Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Dalda

Dalda

Nima uchun Xudoning xizmatchilari bir-biriga dalda berishlari muhim?

Isha 35:3, 4; Kls 3:16; 1Sal 5:11; Ibr 3:13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 2Sl 32:2–8. Xalqi jiddiy xavfga duch kelganida, shoh Hizqiyo ularga dalda bergan

    • Dn 10:2, 8–11, 18, 19. Jismonan zaif bo‘lib qolgan keksa Doniyor payg‘ambarga farishta dalda berib, kuch ato etgan

Nega Yahova oqsoqollardan boshqalarga dalda berishlarini kutadi?

Isha 32:1, 2; 1Btr 5:1–3

Shuningdek, Mt 11:28–30 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Qn 3:28; 31:7, 8. Yahovaning aytganiga ko‘ra, Muso payg‘ambar uning o‘rniga tayinlangan Yoshuaga dalda berib qo‘llab-quvvatlagan

    • Hv 11:22–26; 14:22. Ta’qiblar paytida havoriy Pavlus va Barnabo Antioxiyadagi masihiylarga dalda berishgan

Nima uchun boshqalarga dalda berganimizda, ularni harakatlari uchun maqtashimiz lozim?

Hk 31:28, 29; 1Kr 11:2

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hak 11:37–40. Har yili Isroildagi qizlar Yiftoxning qizini yo‘qlab, muqaddas xizmatda ko‘rsatgan fidoyiligi uchun uni maqtashgan

    • Vh 2:1–4. Iso Efesdagi masihiylarni tuzatishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, ular nimalarni yaxshi qilayotganini ham aytib o‘tgan

Qanday qilib Yahovaning sadoqatli xizmatchilari bir-biriga dalda bera olishadi?

Hk 15:23; Ef 4:29; Flp 1:13, 14; Kls 4:6; 1Sal 5:14

Shuningdek, 2Kr 7:13, 15, 16 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 23:16–18. Yo‘natan yosh do‘sti Dovudni izlab topib, qiyin paytda unga dalda bergan

    • Yuh 16:33. Iso o‘rnagi bilan izdoshlariga dalda bergan va ularni dunyoning ustidan g‘alaba qozona olishlariga ishontirgan

    • Hv 28:14–16. Pavlus hukm qilinish uchun Rimga olib ketilayotganida yo‘lda u bilan ko‘rishish va unga dalda berish uchun kelgan sadoqatli birodarlarni ko‘rib kuchga to‘lgan

Nega hurmatsizlik ko‘rsatishdan va nolishdan qochish zarur?

Flp 2:14–16; Yah 16–19

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • S’h 11:10–15. Muso payg‘ambar xalqning salbiy ruhidan va itoatsizligidan qattiq ko‘ngli cho‘kkan

    • S’h 13:31, 32; 14:2–6. Imoni sust o‘nta ayg‘oqchining salbiy gap-so‘zlaridan Isroil xalqining ruhi tushgan va bu isyonga olib kelgan

Nega imondoshlar bilan muloqot qilib mustahkamlanishimiz mumkin?

Hk 27:17; Rm 1:11, 12; Ibr 10:24, 25; 12:12

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 2Sl 20:1–19. Ulkan qo‘shin tahdid solganida shoh Yohushafat xalqni birga ibodat qilish uchun yiqqan

    • Hv 12:1–5, 12–17. Havoriy Yoqub qatl qilinganidan va havoriy Butrus qamoqqa tashlanganidan keyin, Quddusdagi jamoat birga ibodat qilish uchun yig‘ilgan

Qay yo‘sin ijobiy nuqtai nazar qiyin paytlarda bardoshli bo‘lishimiz uchun bizga kuch beradi?

Hv 5:40, 41; Rm 8:35–39; 1Kr 4:11–13; 2Kr 4:16–18; 1Btr 1:6, 7

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 39:19–23; 40:1–8. Yusuf nohaq ayblanib va adolatsizlarcha qamoqqa tashlangan bo‘lsa-da, sadoqatli qolgan hamda boshqalarga yordam berishga tayyor bo‘lgan

    • 4Shh 6:15–17. Elishay ulkan xavf oldida turganida qo‘rqmagan va xizmatchisi ham xuddi shunday nuqtai nazarga ega bo‘lishini so‘rab ibodat qilgan

Yahovaning Kalomidan dalda topish

Yahova bizga sevgi ila qanday va’dalarni beryapti?

Qanday qilib Yahovaning sabr-toqati va rahm-shafqati ustida mulohaza yuritish bizga dalda berishi mumkin?

Yahova o‘zini zaif his qilganlar uchun nima qila oladi?

Zb 46:1; Isha 12:2; 40:29–31; Flp 4:13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 1:10, 11, 17, 18. Xanna qattiq qayg‘uga botganida va ruhi tushganida Yahovaga ibodat qilgan va Yahova unga qalbida xotirjamlikni his etishga yordam bergan

    • 3Shh 19:1–19. Ilyos payg‘ambar tushkunlikka tushganida, Yahova unga amaliy yordam ko‘rsatgan. U payg‘ambarga kelajak borasida umid baxsh etish orqali dalda va tasalli bergan

Qay yo‘sin Muqaddas Kitobdagi kelajakka oid umid bizni mustahkamlashi mumkin?

2Sl 15:7; Zb 27:13, 14; Ibr 6:17–19; 12:2

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ayub 14:1, 2, 7–9, 13–15. Hayotining hatto qorong‘i kunlarida Ayub tirilishga bo‘lgan umiddan tasalli topgan

    • Dn 12:13. Doniyor payg‘ambar taxminan 100 yoshda bo‘lganida, farishta kelajakda u mukofotini olishini aytib unga dalda bergan

Nima uchun Yahova hamda Uning shaxsiyati ustida mulohaza yuritish bizga dalda baxsh etadi?

Zb 18:6; 56:4, 11; Ibr 13:6

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 30:1–9. Shoh Dovud muammolarga duch kelganida Yahovaga ibodat qilgan va Undan kuch olgan

    • Lq 22:39–43. Iso hayotidagi eng og‘ir sinovga duch kelganida Yahovaga yolvorib ibodat qilgan; Tangri unga dalda berish uchun farishtasini yuborib ibodatiga javob bergan

Nima uchun ijobiy narsalarni eshitish va ularni boshqalar bilan bo‘lishish dalda keltiradi?

Hk 15:30; 25:25; Isha 52:7

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 15:2–4. Havoriy Pavlus va Barnabo jamoatlarga tashrif buyurishgan va u yerdagi imondoshlar uchun ulkan dalda manbai bo‘lishgan

    • 3Yuh 1–4. Keksayib qolgan havoriy Yuhanno u xushxabarni yetkazgan odamlar sadoqat ila xizmat qilishayotganini eshitib katta dalda olgan