmunli hayot kechirgan
Hv 20:35. Masihning so‘zlaridan u oila qurmagan bo‘lsa-da, boshqalarga bergani uchun baxtli bo‘lganini ko‘rsa bo‘ladi
1Sal 1:2–9; 2:12. Bo‘ydoq bo‘lgan havoriy Pavlus xizmatda quvonchni his qilgani va yaxshi natijalarga erishgani bilan bo‘lishgan
Nima uchun oila qurmaganlar Xudoning barcha xizmatchilari kabi axloqan pok qolishlari lozim?
1Kr 6:18; Gl 5:19–21; Ef 5:3, 4
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
Hk 7:7–23. Shoh Sulaymon axloqsiz ayolning tuzog‘iga ilingan yigitni qanday ayanchli oqibatlar kutayotganini aytgan
Qo‘sh 4:12; 8:8–10. Shunamlik qiz axloqan pok qolgani uchun uni maqtashgan
Qanday vaziyatlarda turmush qurmagan kishi nikoh haqida o‘ylab ko‘rsa, donolikdan bo‘lardi?
Shuningdek, 1Sal 4:4, 5 ga qarang